Telegram Web Link
👍631
Would you like me to share more pictures and videos from Edinburgh?
👍8🔥2
IELTS is everywhere!
7👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This place is on the hilltop called "Arthur's seat". It is located in Edinburgh. We were lucky to reach it during the sunset to enjoy the view of the city around.
🔥93👏1
Yevropaga, ayniqsa Angliyaga o’xshagan ko’p millatli davlatga kelib o’qish va yashash insonga ko’p tomondan ta’sir qiladi. Buning o’ziga yarasha ijobiy va ijobiy bo’lmagan tomonlari bor.

Masalan, yaqinda Shotlandiyaga IATEFL konferensiyasida qatnashdim. U yerda imkon qadar sohamizdagi mutaxassislar bilan tanishishga va fikr almashishga harakat qildim. Ancha yaxshi tanishuvlar va suhbatlar bo’ldi. Ammo ba’zi jihatlarda Angliyadagi yashash mobaynidagi tajribalarim va qilgan xulosalarim bu tanishuvlarga biroz salbiy ta’sir o’tkazdi.

O’zbekistonda bo’lgan paytlarimda nativelar (til egalari) yoki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislar bilan mabodo gaplashish yoki fikr almashish imkoniyati paydo bo’lsa, xursand bo’lib, bunaqa imkoniyatlardan foydalanishga imkon qadar harakat qilardim. O’sha paytlarda qanaqadur naivety (soddalik) bo’lganmi — bu tajriba ko’proq ijobiy bo’lgan.
Angliyada esa bunaqa uchrashuvlarda turli o’ylar hayolimga kelib boshlaydi.
Siz bilan gaplashib turgan odam aslida racist (irqchi) emasmi? Siz bilan samimiy gaplashayaptimi? Yoki shunchaki vaziyat yuzasidan yolg’on, soxta kulib muomala qilayaptimi? O’zi bir normal insonmi …?

Xullas, mana shunga o’xshash va boshqa miyangizdan o’tadigan xayollar ba’zida tanishuvlar va muloqotingizga ijobiy ta’sir o’tkazmasligi mumkin.

Lekin bu xarakter yaxshi emas. O’zbeklar va qoraqalpoqlar hamkorlikda ishlagan “Tank” degan bir film bor. O’sha filmda bir qariya chol bor. Chol juda sodda va tanti inson. Film davomida uning bu jihatlari unga maqsadiga erishish uchun qo’l keladi.
Shu qariyadagi xarakter menga yangi tanishuvlar muvaffaqiyatli bo’lishi uchun universaldek tuyuladi.

Ba’zida shu qariya chol “rejimi”ni yoqib olish kerak deb o'ylayman.
6👍6🤔1
2025/09/15 02:46:02
Back to Top
HTML Embed Code: