Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
Yurtimizda "Zakovat" intellektual o'yinini ommalashtirish va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 38-manzil koloniyasida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi va manzil koloniya rahbariyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnir qiziqarli baxs va munozaralarga boy bo'ldi. G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar hamkorlarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir so'ngida Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib qilishda va jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar o'rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda faolligi va o'zaro hamkorligi uchun Jomboy tumani Qangli mahallasi yoshlar yetakchisi Nargiza G'affarova, Zarafshon mahallasi yoshlar yetakchisi Javlon Absamatov, Toshkent mahallasi yoshlar yetakchisi Gulshoda Asrorova, Qo'rg'onsalomon mahallasi yoshlar yetakchisi Sheroz Shanonov koloniya rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐Tez kunlarda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Xo’sh bu yilgi mavsumda qanday o’zgarishlar bo’ladi?

O‘tgan davr moboynida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan muammolarda kelib chiqib, mazkur yilda loyihaga bir qancha yangiliklar kiritildi.

Joriy yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi har bir loyiha va tanlovlarni o‘tkazish uchun bir haftadan, o‘n kungacha muddat beriladi. (O‘tgan yillarda loyihalarni o‘tkazish oralig‘i har kuni yoki kunoraga to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatda ko‘chalarao mahalla bosqichini amalda tashkil qilishga ulgurmaslik holatlari yuzaga kelgan)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida qanday o’zgarishlar bo’ladi?

Endilikda yoshlar yetakchilari tanlov va loyihalarni mahalla yoshlariga qulay bo’lgan vaqtida o’tkazadi. Bu esa yoshlarning o‘qish yoki ishdan keyingi bo‘sh vaqtida ham mazkur loyihada ishtirok etish imkoniyati yaratadi.

Ma’lumot uchun; oldingi mavsumlarda loyihalar o‘tkazilish vaqti asosan tushgacha yoki tushdan keyingi vaqtlarga belgilangan. O‘qish va ishdagi yoshlar esa loyihalarda ishtirok etolmaslik holatlari kuzatilgan. Aynan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarda shu vaqt masalasidan ko’p e’tirozlar kelgan)

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
📌 El suygan san’atkorlar tumanimizda

“Mahallada duv-duv gap” madaniy-musiqiy tadbirlari davom etmoqda.

Navbatdagi konsert dasturida O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Mardon Mavlonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov, Milliy akademik drama teatri aktyorlari Yunus Asqar hamda Mehmonali Salimov ishtirok etdi.

Xalqimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mustaqilligimizni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlar, diltortar taronalar ijro etildi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
#Bilasizmi

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumida eng yaxshi yangiliklaridan yana birini bilib oling!

Endi yoshlarimizga “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishlari uchun, loyihalar o‘tkaziladigan kunning o’zida ham 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tib tanlov va musobaqalarida qatnashish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot uchun; o‘tgan mavsumlarda loyihalar boshlanishidan avval 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishgan. Ya’ni mahalla bosqichi boshlanishidan oldin platformadan ro‘yxatdan o‘tish yopilgan.

@Nargiza_Gafforova
2024/07/01 02:06:35
Back to Top
HTML Embed Code: