Telegram Web Link
Questioning the authenticity of the IELTS?

Does IELTS speaking part 2 test reflect real life situations?

When it comes to the IELTS test, speaking part 2, the main purpose of this part is to assess test-takers competency to maintain the speech which is also referred to as a long-turn speech. In that sense, I think the instructions and timing are well- established, but for the authenticity, I would say it could be improved. If we are asked, say, to talk about or describe our visit to a historical place in real life, it is hard to think of a situation when you need to talk about for 2 minutes. The same is true for other tasks (e.g., describing a person, event or item etc.), which are included in the IELTS speaking part 2. Usually, in real life, including social and academic context, even when students are asked to talk about the topics like in the IELTS speaking part 2, the conversation takes more of a dialogue form where speakers take turns, react to the partner, comment or provide feedback rather than one person speaking for two minutes.

Therefore, it raises the question if the IELTS speaking part 2 simulates authentic situation one can encounter in real life.

To make the task more authentic, however, I think the change in the nature of topics could help. For instance, candidates might be given a real- life situations like ‘Imagine you’re in your best friend’s birthday and you are offered a stage for a speech. Make a speech congratulating on your friend’s birthday” or “You are having some issues with your academic studies. Explain the issues you are facing to your teacher and ask for advice”. To me, personally, such tasks seem to reflect more real-life and authentic situations.
Ingliz tili testlari va salbiy “Backwash” effekti

Test natijalari inson hayotida katta o‘rin tutadi.Testlarning ta’lim jarayoniga va o‘quvchilarning testga bo‘lgan munosabatiga ta’siri “backwash effekti” deb ataladi. Agar bu ta’sir ijobiy bo‘lsa, test o’z ishini yaxshi bajarayapti, agar u salbiy bo‘lsa, ta’lim tizimi testga moslashib qoladi va haqiqiy bilim emas, balki test natijasining o‘zi asosiy maqsadga aylanadi.

Biz DTMning ingliz tilidan 36 talik testlari bilan 30 yil shunchaki yomon emas, dahshatli darajada yomon “backwash” effektining ichida yashadik. Ta’lim standartlari o‘quvchilarni testga tayyorlashga moslashtirildi. Ustozlar o‘z dasturlarini testlarga moslab tuzishdi. 2-3 yil va hatto 5 yillab o‘quvchilar faqat passiv tarzda ingliz tili grammatikasini o‘rganishdi. Ota-onalar va o‘quvchilar uchun test natijalari birinchi o‘ringa chiqib ketdi. Testlardan yaxshi natija olib o‘qishlarga kirgan o‘quvchilar omadli, o‘qishga kira olmaganlar esa omadsiz sinf sifatida qaraldi. Bu jarayonlar hozirgi Gen Z va Alpha avlodlari uchun ancha o‘zgargan, lekin taxminan 95-yillardan 2015-yillargacha bo‘lgan oraliqda oliy ta’limda o‘qigan yoki ishlagan, yoki shu davrda yashagan odamlar fikrimni tushunishga qiynalishmaydi, deb o‘ylayman.Testning o‘zining dabdala sifati bilan birga, testdan tashqarida ham “ex-variant” va “bunker”ga o‘xshagan turli o‘yinlar jamiyatga DTM testining salbiy backwash effektini olib keldi.

Test qachon ijobiy backwash olib keladi?

Qachonki testga tayyorgarlik jarayoni davomida o‘quv dasturlari o'quvchlarga o‘z sohasida va hayotida kerak bo‘ladigan amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatsagina, ijobiy backwash bo‘ladi. IELTS, Multilevel va Duolingo-ga o‘xshagan amaliy til ko‘nikmalarini sinaydigan testlarning kirib kelishi, qariyb 30 yillik dahshatli backwashni asta-sekin kamaytirmoqda.

Lekin, afsus, o‘sha backwash ta’sirida testlarga tayyorlangan va shu sohada filologiya va ingliz tili o‘qitish pedagogikasi yo‘nalishlarida o‘qigan anchagina mutaxassislar oliygohlarni nazariy va passiv bilimlar bilan bitirishdi. Hozirgi o‘rta va undan katta yoshdagi ba’zi ingliz tili ustozlarining amaliy ko‘nikmalaridagi (speaking, writing va h.k.) bo‘shliq o‘sha testlarning va ta’limning salbiy backwash effekti desak, adashmaymiz menimcha. Boshqa sohalarda ham, o’z sohasida yaxshi mutaxassis bo’lgan, lekin ingliz tilini faqat test uchun o’rgangan qanchadan qancha insonlar amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmaganlari uchun, rivojlangan davlatlarga ketib yaxshi ishlarda ishlash imkoniyatidan mahrum bo’lishdi.

Xa do'stlar! mana shu o’zi ikki varaqdan iborat, 36 tagina savollar uzoq yillar davomida nafaqat ta'limga, balki iqtisodga ham juda katta zarar olib keldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Exeter universitetida magistr va Phdlar o'qiydigan St Luke's campusiga birgalikda kiramiz.
Inson kreativ bo’lishi uchun unga sharoit yaratib berish kerakmi? Yoki sharoitning yo’qligi uni kreativ insonga aylantiradimi?

Ruslarning “Batya” deb nomlangan filmida sovet davridagi bir ota va bola munosabati tasvirlanadi. Bola otasidan unga qachon o’yinchoq olib berishini so’raydi. Otasi esa:

— Mana shuncha o’yinchog’ing borku, — deb oynali shkaf ichida turgan samolyot maketlarini ko’rsatadi.
Bola xursandligidan:
— Demak, bularni olib o’ynasam bo’ladimi? — deb shkafning oldiga keladi va uni ochib, endi samolyotni olaman deganida otasi unga:
— O’ynasang bo’ladi, lekin olishga ruxsat yo’q.
— Bola shkafni yopadi.

Ozgina vaqtdan keyin samolyotlarni olib, uchurib o’ynata olmagan bola shkaf yaqiniga kelib, qo’lini mikrofon ushlagandek tutib shunday e’lon qiladi:

— Diqqat, diqqat! Samolyotlar parvozi kechiktiriladi. Noqulay ob-havo, qaytaraman, noqulay ob-havo!

U qo’liga olib o’ynay olmaydigan o’yinchoqlar bilan o’ynash yo’lini topgandi.
🔜 Scotland🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 IATEFL Edinburgh 2025.
I am very excited to be a part of the world's leading event in English language teaching!
#resource #recommendation #UniversityAssignments #IELTSPreparation

Universitet darajasida ingliz tilida akademik essaylar, kurs ishlari va dissertatsiyalar yozayotganingizda, The University of Manchester tomonidan tayyorlangan 👉Academic Phrasebank sizga yaxshigina yordamchi bo'lishi mumkin.

O'qiyotgan sohangizdan qat'iy nazar, biznes bo'ladimi, iqtisod yoki ijtimoiy sohami, vazifalaringiz yozma bo'ladimi yoki og'zaki prezentatsiyalar, ularni ingliz tilida tayyorlashingiz kerak bo'lsa, katta ehtimollik bilan bu manba sizga foydali bo'ladi.

Phrasebankning ba’zi qismlari, masalan bittasi describing trends kategoriyasi, IELTS testiga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilarga ham foydali bo’ladi.

Resurs foydali bo’ladigan tanishlaringiz bo'lsa, albatta ulashib qo’ying!
IELTS test formatida nimani o’zgartirish mumkin?

IELTS testining ikki xil varianti bor. Bittasi akademik maqsadlar uchun (oliy o’quv yurtlarida o’qish, bakalavr va magistratura va boshqalar), ikkinchisi general test deyiladi. General testni asosan xorijga akademik maqsadlar uchun emas, ishlash va yashash uchun immigratsiya qilmoqchi bo’lganlar topshiradi.



IELTSning Listening (tinglab tushunish qismi) akademik va general test uchun bir xil formatda bo’ladi. Akademik testda test topshiruvchining universitet jarayonida ingliz tilida murakkab muxokamalarni va akademik leksiyalarni tushuna olish ko’nikmalari sinovdan o’tkaziladi.

Xo’p, bu tushunarli, ertaga akademik maqsadda xorijga o’qishga borayotgan bo’lajak talabalar bunday ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak. Ammo xorijga ish maqsadida borayotgan va shu maqsadda ingliz tili testlarini topshirayotgan insonlarni leksiyalar va akademik suhbatlarni tushuna olish ko’nikmalaridan test qilinishi qanchalik to’g’ri amaliyot?

Aytaylik, bir professional oshpaz ingliz tilini o’rganib, xorijga ishlashga ketmoqchi. U buning uchun ingliz tilini qanchalik darajada bilishini IELTS testi orqali ko’rsatishi kerak. IELTSning tinglab tushunish testida 1 va 2 qismlar test topshiruvchining ijtimoiy suhbatlarni (masalan, telefon orqali biror narsa haqida ma’lumot olish) tushuna olish ko’nikmasini sinaydi. Testning bu qismi xorijga ish maqsadida ketayotganlar uchun juda mos, lekin testning keyingi akademik jarayonlar va leksiyalarnini tushunishni tekshiradigan qismini katta ehtimollik bilan akademik faoliyat bilan bog’liq bo’lmagan, xorijga ish va yashash maqsadida ketayotgan insonlarga unchalik ham aloqasi yo’q.

Oshpaz, oddiy xamshira yoki veterinar ingliz tili gaplashiladigan davlatlarga borib leksiyalarda o’tirmaydi yoki ustozlari bilan mavhum akademik masalalarni muhokama qilmaydi. Ular uchun kundalik ijtimoiy masalalarda va o’z yo’nalishlarida muloqot ko’nikmalarini shakllantira olish yetarli.


IELTSni immigratsiya uchun topshiradiganlar ko’pincha ishli odamlar bo’lishadi. Agar akademik variant chiqarib tashlansa va faqat ijtimoiy suhbatlarni tushuna olish ko’nikmasi bo’yicha test qilinsa, bu xorijga akademik emas, kasb-xunar bo’yicha borayotgan insonlarga vaqt va mablag’ tomonidan balki ancha yengillik bo’lar edi.

Yana kim bilsin, balki buning minus tomonlari ham bordir...
Hayitov ELT
🔜 Scotland🏴󠁧󠁢󠁳󠁣󠁴󠁿 IATEFL Edinburgh 2025. I am very excited to be a part of the world's leading event in English language teaching!
Tomorrow, we are heading to Edinburgh, Scotland to attend the most prestigious ELT event - IATEFL conference. IATEFL has 16 special interest groups (SIGs) including Business English, English for Academic Purposes, Teacher Education, Testing and Assessment and other ELT areas.

If you're curious and passionate ELT practitioner interested in several areas of ELT, then picking up one SIG can become an onerous task)

My special interest segment for this year is Literature. I have been an advocate of students’ reading books for pleasure (alongside reading for exam purposes) and organized “Smart Readers” contest to promote that idea among language learners.

I am still working on this area enhancing my knowledge and skills through literature. I am looking forward to the event to meet leading figures in the area and exchange ideas with them. We will see what I will be able to get from IATEFL that will be useful for my future career and educational intentions.

If you would like to know more about the event, visit IATEFL website https://www.iatefl.org/events
Hayitov ELT
Ingliz tili testlari va salbiy “Backwash” effekti Test natijalari inson hayotida katta o‘rin tutadi.Testlarning ta’lim jarayoniga va o‘quvchilarning testga bo‘lgan munosabatiga ta’siri “backwash effekti” deb ataladi. Agar bu ta’sir ijobiy bo‘lsa, test o’z…
Kurs ishlarimdan bittasiga “Foreign language testing and assessment” moduli bo‘yicha, birorta rasmiy, standartlashtirilgan testni olib tahlil qilib berishimiz kerak. Uzoqqa borib o‘tirmadim. oldinroq eslatgan DTMning 30 talik testlarini tahlil qilib qo‘yaman, dedim.

Supervisorga test namunasini jo‘natgandim, “Ko‘rib beringchi, kurs ishiga to‘g‘ri keladimi?” deb. Testni ko‘rib, shokka tushibdi. Ertasi kuni ko‘rishganimizda:


- "Is it for real?" dedi. Ya’ni, rostan ham shunaqa test bormi, deb hayron bo‘ldi.

- “Yes, it is,” dedim.

TOEFL, IELTS yoki Duolingo kabi standartlarga ancha yaxshi javob beradigan testlarga tanqidiy tahlillar yozib yuradigan bu mutaxassis uchun, universitetga qabul qilishda shunday sayoz testdan foydalanilayotgani shok bo‘lishi tabiiy edi, albatta.

- “Bu test haqida juda ko‘p va xo‘p yozsang bo‘larkan,” dedi.

- “Yozamanam,” dedim)

Qizil ruchkani olib bu testni lolazor qilish mazzayu, lekin bu ishimizni bir talabi bor. Mabodo tahlil jarayonida qaysidir qismini tanqid qilsak, o‘sha qismini redesign qilishimiz kerak. Ya’ni, yomonlab-yomonlab qochib ketolmaymiz. Tanqid qilingan qismlar test standartlarga ko‘proq mos kelishi uchun testga kerakli o‘zgarishlarni kiritib, bu o‘zgarishlar bilan test sifati qanchalik o‘sgani va nima uchun oldingisidan yaxshiroq ekanligini isbotlab berish ham kerak.

Ko‘ramiz, agar yaxshi, sifatli ish chiqsa, balki DTMning o‘ziga taqdim qilarmiz.

Lekin seni birov eshitarmikan, degan navbatdagi savol ham bor. Nima deysiz?
Angliya bizdan orqada) Mana bu do'konda haliyam disk sotishadi. Bizda 15 yillar oldin yo'qolib ketgandiyov diskdan foydalanish. Qizig'i xaridorlar ham bor bu disklarga. Kassetalarga nima deysiz. Nostalgia!
Close to Edinburgh.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sea view is stunning,but I am not in a good position to make a quality video.
A nice shot by one of our colleagues!
It's been a while since I didn't read any fiction. This journey was a good opportunity to engage with literature beyond academic papers. Done with 40 pages so far. I will share my review of the book when I'm done.
Finally, we're in Edinburgh.
2025/07/07 19:41:46
Back to Top
HTML Embed Code: