Telegram Web Link
Campus dushanbagacha shu barglarga o‘xshab sarg‘ayib qoladi. Juma — haftaning yakuni. Hamma xayrlashib ketadi, "Enjoy your weekend" yoki "Have a nice weekend" degan phraselar bilan. Weekendga party martylar reja qilganlar "See you" yoki "See you soon" deb qo‘yishadi. Bizda party yoki boshqa tadbirlarga borish yo‘q, shuning uchun hech ikkilanmasdan, qo‘rqmasdan "See you on Monday" deb kelaveramiz. University book donation qismidan ko‘zimga iliq ko‘ringan bir-ikkita kitoblarni weekendga o‘qishga olvoldim. Kinoda aytishadiku, "Buvim professor bo‘lasan dedilarmi, demak albatta professor bo‘laman" deb!
Angliyada o‘qish uchun men avval universitetni emas, grantni tanlaganman. Xarajatlarimni to‘lab bergan tashkilot universitetni ham o‘zi tanlagan. Menda u yoki bu universitetga borishga tanlov qilishga imkoniyat berilmagan. Lekin hozir o‘zingda imkon bo‘lsa, qaysi universitetni tanlarding deb so‘rashsa, menimcha yana The University of Exeterni tanlar edim. Siz rasmlarda ko‘rayotgan manzaralar turar joyimning shundoq yonida. Bu yerlarda 15 daqiqa sayr qilish miyangiz dam olib, kayfiyatingiz yaxshilanishi uchun yetarli. Xullas, universitet sanatoriya ichida joylashgan desa ham bo‘ladi.)
Angliyaga kelib, yashab turib futbol o'yiniga kirmasam, nafaqat o'zimni o'zim, balki kelajak avlod ham meni kechirmas edi! Shuning uchun futbol tomoshalarini o'zimizni Exeter jamoasi o'yinidan boshladik.
2024/12/25 20:24:34
Back to Top
HTML Embed Code: