Telegram Web Link
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Jomboy tumani Yoshlar istirohat bog'ida "Chilla - iste'dodlar mavsumi" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir bir qancha loyihalar va tanlovlarni qamrab olib, iste'dodli o'g'il-qizlarimizni yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadbir erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, mehmonlarga va tadbir ishtirokchilariga sog'lom ovqatlanish burchagi, barkamol avlod bolalar maktabi o'quvchilarining hunarmandchilik namunalari, agrotexnologiyalar texnikumi ko'rgazmasi va bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi taqdim etildi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Tadbir davomida sport musobaqalari ham tashkil etildi. Jumladan, boks, gimnastika, karate, kurash, shaxmat, stol tennisi bo'yicha yosh sportchilarimiz o'z kuch va salohiyatlarini namoyish etishdi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Shuningdek, hunarmandchilik ko'rgazmasi ham mehmonlarga yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etishdi. Kashtachilik, to'quvchilik singari hunarmandchilik namoyishlari barchaga manzur bo'ldi.

@Nargiza_Gafforova
Forwarded from Nargiza G'affarova
🌞  Biz bilan chilla yanada maroqli!
😍 Chilla - iste'dodlar mavsumi!

Milliy urf-odatlarimiz, milliy liboslarimiz zinhor unutilmaydi. Jamiki o'zbek ayollariga atlas, adras birdek yarashadi va ularni yanada go'zallashtiradi. Munis opa-singillarimiz tomonidan milliy liboslar va milliy urf-odatlar namoyishi esa bayram tadbirini haqiqiy to'y-u tantanaga aylantirib yubordi. O'lanlar, laparlar, yor-yor sadolari ostida kelin salom tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi.

@Nargiza_Gafforova
2024/09/21 03:17:45
Back to Top
HTML Embed Code: