Telegram Web Link
I have come across this useful website - educationuk.org by the British council which provides with useful information about the UK study and scholarships.
Online Webinar for school teachers by Macmillan. Time to get some fresh ideas 💡 before you start the academic year. Link for the registration is here 👇 https://www.macmillanenglish.com/uz/training-events/events-webinars/event/back-to-school-5-steps-to-digitising-your-classroom?cachat=8CDCFQknLesf
New IELTS Speaking questions from Pakistan - August 2024
Speaking test
Part 1 (Interview)

- What is your name?

- What should I call you?

- Where are you from?

- Do you often buy T-shirts as souvenirs on holiday?

- Why do you think some older people wear T-shirts?

- Do you prefer T-shirts with pictures or prints? Why?

- Do you like art? What type of art do you enjoy?

- Where can people see art in your city?

Part 2 (Cue Card)

Describe an unusual meal you had. You should say

- when and where you had it

- what made the meal unusual

- who you were with

and explain how you felt about the experience.

Part 3 (Discussion)

- Why do you think fast food has become so popular today?

- How do you think fast food affects people's health?

- Are there any benefits to fast food?

- Do you think traditional restaurants are becoming less popular? Why or why not?

- What role do restaurants play in modern society?

- What do you think the future of restaurants will look like?
Latest IELTS questions from India - August 2024 (General)

Writing task 2 (an essay)

Some people believe that the government should invest in paintings and art for public spaces, while others think this is a waste of public funds.

Discuss both views and give your own opinion.

Give reasons for your answer and include any relevant examples from your own knowledge or experience.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo'ydan xudo beribdiyu, aqlga hali ozgina ishlashi kerak ekan sportchi ukamiz. "Matematikani xohlagan odam o'rganib ketaverar ekan".
Agar matematika, fizika yoki boshqa muhim fanlarni puxta o'rganib, chet tillarini ham o'rganib, xalqaro darajadagi mutaxassis bo'lib yetishsa, katta katta xorijiy kompaniyalarda ishlab chetdan O'zbekistonga pul olib keladi, iqtisodiyotni rivojlantiradi, senga o'xshab byudjet puliga kun ko'rmaydi, shuning uchun fan olimpiyadalari chempionlarini ham rag'batlantirish kerak deb kimdir tushuntirsin bunga.
Global muvaffaqiyatga erishgan loyihalarning asosida insonlarning muammolariga yechim topish g‘oyasi yotadi. Butun dunyo bo‘ylab millionlab til o‘rganuvchilar foydalanadigan Duolingo dasturi ham xuddi shunday maqsadda yaratilgan. Duolingo asoschisi Luis Von An, kompyuter dasturchisi, Gvatemalada tug‘ilib o‘sgan. Gvatemala qashshoq davlat bo‘lgani uchun u yaxshi ta’lim asosan boy qatlam vakillariga taalluqli ekanligini, kambag‘allarga bunday imkoniyatlar yetarli darajada yaratilmaganini ko‘rib ulg‘aygan.

Luis insonlarga qanday qilib ta’lim olish imkoniyatini bepul taqdim etish mumkinligi haqida o‘ylay boshlaydi. Unda: “Nimani o‘rgatsam?” va “Qanday o‘rgatsam?” kabi savollar paydo bo‘ladi. Til o‘rganish insonlarga ko‘plab imkoniyatlar berishini hisobga olib, u turli tillarni o‘rgatadigan dastur yaratishga qaror qiladi. Dastur yaratilgach, u uni reklama qilish uchun MY5 dagi journalist Amirxon, Bahodir Jalolov yoki Nilufar Usmonovani chaqirib, mahsulotini reklama qildirsa bo’lardi... Lekin buning o‘rniga, Von An o‘ziga yana savollar beradi: “Qanday qilib insonlarni bu dasturga tabiiy ravishda qiziqtirish mumkin?” “Hozir odamlar ko‘proq nimaga qiziqishmoqda?” va “Nimaga ko‘proq vaqt sarflashmoqda?”. U ikkita asosiy javob oladi:

1. Odamlar ko‘proq vaqtlarini mobil telefonlarda o‘tkazishmoqda.
2. Mobil telefonlardagi asosiy vaqt ijtimoiy tarmoqlarga sarflanmoqda.


Shundan kelib chiqib, u: “Til o‘rganish uchun shunday bir narsa yaratishimiz kerakki, u mobil telefon orqali bo‘lishi va ijtimoiy tarmoqlar (TikTok, Instagram) kabi qiziqarli, odamni o‘ziga tortadigan bo‘lishi kerak”, deb qaror qiladi. Shu tariqa, Duolingo g‘oyasi dunyoga keladi. Duo lingoni telefonda o’rganasiz va ijtimoiy tarmoqlarda like yig’ilgani kabi sizga ham dasturda faolligingiz uchun xar xil ko’rinishda rag’batlar berib boriladi.

Bugungi kunda Duolingo 38 ta tilni o‘rgatadigan 100 dan ortiq kurslarni taqdim etadi va 500 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga ega.
creating confidence guide.pdf
2.2 MB
Kelajakda Britaniyada o'qish va yashashni niyat qilgan bo'lsangiz, mana shu 'Creating confidence' guidance bookletni saqlab qo'ying.
Shartnoma bekor qilinibdi. Mayli, biz yangi shartnoma tuzgani ketyapmiz.
Got my student card, finally! I could look more handsome in the picture)
Ingliz tili va iqtisodiy rivojlanish

Tadqiqotlarga ko'ra, ingliz tili ko'nikmalari zaif bo'lgan davlatlar savdo, innovatsiya va daromad borasida ham orqada qolishadi. Ingliz tili birinchi til bo'lmagan 54 davlatning ingliz tilini bilish darajasi va ularning rivojlanishiga qarab o'rinlarga ajratilganda, birinchi beshtalikni Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya, Finlyandiya va Norvegiya egallagan. Pastki o'rinlarda esa Kolumbiya, Saudiya Arabistoni, Tailand va Liviya joylashgan. Tadqiqotlar shuni ham ko'rsatadiki, Italiya, Ispaniya va Portugaliya ingliz tili ko'nikmalari kuchli bo'lmagani sababli rivojlanishda orqada qolishgan.

Savol:💬 Siz qanday fikrdasiz? Ingliz tili yaxshi bilish qanchalik davlatni rivojlanishida ahamiyati bor?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
20-asrga xush kelibsiz! Tarixiy voqeaning guvohi bo'ldik. Bunday sahnalarni faqat kinolarda ko'rar edik, ammo bu safar haqiqiy voqea sodir bo'ldi. Ilgari chiqgan poezdlardan biri shu tariqa tantanavor ravishda o'tib ketdi. Avvaliga oddiy bir poezd deb o'ylab, e'tibor bermagandim, qarasam olomon to'planib, video va rasmlarga olishmoqda. Keyin bilsam bu maxsus sayohat ekan. Poezd ichidagi odamlar ham oldindan maxsus chiptalarni sotib olishgan bo'lsa kerak.
#ielts_test #maps #RealLifeSituation
Mana nima uchun IELTS testda sizga map berishadi! University accommodation receptionga kelganimda, men borib joylashishim kerak bo'lgan accommodationni shu map orqali tushuntirib berishdi.
HAPPY TEACHERS' DAY!!! WISH YOU ALL THE BEST DEAR TEACHERS!!!
Ingliz tilini tarjima orqali o'rganish ahamiyati

Ingliz tili ustozlari va o'quvchilar uchun

Ingliz tilini o'rganishni boshlaganimda asosan grammatika, so'z yodlash va tarjima mashqlari orqali bilim olganman. Keyinchalik esa tarjima orqali o'rganish – matnlarni ingliz tilidan o'zbek tiliga yoki o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish uslubini o'z darslarimda ham qo'llay boshladim. O'quvchilarga tarjima mashqlarini vazifa sifatida berardim. Bu uslubning foydasi o'quvchilarni o'zlashtirish jarayonida sezilib turardi.

Oxirgi yillarda esa tarjima orqali o'rganishning salbiy tomonlari haqida ko'proq gapirila boshlandi. CLT (Communicative Language Teaching), Learner-Centered Approach va Task-Based Learning kabi zamonaviy yondashuvlar ommalashgani sababli, bu usullar zamonaviyroq, jozibadorroq va samaraliroq ko'ringani uchun, tarjima orqali o'rganish uslubidan darslarimda deyarli foydalanmay qo'ydim.

Kecha shu mavzuda o'tkazilgan "The Use of Translation as a Strategy in Learning English as a Foreign Language among Libyan University Students" tadqiqotini o'qidim. Tadqiqot turli darajadagi ingliz tilini o'rganayotgan universitet talabalari o'rtasida o'tkazilgan bo'lib, xulosalar shuni ko'rsatadiki, tarjima orqali o'rganishning afzalliklari ko'p ekan. Ayniqsa:
• Writing
• Comprehension
• Vocabulary
rivojlantirish uchun tarjima uslubi samarali bo'lishi mumkin.
Lekin bu degani ingliz tili ustozlari o'quvchilariga faqat matn tarjima qildirish kerak degani emas. Menimcha, zamonaviy metodlar bilan birgalikda, o'quvchilar bilimini mustahkamlash uchun tarjima uslubini ham dars jarayonlariga va darsdan tashqari vazifa sifatida qo’shish mumkin.
Ingliz tili o’rganayotgan o’quvchilar esa mustaqil ravishda yoki ustozlari yordamida tarjima mashqlari bilan shug’ullanishlari mumkin.

Bekzod Khayitov
Med TESOL student, The University of Exeter.
@Insight_English
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
It is not a jungle or tropical forest. It is a narrow path, with beautiful scenery around I cross every day to get home. So amazing!
Mutilingualism -Ko'p tillilikning ahamiyati
Multilingualism –‘ko'p tillilik’ inson uchun juda muhim xususiyat va ko'nikma hisoblanadi. Ayniqsa, kelajakda rivojlangan davlatlarda ishlash yoki o'qish rejangiz bo'lsa, bitta emas, bir nechta tilni bilish juda qo'l keladi. Universitetdagi odatiy darslarimiz ingliz tilida o'tkaziladi. Lekin kecha bo'lib o'tgan "Teaching Grammar" darsimizda ustozimiz Dr. Nicholas Bremner darsni ispan tilida o’tib berdi. Bu darsda biz beginner darajadagi ispan tilini o'rganayotgan talabalarga aylanib qoldik, guruhimizdagi ba'zi talabalardan tashqari. Ustozimiz ispan tili grammatikasidagi ayrim beginner mavzularni turli usullar bilan tushuntirdi. Biz esa beginner Spanish learner sifatida, qaysi metod biz uchun samaraliroq bo'lganini tahlil qilishga harakat qildik.

Bu dars menga ingliz tilini 0-dan o'rganishni boshlayotgan o'quvchilarning holatini, ularning nimalarni boshidan kechirishini va qanday qiyinchiliklarga duch kelishini, qaysidur ma’noda tushunishimga yordam berdi.

Mutilingual insonlar uchun tillar o'rtasidagi o'xshashliklar va farqlarni taqqoslash imkoniyati mavjud. Bu nafaqat oddiy suhbatlar uchun, balki akademik muhokamalar uchun ham zo'r mavzu bo'lishi mumkin, ayniqsa atrofingizda mutilingual insonlar yig'ilgan bo'lsa.
2024/12/29 11:55:20
Back to Top
HTML Embed Code: