Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” muborak boʻlsin!

🎓 Ustozlarimiz bizga bilimi, maslahatini ayamaydigan, toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan, jonkuyar, kelajagimiz uchun doim qaygʻuradigan moʻtabar insonlardir.

🇺🇿 Qadrli ustoz va murabbiylar, siz azizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz.

🙋 Baxtimizga doim sogʻ-salomat boʻlib, shogirdlar kamolini koʻrib yuring!

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Bugun 1 oktyabr - Ustozlar va murabbiylar kuni!

Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta'lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o'quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo'ldoshimiz. Ularning o'gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e'tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug', degan purma'no naqlida ham o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o'zining bilim va tajribasi, iste'dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko'z nuri va qalb qo'ri, butun borlig'ini ayamasdan, ma'rifat yo'lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr - Ustozlar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda. Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini o'rgatadigan mo'tabar zot - o'qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin, deymiz!

Haqiqatan ham, ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo'lamiz. Inson, avvalo, unga bilim va ma'rifat dunyosi sari yo'l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo'lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko'nglida hamisha minnatdorlik tuyg'usi bilan yashaydi. Xalqimiz ustozlarni e'zozlab: "Ustozning umri - mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, - deydi. Ha, juda ham to'g'ri fikr. Muallim - ustoz shunday mo'tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasb - korimizdan qat'iy nazar, bu so'zlarni eshitganimizda ko'nglimizdan faqat iliq fikrlar, yorqin xotiralar o'tadi. Shu tobda ko'z o'ngimizda qo'limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga yetaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini yechishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo'yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi. Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag'rida kechgan beg'ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o'rgatgan mehribon o'qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni tumanimiz yoshlari nomidan 1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang, deymiz.

Hurmat bilan Nargiza G'affarova

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#USTOZGA_EHTIROM

1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jomboy tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan bir guruh ustoz va murabbiylarimizga bayram tabrigi va sovg'alar ulashildi.

Boringizga shukur, aziz ustoz!

@Nargiza_Gafforova
2024/10/02 00:39:15
Back to Top
HTML Embed Code: