Telegram Web Link
A technical problem has occured. We'll resume the class in 5 min. Thank you for your patience
I'm afraid, but this problem with laptop seems more serious than I think. I have prepared for today's class for around 3 hours, but it is what it is. We'll have to postpone for another day. I hope  you won't get upset.
Live stream finished (20 minutes)
🚀Join Our Offline Courses in Tashkent!

Alongside my online classes in the channel, I am also offering offline courses. Here’s the schedule:

📅 Days: Monday / Wednesday / Friday

🔹 Intermediate Group
🕣 8:30 AM

🔹 IELTS Group
🕚 11:00 AM
🕓 4:00 PM

🔹 Pre-intermediate Group
🕕 6:00 PM

For more information, contact our admin: @smart_nation_english
IELTSni o'zi yetmasilgi mumkin

Scholarship tips

Nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilinish va yaxshi stipendiya yutish uchun sizda talab qilinadigan standart hujjatlar — shahodatnoma, diplom, IELTS kabi hujjatlardan tashqari, Quyidagi ikki xususiyatdan biri bo'lishi kerak:

1⃣Evidence of Impact
2⃣Evidence of Potential

1. Evidence of Impact
Bu asosan 25-35 va undan yuqori yoshdagi insonlar uchun. Bu yoshdagi insonlar ko'proq magistratura va PhD uchun xarakat qilishadi. Nufuzli universitetlar bunday insonlarga o'qishi uchun to'liq yoki qisman mablag' ajratishi uchun ularda o'z sohalaridagi Evidence of impactni ko'rishi kerak. Ya'ni, 30-35 yoshdagi mutaxassis shu paytgacha qandaydir loyihalarda qatnashgan, yoki kichik bo'lsada muammoni xal qilishga yordam beradigan birorta loyihani o'zi amalga oshirgan bo'lishi kerak. Eng muhimi bu loyihalardan insonlarga ma'lum bir manfaat tekkan bo'lishi zarur.

2. Evidence of Potential

Bu xususiyat ko'proq 18-22 yosh atrofidagi yosh insonlar uchun kerak. Bu yoshdagi insonlar asosan maktab o'quvchilari yoki universitet talabalari bo'lishadi. Bunday yoshdagi insonlardan Evidence of impactni isbotlash kutilmaydi. 20 yoshga to'lgan insonlarda ko'proq orzular, ambitsiyalar va ba'zilarida kelajakga aniq rejalar bo'ladi. Shuning uchun nufuzli universitetlar sizga grant ajratishi uchun sizda Evidence of potentialni ko'rishi kerak. Sodda qilib tushuntirsam, o'zbeklarda "Boqsa odam bo'ladi" degan gap bor. Evidence of Potential ham shunga o'xshaydi. Xali biror amaliy ish ko'rsatishga insonning yoshi va tajribasi imkoniyat bermasligi mumkin. Lekin u kelajakda bu ishlarni qanday amalga oshirishi haqida bilim, ambitsiyalar va rejaga ega bo'lsa, bu narsa Evidence of Potential sifatida qabul qilinadi.

Bu ikkita xususiyatni sizda bor yo'qligini universitetlar siz yozadigan motivational letter ( personal statement) yoki intervyu orqali bilib olishadi. Xulosa shuki, nufuzli universitetlarga qabul qilinish va stipendiya yutish uchun nafaqat standart hujjatlar IELTS, diplom va xokazo, balki Evidence of impact yoki Evidence of potential ham ko'rsata olishingiz kerak.

Post foydali bo'ldimi? scholarship olish uchun yana nimalarga e'tibor berish kerak? Kommentlarda fikringizni qoldiring.💬

© KhayitovTeacher
Listening part 3 testiga tavsiyalar

Listening 9.0 ustozdan 🚀

Bugun offline darsimda o'quvchilarimga listening part 3 bo'yicha kerakli tavsiyalarni berdim. Sizlarga ham ulashmoqchiman:

1. Listening Part 3 xarakteristikalari: Bu part testga nima uchun kiritilgan? Real hayotda qayerda kerak bo'ladi? Bu qism sizdagi qaysi qobiliyat va ko'nikmalarni sinaydi? Shularni yaxshilab tushunib olishingiz kerak.

2. Flow-ni ushlashni o'rganish: Listening part 3 davomida, question type-larda (masalan, Flow-chart completion, multiple-choice, va hokazo) relevant (savollarga aloqador) va irrelevant (savollarga aloqasi yo'q) ma'lumotni ajrata olish muhim. Bir savoldan ikkinchi savolga o'tayotganda, va to'g'ri javobga kelganda beriladigan signal so'zlar va intonatsiyani sezish zarur.

3. Speakerni attitude-ni sezish Listening part 3 - fikrlar o'yini bo'lgani uchun, speakerni attitude-sini sezib turishingiz kerak. Attitude positive, negative yoki neutral bo'lishi mumkin. Shuningdek, quyidagi vaziyatlarda ishlatiladigan so'zlar va frazalarni aniqlay olishingiz kerak:
- Proposing / Suggesting
- Approving / Accepting
- Expressing doubt / reservations
- Complaining
- Agreeing
- Disagreeing
- Persuading
- Correcting va hokazo


4. Distractors - chalg'ituvchilarni topish: Ba'zi variantda berilgan so'zlarni ataylab audioda ham aytishadi, lekin bu to'g'ri javob bo'lmaydi. Maqsad kandidatni chalg'itishdir.

5. Multiple choice (A,B,C) dan topish: Ko'pincha multiple choice savollarida true, false, not given variantlarini ajrata olish muhim. Xuddi readingda bo'lgani kabi, listening multiple choice savollarida ham 3 ta javobdan bittasi true, qolgan ikkitasi yoki false yoki not given bo'ladi. Shuni ajrata olishni o'rganishingiz kerak.

6. Skill-based ishlash: Agar listening part 3 ko'nikmalari yaxshi rivojlanmagan bo'lsa, skill-based ishlashingiz kerak. Bu degani siz qayta-qayta javobni topish uchun emas, birinchi marta eshitganingizda savoldan savolga o'tayotganda qanday transition bo'lganini tushunishingiz kerak. Ikkinchi eshitganingizda javobga yaqin kelganda qaysi frazalar ishlatildi va speakerni attitude qanday bo'ldi. Uchinchi eshitganingizda alohida distractorlar qanday tuzilgan, qaysi javob not given, qaysinisi false va nima uchunligini tushunishingiz kerak. Shularni o'zingizga note qilib olishingiz zarur.

P.S. Bu strategiyalar grammatikasi va so'z boyligi yaxshi (kamida upper-intermediate) bo'lgan o'quvchilar uchun listening part 3da, albatta, mehnat bilan tez progress qilishlarida yordam beradi.

Dars oxirida shunday dedim: "Agar shu aytganlarim bo'yicha ishlasangiz, ikki oydan keyin listeningdan sizga ustoz kerak emas."

Siz nima deysiz bu strategiyalarga? Sizga ma'qulmi?

© KhayitovTeacher
Baxt haqida afsonaviy aktyor Yuriy Nikulin shunday degan: "Baxt nima bilmadim, lekin menimcha baxt bu ertalab tezroq borib ishingizni boshlashni xohlashingiz va ishingiz tugashi bilan tezroq uyingizga, oilangizga qaytishni xohlashingizdir." Bu gaplar ko'p insonlar uchun baxt formulasiga aylangan.

Lekin, Nikulin janoblari paytida online (uydan turib ishlash) degan narsa bo'lmagan. Endi savol tug'iladi: bundaylar uchun baxt nima? Menimcha, "men endi ishimni boshlay" deb xonanga kirib ketganingda va uydagilar seni xonasida online ishlayapti deb o'ylab turgan paytda, ko'zingga yostiq chiroyli ko'rinib, "eee bore" deb, mazza qilib uxlavorish baxt bo'lsa kerak.😁

Barchaga hayrli tun.
During my writing task 2 classes including offline and online, I always make my students analyse and understand the given topic well. First of all, we try to find a general topic of the essay and then specify it. Here is the table of common topics and specific ones they may involve.
Bugunam yutqazamizmi? (
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Bugunam yutqazamizmi? (
Bo'lmapti bu olimpiada! Osh yeyish bo'yicha olimpiada o'tkazilganda ko'rardik raqiblarimizni ahvolini!
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA

Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇

• Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi?

• Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan 1 oy davomida ishlab, natijangizni ko’tarishni xohlaysizmi?

• Sizda intensiv – har kuni kamida 3-4 soatdan tayyorgarlik ko‘rishga vaqtingiz bormi?

• Va bularni barchasini online darslar orqali qilishga tayyormisiz?


Agar yuqoridagi savollarga javobingiz "Ha" bo‘lsa, unda ‘VILLA’ so‘zini kommentda qoldiring.👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Speaking_tips    #Practice

Writing task 2 da PEEL strukturasi bor.

PEEL – Point, Explain, Example and Link back.

Shu texnika Speaking part 3 da ham yaxshi ish beradi. 

PART 3 Question: Do you think it's better for children to grow up in the countryside or in a city?

Sample Answer with PEEL:

Point: Well, I would say it depends on the parents' priorities and circumstances.

Explain: Different parents have different priorities for their children's upbringing, which influences their preference for either environment.


Example: For instance, some parents prioritize quality education and diverse opportunities. Such parents prefer city life, where schools and extracurricular activities are more accessible. On the other hand, parents who value a healthier lifestyle and a closer connection to nature might choose the countryside, where children can enjoy fresh air and outdoor activities.


Link back: Therefore, the decision largely depends on what the parents value more for their children, whether it's educational opportunities or a healthy, natural environment.

🗣Practice this question with PEEL

'Do you think it's better for children to study online or offline?'

leave your answers in the comments💬
Endi qizlarini Dzyudo sportiga beradigan ota onalar ko'payib qolsa keraga?
Hayitov ELT | IELTS 8.0
☄️NEW ONLINE COURSE - IELTS VILLA Kurs xaqida ko’proq ma’lumot berishimdan oldin quyidagi savollarni o’qing.👇 • Sizda Writing va Speaking ko’nikmalarini oshirishga ehtiyoj bormi? • Writing va Speaking bo’yicha darslarni tajribali IELTS instruktori bilan…
Bu onlayn kursim bo'yicha ba'zi o'quvchilarimiz kurs faqat bir oy davom etadimi deb so'rashmoqda.

Javob HA. Kurs faqat 1 oy, avgust oyining boshidan boshlanib sentabrgacha davom etadi. Sababi, sentabr oyidan Buyuk Britaniyada magistraturamni boshlashim kerak. Yangi joy va yangi muhit qanday bo’ladi? Dars o’tishga vaqt bo’ladimi, yo’qmi? Bularni bilmayman.

O’zimga qolsa, o’sha yerdan turib ham dars o’taverardim, chunki bu o’rgangan ishim. Lekin oldin vaziyatni bilishim kerak.

Avgust oyida esa vaqtim bor va 1 oy intensiv shug’ullanishga tayyor bo’lgan o’quvchilar bilan writing va speaking bo’yicha ishlashga tayyorman. Shuning uchun ham oldin berilgan savollarni o’qing, agar sizga to’g’ri kelsa ‘Villa’ so’zini qoldiring degandim.

Yana ikki kun muhlat bor. Savollarni o’qing va shu sharoitlar sizga to’g’ri kelsa komment qoldiring.

1 avgust kuni siz bilan aloqaga chiqiladi.
Tasavvur qiling yapon tilida film tomosha qilayabsiz. Filmda olimpiadada oltin medalga erishib qaytgan qizini otasi kutib oldi va bag’riga bosib shunday dedi:

Anata o hokori ni omoimasu🇯🇵

🚫Google tarjimaga qaramasdan shu gaplarni tarjimasini kommentda qoldiring.

Keyinroq to’g’ri javobni bo’lishaman
2024/09/30 21:39:34
Back to Top
HTML Embed Code: