Hayitov ELT | IELTS 8.0
⚡️Ingliz tili ustozimisiz!? Yangi o’quv yilidan yangicha uslubda, zamon talabiga mos tarzda darslarni o’tmoqchimisiz!?…
'Flexible teacher' - Ingliz tili o'qituvchilari uchun tashkil qilayotgan kursim bo'yicha ustozlar murojaat qilishmoqda. Oldingi postda kurs umumiyroq qilib tushuntirilgan. Kurs bo'yicha murojaat qilgan o'qituvchilarga kurs nimalarni o'z ichiga olishini batafsilroq tushuntirib berayapman. Ingliz tili o'qituvchilariga har safar offline seminar yoki workshop o'tkazsam, interaktiv metodlarni juda katta ishtiyoq bilan o'rganishadi. 1-2 soatlik offline workshopda ko'pi bilan 4-5 ta metod o'rganish mumkin, bundan ham faqat menga yaqin hududdagi o'qituvchilar foydalana olishgan. Ba'zi o'qituvchilar biror sabab bilan aynan o'sha kuni kela olmasligi ham mumkin. Bugungi internet taraqqiyotidan foydalanib shuni online tashkil qilsak, ustozlarga yangicha metodlarni o'rganish biroz bo'lsada yangi o'quv yili uchun foydali bo'lardi, ayniqsa, uzoq hududlardagi ustozlarimiz uchun ham qulay, ham manfaatli bo'lardi. Toshkentga kelib pul va vaqt ketkazishlariga hojat qolmaydi. Xususiy sektorda ham, davlat ta'lim muassasida ham faoliyat yuritayotgan ustoz sifatida orttirgan tajribam, metodlar va insightlarimni shu kurs davomida siz bilan bo'lishaman. Kursdan keyin albatta yangi mavsumni o'zingizga ancha ishongan holda boshlashingizga ishonaman. Kurs uchun murojaat: @BekzodHayitov
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Ustozlar siz nima deysiz shunga?
Xo'sh, agar haqiqattan ham Aptis va Linguaskill javoblari tarqalib ketgani va test bazasi yangilanmaganidan darajasi C1 ga tortmaydigan o'qituvchilar ham bu imtihonlardan C1 darajaga erishgan bo'lsa, ayb kimda? Albatta test o'tkazayotgan tashkilotlarning o'zida. Bazani yangilab turish va test javoblarini confidential saqlash kerak edi. Lekin orada o'zini bilimi bilan bu testlardan C1 darajani olgan o'qituvchilar ham bordir? Ular nima qiladi endi? Agar o'qituvchi o'zi C1 darajaga bilimi tortmay, testdan boshqa yo'llar bilan o'tib ustama olayotgan bo'lsa yaxshi ish emas. Balki norozi bo'layotgan o'qituvchilarga test qaytadan hech qanday to'lovlarsiz tashkil qilib berilsa va ularning haqiqiy bilimi sinalsa adolatdan bo'ladimi. Shunda yana hammasi ma'lum bo'ladi. Bilimi bilan o'tgan o'qituvchi yana o'tadi. Omadi kelib o'tib qolgan o'qituvchilar yana bir omadini sinab ko'radi.
IELTS Speaking part 3 savollari bo'yicha chat qilamizmi bugun? Bugun yakshanba kimlardadir boshqa rejalari bordir🤔 Bugun Speaking chat tashkil qilishimiz kommentlardagi aktivligingizga bog'liq🏃♂🏃♀
#Reading_practice. There is a Scott Lake in central Florida. In June 2006 a massive sinkhole opened up beneath the lake - acting like a plug hole in a bath. It only took two weeks for the water to drain away. Local residents called meetings to decide what action to take, but in the end, nature took care of the problem. Clay, sand and other fine material plugged the hole and the lake started to fill with water again.
Hayitov ELT | IELTS 8.0
#Reading_practice. There is a Scott Lake in central Florida. In June 2006 a massive sinkhole opened up beneath the lake - acting like a plug hole in a bath. It only took two weeks for the water to drain away. Local residents called meetings to decide what…
Lake Scott's rising water level has occured as a result of rainfall.
Anonymous Poll
32%
True
39%
False
29%
Not Given
Hayitov ELT | IELTS 8.0
IELTS Speaking part 3 savollari bo'yicha chat qilamizmi bugun? Bugun yakshanba kimlardadir boshqa rejalari bordir🤔 Bugun Speaking chat tashkil qilishimiz kommentlardagi aktivligingizga bog'liq🏃♂🏃♀
Today's topics for part 3 discussion. Leisure time / Classmates / Gifts and rewards. See you at 9 pm⏳
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Lake Scott's rising water level has occured as a result of rainfall.
As I expected, false has been the answer of the majority😊
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Today's topics for part 3 discussion. Leisure time / Classmates / Gifts and rewards. See you at 9 pm⏳
🔰Before we kick off the IELTS speaking discussion, let me introduce the rules of the chat.
1 As the amount of time of the discussion is limited, only prepared students are advised to participate.
2 Each speaker is allocated around 5-6 minutes.
3 Make sure that you have a stable internet connection and check your voice system e.g. a microphone, speakers. In case I am not able to hear a speaker clearly, I will have to mute them and allow the next candidate to speak.
I hope everything is clear with the requirements. See you in the chat at 9 p.m.! 😊

Live stream scheduled for
We're getting started
Ajoyib dars! Mijoz va Ofitsiant
Bu illustratsiyalardan foydalanib ajoyib dars tashkil qilsangiz bo’ladi. O’quvchilarni ikki kishidan bo’lib juftlikda ishlashadi. Ustoz sketchlarni tarqatadi
🎭Sketch 1–mijozning kayfiyati jaxldor / ofitsiant xushmuomala.
🎭Sketch 2-ofitsiant jaxldor / mijoz xushmuomala.
🎭Sketch 3–Ularning ikkisi ham jaxldor kayfiyatda.
Epizodlar turli xil bo’lsada, sketchlarda dialog bir xil. O’quvchilarning vazifasi o’zlariga tushgan sketchni improvizatsiya qilib berish. O’quvchilar dars davomida dialogni yodlashlari shart emas, faqat dialogni o’qib, o’sha holatni role play qilib berishlari kerak. Bu uslub ayniqsa ‘Substitute teacher’ - sherigingiz biror sababga ko’ra kelmay qolsa, ikkita guruhni ham qo’shib dars o’tadigan paytingizda juda qo’l keladi. ✅Bunday metodlardan ko'proq o'rganishni xohlasangiz ‘Flexible Teacher’ kursiga ro'yxatdan o'ting. 👉@BekzodHayitov

Ajoyib dars! Mijoz va Ofitsiant Bu illustratsiyalardan foydalanib ajoyib dars tashkil qilsangiz bo’ladi. O’quvchilarni ikki kishidan bo’lib juftlikda ishlashadi. Ustoz sketchlarni tarqatadi 🎭Sketch 1–mijozning kayfiyati jaxldor / ofitsiant xushmuomala. …
Bu metoddan 9-10-11 sinf o’quvchilariga dars o’tganimda foydalanaman. Faqat ustoz sinfdagi vaziyatga qarab yondashuvni to’g’ri olishi darsni yanada samarali qiladi. Agar o’quvchilarning darajasi unchalik yuqori bo’lmasa, ularga bo’ladigan talabni boshqacharoq qo’yish kerak. Menda eng o’qimaydigan o’quvchilar bilan ham ish bergan bu metod. Doskani yoniga kelib oxirgi marta qachon javob bergani esida yo’q o’quvchilar ham ancha faol bo’lishgan. Buning uchun men ulardan ingliz tilidan bilimi zo’r bo’lishini talab qilmaganman. ’O’qishing va talaffuzingdagi xatolar bilan ishim yo’q, men improvizatsiya mahoratingni ko’rmoqchiman’ deb aytaman. Bu o’quvchidagi ingliz tilini yaxshi bilmaslik holatini ikkinchi planga o’tkazadi va ingliz tilini yaxsi bilmasa ham hozirda unga berilgan vazifani uddalay olishi va darsda faol qatnashib baho olishiga ishonchi ortadi. Lekin eng qizig’i, ustoz ‘men ingliz tilingni baholamayman, faqat improvizatsiyangni ko’rmoqchiman’ desa ham o’quvchining o’zi doskani yoniga chiqqanda uyalib qolmaslik uchun ba’zi so’zlarni talaffuzini va ma’nosini yonidagi yaxshi biladigan o’quvchilardan yoki ustozning o’zidan so’rab o’rgana boshlaydi. Qarabsizki, ustoz qilishing shart emas degan gap bilan aslida o’quvchida o’sha berilgan vazifani yaxshiroq bajarish uchun ko’proq mas’uliyat hissini uyg’ota boshlaydi.