Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
Yurtimizda "Zakovat" intellektual o'yinini ommalashtirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 38-manzil koloniyasida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi va manzil koloniya rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnir qiziqarli baxs va munozaralarga boy bo'ldi. G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar hamkorlarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so'ngida Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib qilishda va jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda faolligi va o'zaro hamkorligi uchun Jomboy tumani Qangli mahallasi yoshlar yetakchisi Nargiza G'affarova, Zarafshon mahallasi yoshlar yetakchisi Javlon Absamatov, Toshkent mahallasi yoshlar yetakchisi Gulshoda Asrorova, Qo'rg'onsalomon mahallasi yoshlar yetakchisi Sheroz Shanonov koloniya rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐Tez kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Xo’sh bu yilgi mavsumda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

O‘tgan davr moboynida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan muammolarda kelib chiqib, mazkur yilda loyihaga bir qancha yangiliklar kiritildi.

Joriy yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi har bir loyiha va tanlovlarni o‘tkazish uchun bir haftadan, o‘n kungacha muddat beriladi. (O‘tgan yillarda loyihalarni o‘tkazish oralig‘i har kuni yoki kunoraga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatda ko‘chalarao mahalla bosqichini amalda tashkil qilishga ulgurmaslik holatlari yuzaga kelgan)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Endilikda yoshlar yetakchilari tanlov va loyihalarni mahalla yoshlariga qulay bo’lgan vaqtida o’tkazadi. Bu esa yoshlarning o‘qish yoki ishdan keyingi bo‘sh vaqtida ham mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyati yaratadi.

Ma’lumot uchun; oldingi mavsumlarda loyihalar o‘tkazilish vaqti asosan tushgacha yoki tushdan keyingi vaqtlarga belgilangan. O‘qish va ishdagi yoshlar esa loyihalarda ishtirok etolmaslik holatlari kuzatilgan. Aynan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda shu vaqt masalasidan ko’p e’tirozlar kelgan)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 El suygan san’atkorlar tumanimizda

“Mahallada duv-duv gap” madaniy-musiqiy tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi konsert dasturida O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Mardon Mavlonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov, Milliy akademik drama teatri aktyorlari Yunus Asqar hamda Mehmonali Salimov ishtirok etdi.

Xalqimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mustaqilligimizni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlar, diltortar taronalar ijro etildi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida eng yaxshi yangiliklaridan yana birini bilib oling!

Endi yoshlarimizga “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishlari uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib tanlov va musobaqalarida qatnashish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot uchun; o‘tgan mavsumlarda loyihalar boshlanishidan avval 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishgan. Ya’ni mahalla bosqichi boshlanishidan oldin platformadan ro‘yxatdan o‘tish yopilgan.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Biz boshladik! 🥳

Bo‘zatov iqtidorlilarni kashf etadi!

Siz kutgan – аn’anaviy “Yoshlar ovozi” tanlovining 3-mavsumiga start berildi.

Tanlov 3 yosh toifasida o‘tkaziladi:
- 10-15 yosh (2009–2014-yillar uchun);
- 16-22 yosh (2002–2008-yillar uchun);
- 23-30 yosh (1994–2001-yillar uchun).

Faqat 4 yo‘nalishdan bittasida ishtirok etishingiz mumkin:
- baxshichilik:
- anʼanaviy ijro;
- opera;
- estrada.

Tanlov har bir mahalladan boshlanib, sektor, tuman (shahar), hududiy hamda respublika bosqichlaridan iborat.

Tanlovning respublika bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar:
1-o‘rin - 50 mln;
2-o‘rin - 30 mln;
3-o‘rin - 20 mln
so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Qolgan ishtirokchilari esa rag‘batlantiruvchi mukofot – 10 mln so‘mni qo‘lga kiritadi.

Iste’dodlimisiz? Unda g‘oliblar safida nomingizni qo‘shing! 10-fevraldan 29-fevralga qadar @YoshOvozBot orqali ro‘yxatdan o‘tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qadrli yoshlar, Siz kutgan vaqt keldi!

🖐Mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasidasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.

🖐Loyiha doirasida madaniyat va san’at, sport musobaqalari, IT, kitobxonlik, “Zakovat” intellektual o’yini, “Ibrat” chet tillari, kasb tanlovlari, shuningdek nogironligi bo’lgan yoshlar uchun “Paraolimpiya” sport o’yinlari joy olgan.

“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun 10-fevraldan boshlab

📝https://5tashabbus.uz/ sayti orqali ro’yxatdan o’ting

🤝Barcha yoshlarni joriy yilning mart-noyabr oylarida bo’lib o’tadigan tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Jomboy tumani "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalariga tayyor

Bugun mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun mahalla yoshlar yetakchilariga sport anjomlaridan iborat "Prezident sovg‘alari"ni topshirish marosimi o‘tkazildi. Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i E.Marufov o'tgan yillarda yoshlar tomonidan erishilgan natijalar to'g'risida ma'lumot berilib, 2024-yilda bu natijalarni yanada ko'paytirishimiz, iqtidorli yoshlarimizni ko'proq yuzaga chiqarish va g'oliblar safini kengaytirib o'tishimiz zarurligi alohida ta'kidlandi.

Tumandagi 38 ta mahallaga jami 152 dona gimnastika gardishi- (obrich) lar, 72 dona futbol to‘plari, 72 dona voleybol to‘plari, 72 dona basketbol to‘plari keltirilgan bo'lib, har bir mahalla yetakchisiga 4 donadan gimnastika gardishi va 6 donadan turli sport turlari uchun to‘plar berildi.

Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi jamoasi bu yilgi mavsum o‘yinlarida ham barcha yoshlarga omad tilaydi!

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
"Mard o'g'lon" davlat mukofotiga hujjat qabul qilish muddati tugashiga oz qoldi. Shoshilamiz yigitlar!!!

Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi "Yoshlarga oid davlat  siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekton yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi" tegishli farmoniga muvofiq "Mard o'g'lon" davlat mukofoti ta'sis etilgan.

Bugundan ushbu mukofot uchun Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limiga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Ushbu mukofot respublikamizdagi yoshlarning o'qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san'at, sport va ishlab chiqarish, harbiy sohalarda hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun berib kelinmoqda...

Murojaat uchun kadrlar bo'limi +998938322424

@Nargiza_Gafforova
2024/06/26 04:11:31
Back to Top
HTML Embed Code: