Telegram Web Link
Live stream finished (1 hour)
Ajoyib dars! Mijoz va Ofitsiant
Bu illustratsiyalardan foydalanib ajoyib dars tashkil qilsangiz bo’ladi. O’quvchilarni ikki kishidan bo’lib juftlikda ishlashadi. Ustoz sketchlarni tarqatadi
🎭Sketch 1–mijozning kayfiyati jaxldor / ofitsiant xushmuomala.
🎭Sketch 2-ofitsiant jaxldor / mijoz xushmuomala.
🎭Sketch 3–Ularning ikkisi ham jaxldor kayfiyatda.
Epizodlar turli xil bo’lsada, sketchlarda dialog bir xil. O’quvchilarning vazifasi o’zlariga tushgan sketchni improvizatsiya qilib berish. O’quvchilar dars davomida dialogni yodlashlari shart emas, faqat dialogni o’qib, o’sha holatni role play qilib berishlari kerak. Bu uslub ayniqsa ‘Substitute teacher’ - sherigingiz biror sababga ko’ra kelmay qolsa, ikkita guruhni ham qo’shib dars o’tadigan paytingizda juda qo’l keladi. Bunday metodlardan ko'proq o'rganishni xohlasangiz ‘Flexible Teacher’ kursiga ro'yxatdan o'ting. 👉@BekzodHayitov
Hayitov ELT
Ajoyib dars! Mijoz va Ofitsiant Bu illustratsiyalardan foydalanib ajoyib dars tashkil qilsangiz bo’ladi. O’quvchilarni ikki kishidan bo’lib juftlikda ishlashadi. Ustoz sketchlarni tarqatadi 🎭Sketch 1–mijozning kayfiyati jaxldor / ofitsiant xushmuomala. …
Bu metoddan 9-10-11 sinf o’quvchilariga dars o’tganimda foydalanaman. Faqat ustoz sinfdagi vaziyatga qarab yondashuvni to’g’ri olishi darsni yanada samarali qiladi. Agar o’quvchilarning darajasi unchalik yuqori bo’lmasa, ularga bo’ladigan talabni boshqacharoq qo’yish kerak. Menda eng o’qimaydigan o’quvchilar bilan ham ish bergan bu metod. Doskani yoniga kelib oxirgi marta qachon javob bergani esida yo’q o’quvchilar ham ancha faol bo’lishgan. Buning uchun men ulardan ingliz tilidan bilimi zo’r bo’lishini talab qilmaganman. ’O’qishing va talaffuzingdagi xatolar bilan ishim yo’q, men improvizatsiya mahoratingni ko’rmoqchiman’ deb aytaman. Bu o’quvchidagi ingliz tilini yaxshi bilmaslik holatini ikkinchi planga o’tkazadi va ingliz tilini yaxsi bilmasa ham hozirda unga berilgan vazifani uddalay olishi va darsda faol qatnashib baho olishiga ishonchi ortadi. Lekin eng qizig’i, ustoz ‘men ingliz tilingni baholamayman, faqat improvizatsiyangni ko’rmoqchiman’ desa ham o’quvchining o’zi doskani yoniga chiqqanda uyalib qolmaslik uchun ba’zi so’zlarni talaffuzini va ma’nosini yonidagi yaxshi biladigan o’quvchilardan yoki ustozning o’zidan so’rab o’rgana boshlaydi. Qarabsizki, ustoz qilishing shart emas degan gap bilan aslida o’quvchida o’sha berilgan vazifani yaxshiroq bajarish uchun ko’proq mas’uliyat hissini uyg’ota boshlaydi.
Shu Tashkent Cityda rasmga tushish trendga chiqib, trenddan tushib bo'ldiyam hali bir marta ham shu yerda rasmga tushmabman. Bugun 'Respublika Ustozlar Forumi'ga keldik. Konferensiyasi bahonasida rasm tushib olaylik. Boshqa payt odam erinadimi qandaydir. Tadbir tafsilotlarini postlar orqali yoritib borishga harakat qilaman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayitov ELT
Video message
Coffee break
Konferensiya agendasiga ingliz tili o'qituvchilari uchun shu topiclar bo'yicha seminarlar kiritilibdi. Sizga qaysi mavzu ko'proq qiziq?
#Collocations #sports
The verbs used with sport
🔸Play for team sports – play soccer, play basketball, play tennis etc
🖍We play soccer every weekend with our colleagues.
🔸Do is used for more individual sports – do yoga, do gymnastics, do martial arts etc
🖍She goes to dance club, and also does gymnastics to help make her movements more flexible.
🔸Go is used with most activities that end in -ing: go swimming, go biking, go surfing etc
🖍I go biking every morning because I find this activity enjoyable and healthy
🔸With the team sports, we can use the word game or match; a soccer game, a basketball game, a tennis match.
🖍There is a basketball game on TV every Sunday
🔸Home game – when the game is played in team’s own stadium.
🖍Manchester United is believed to win the match as it will be a home game for the team.
🔸Has the lead – winning the game in the middle of the game
🔸Make a comeback – score points from a losing position
🖍Man city was having the lead up until the second half of the game, but Man United made a comeback and took the lead in the end.
🔸Enter a competition – to be involved in the competition list
🖍I’m going to enter the competition to win first place
🔸Withdraw from the competition – (voluntarily leave the competition)
🖍She had to withdraw from the competition due to the serious injury For more collocations join 👉 @Insight_English
Ta'limda sun'iy intellekt ko'p jihatlarda o'qituvchilarga xizmat qilishi mumkin ekan, professor va xalqaro trener Erkin Muhammedovning fikrlaridan kelib chiqsak. Lekin, bugungi kunda o'qituvchilardan ko'ra, o'quvchilar sun'iy intellekt bilan ishlashda yaxshiroq ko'nikmalarga ega ekanligini Erkin aka ham tan olayaptilar. O'qituvchilar ham o'z ishlarini yengil qilishlari uchun AI dan mazza qilib foydalansalar bo'larkan. Bularni ustozlarga alohida training qilib balki batafsil gapirib beraman. Training oxirida Erkin aka agar o'qituvchilar AI dan biror narsada foydalanishsa, albatta buni o'quvchilarga aytishi kerak deb aytdilar. Masalan 'O'quvchilar sizlarni yozma ishingizni tekshirishda butunlay yoki qisman AIdan foydalandik' deb qo'yish kerak ekan. Shunda Academic integrity (Akademik halollik) prinsiplariga amal qilgan bo'lasiz.                             PS shu oxirgi qismi aniq yoqmadi ustozlarga, o'quvchilar bilishi shartmikan🤔🤫😂
#Collocations #daily #health and sickness The words and phrases with Health and Sickness 🔶 Lifestyle changes - modifying things we each have control over, like changes in diet or daily routine. 🖍 One of the best lifestyle changes is nutrition and dietary changes. 🔶 Life expectancy - refers to the number of years a person can expect to live. 🖍Life expectancy in Europe increased greatly in the 20th century. 🔶 Eat a balanced diet - to have a combination of the correct types and amounts of food 🖍 If you eat a balanced diet, you are getting all the vitamins you need. 🔶 Health insurance - a program / plan to cover expenses in case of an accident or serious illness. 🖍 She didn't have health insurance, so she had to pay for the surgery herself. 🔶 Put your leg in a cast - if a part of your body in a cast, it has a plaster cast around it to protect it while a broken bone repairs itself. 🖍 It is better not break your leg than to put a plaster cast on it. 🔶 Suffer from a chronic condition - a condition that continues for a long time like allergies, asthma, etc... 🖍 Mr. George is resigning because of chronic heart disease which he has been suffering for two years.
Ambitious - ... find the word and give your own examples.
Anonymous Quiz
86%
Orzumand; ko'p mehnat talab qiladigan
14%
Baquvvat, kuchli
Forumda qatnashgan ustozlar hukumat maktab sohasiga befarq emasligini va sohani rivojlantirish uchun faqat qogo’zda qoladigan gaplar emas, balki anchagina amaliy ishlar ham qilayotganiga guvoh bo’lishdi deb ayta olaman. Taasurotlar ko’p. Hammasini postlarda asta-sekin yozib boraman. Agar siz maktabda ingliz tili o’qituvchisi bo’lsangiz, unda o’z ustingizda qattiq ishlang. Ta’lim tashkiloti rahbarlaridan tortib, professor o’qituvchilar, Xorijlik ilmiy mutaxassislar va viloyatlardan kelgan maktab o’qituvchilari bilan imkon qadar ko’proq gaplashib, ularni fikrlari, bugungi maktab tizimidagi islohotlarga nisbatan kayfiyatini bilishga harakat qildim. Kayfiyat umuman olganda ko’proq pozitiv. Muhim deb hisoblagan yangilik va o’zgarishlarni albatta keyingi postlarda aytib o’taman.
⚡️Ingliz tili ustozimisiz!?
                                                                                                                                    Yangi o’quv yilidan yangicha uslubda, zamon talabiga mos tarzda darslarni o’tmoqchimisiz!?

Unda sizni 1 oylik online 'Flexible Teacher' kursiga taklif etamiz:

🔺Grammatika va IELTS darslarini interaktiv tarzda tashkil qilish uchun materiallar va instruksiyalar.

🔺 Mixed Ability (o’quvchilar darajasi har xil bo’lgan) sinflarda o’quvchilarni darsga jalb qilishda yuqori samara beradigan metodlar.

🔺ELT ( ingliz tili o’qitish) sohasidagi bugungi zamonaviy trendlar va ustozlardan kutilayotgan ko’nikmalar borasida malakali hamkasblarimiz bilan telegram orqali jonli muloqot tashkil qilinadi.
                                                                   Kanalga ulanish:👉@Insight_English

Murojaat uchun:👉@BekzodHayitov
‘Flexible Teacher’ - Teacher Training course
FAQ (Frequently asked questions)
Ingliz tili o’qituvchilari uchun tashkil qilayotgan kursimiz bo’yicha ancha o’qituvchilar murojaat qilishdi. Bu quvonarli, demak ustozlarimiz yangiliklarga intilishmoqda va dars o’tish ko’nikmalarini yaxshilamoqchi, lekin training course borasida ikkilanayotgan ustozlar ham bor. Ustozlar ko’proq so’ragan savollarga javoblarni quyida berib o’taman.
Savol: Kurs pullikmi? To’lovi qancha?
Javob: Kurs to’lovi 200,000 sum💳
Savol: Kursda nimalar o’rganamiz?
Javob: Murojaat qilgan ustozlarga, kursda qanday yo’nalishlarda instruksiyalar va materiallar berib borilishini tashlab berayapman. Yana qo’shimcha qiladigan bo’lsam, o’zimning tajribamdan kelib chiqib, yangi mavsumda ustoz sinf xonasiga kirganda bagajini baquvvat qilib, o’ziga ishonch bilan kirishi uchun o’zimning eng kerakli va foydali resurslarim bilan bo’lishaman.
Savol: To’lovini bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
Javob: Bo’ladi. To’lovini ikkiga bo’lib to’lash mumkin.
Savol: Siz bergan materiallar kanaldan o’chmaydimi?
Javob: Kurs uchun tashkil qilingan kanalda, kurs tugagandan keyin ham materiallar qoladi.
Savol: 1-2 ta dars qatnashib ko’rsak bo’ladimi?
Javob: Bo’ladi.
Savol: Kurs oxirida sertifikat bormi?
Javob: Yo’q. Sertifikat berilmaydi. Men hech qanday rasmiy ta’lim tashkiloti nomidan bu kursni tashkil qilayotganim yo’q. Kurs o’zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib tuzilgan.
2023/2024 yil uchun ingliz tilini o'rganib, IELTS, Multivelel, Linguaskill kabi sertifikatlar olish uchun qanday o'qimoqchisiz?
Anonymous Poll
42%
Offline
46%
Online
12%
Farqi yo'q
2025/07/04 00:20:44
Back to Top
HTML Embed Code: