Telegram Web Link
Visit to Oxford!

Headway va English File kitoblarini ota makoniga ziyoratga keldik!
Modeli va yili o'xshash bo'lgan BMW avtomashinalarini Toshkentdagi va Angliyadagi narxlarini solishtirishib ko'rishingiz mumkin.
Oxford Universiteti nashriyotiga qilgan safarimizda sovg’a qilingan Oxford lug’atining eng oxirgi 10 nashridan Janob Fyodor Dostoevskyning “Jinoyat va Jazo” asarini ingliz tilida o’qiyotib foydalandim.

Jonli lug’atni elektron lug'atdan ayrim ustunlik tomonlarini sezdim.

Jonli lug’atni varaqlab so’zlarni topish jarayonida haqiqiy ilm o’rganish hissiyoti va zavqini tuydim.
Elektron lug'atlarda bitta knopkani bosganimda so’zni ma'nosini shu soniyaning o’zida chiqarib bergani uchunmi, so’zni qadriga yetmasdan, yuzaki qarab o’tib ketar ekanman.

Jonli lug’at bilan esa bilmagan so’zingizni ma’nosini lug’atni varaqlab varaqlab topishingiz kerak. So’zni izlab topishni o’zi a’lohida bitta kichkina tadqiqot. Biroz mehnat sarflab topganingizdan keyin, yuzaki qarab o’tib ketish yo’q, qayta-qayta tikilib, yonidagi boshqa so’zlar va gaplari bilan qo’shib o’rganar ekan odam.

Elektron lug’atga qaraganda, jonli lug’atda so’zlarni topish tezligi sekinroq bo'lsa ham lekin eslab qolish samaradorligi yuqoriroq tuyuldi menga.
Universitet xonalarida ustozlar uchun ajratilgan burchak. Shu yerdan turib prezentatsiyalarni boshqarib, nutq qilishadi. Xonada hech kim yo’qligida bu joydan turib auditoriyaga murojaat qilish qanaqa bo’lishini his qilib ko’rmoqchi bo’lgandim.

Leksiyalarda o’tirib ustozlarni tinglaganingizda hammasi oson ko’rinadi. Go’yoki bir mutaxassis shunchaki o’zi o’qigan va bilgan narsasini chiqib gapirib berayotgandek tuyuladi. 

Aslida esa bunday emas. Xonada hali hech kim yo’qligida shunchalik salobati bosayapti. Xuddi xona to’la odam sizga qarab turganday.
Which one? Photograph, photo or picture?
2025/07/01 01:37:56
Back to Top
HTML Embed Code: