Telegram Web Link
Would you like me to share more pictures and videos from Edinburgh?
IELTS is everywhere!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This place is on the hilltop called "Arthur's seat". It is located in Edinburgh. We were lucky to reach it during the sunset to enjoy the view of the city around.
Yevropaga, ayniqsa Angliyaga o’xshagan ko’p millatli davlatga kelib o’qish va yashash insonga ko’p tomondan ta’sir qiladi. Buning o’ziga yarasha ijobiy va ijobiy bo’lmagan tomonlari bor.

Masalan, yaqinda Shotlandiyaga IATEFL konferensiyasida qatnashdim. U yerda imkon qadar sohamizdagi mutaxassislar bilan tanishishga va fikr almashishga harakat qildim. Ancha yaxshi tanishuvlar va suhbatlar bo’ldi. Ammo ba’zi jihatlarda Angliyadagi yashash mobaynidagi tajribalarim va qilgan xulosalarim bu tanishuvlarga biroz salbiy ta’sir o’tkazdi.

O’zbekistonda bo’lgan paytlarimda nativelar (til egalari) yoki boshqa davlatdan kelgan mutaxassislar bilan mabodo gaplashish yoki fikr almashish imkoniyati paydo bo’lsa, xursand bo’lib, bunaqa imkoniyatlardan foydalanishga imkon qadar harakat qilardim. O’sha paytlarda qanaqadur naivety (soddalik) bo’lganmi — bu tajriba ko’proq ijobiy bo’lgan.
Angliyada esa bunaqa uchrashuvlarda turli o’ylar hayolimga kelib boshlaydi.
Siz bilan gaplashib turgan odam aslida racist (irqchi) emasmi? Siz bilan samimiy gaplashayaptimi? Yoki shunchaki vaziyat yuzasidan yolg’on, soxta kulib muomala qilayaptimi? O’zi bir normal insonmi …?

Xullas, mana shunga o’xshash va boshqa miyangizdan o’tadigan xayollar ba’zida tanishuvlar va muloqotingizga ijobiy ta’sir o’tkazmasligi mumkin.

Lekin bu xarakter yaxshi emas. O’zbeklar va qoraqalpoqlar hamkorlikda ishlagan “Tank” degan bir film bor. O’sha filmda bir qariya chol bor. Chol juda sodda va tanti inson. Film davomida uning bu jihatlari unga maqsadiga erishish uchun qo’l keladi.
Shu qariyadagi xarakter menga yangi tanishuvlar muvaffaqiyatli bo’lishi uchun universaldek tuyuladi.

Ba’zida shu qariya chol “rejimi”ni yoqib olish kerak deb o'ylayman.
#Vocabulary_Game

I have always been a keen user of the board games with dices in my classes because such activities are unpredictable, exciting and fun.

Here is the game English teachers can use in their classes to facilitate their students to recycle vocabulary.

Teachers can adapt the activity to tailor it to their students' level.

I hope your students will enjoy the activity and have fun 😊
#Kitob_tavsiya
Angliyaga kelib o’qishni boshlaganimda, ishonchim yanada komil bo’lgan narsalardan bittasi bu biz kitoblarda o’rganadigan (ko’pincha rasmiy) ingliz tili bilan xaqiqiy muomalada ishlatiladigan so’zlar va frazalardagi farqlar borligi.

Ba’zida qanchalik uzoq yillar ingliz tilini o’qigan bo’lmaylik, kundalik hayotda inglizlar ishlatadigan ayrim so’z va frazalar biz uchun yangilik bo’lishi mumkin sababi ularga oldin duch kelmagan bo’lishimiz mumkin.

Ana shunday bo’shliqni to’ldirish uchun “English for Everyone” kitobini tavsiya qilaman. Aynan bugungi kunda kerakli, xozirgi zamonda va real kontekstda ishlatiladigan 100 ga yaqin mavzuga oid funksional so’zlar va frazalar jamlangan.  

O’zimizda “Oxford” va “Macmillan” kitob do’konlaridan balki topilishi mumkin.
Hayitov ELT
Photo
Kitobni yaxshi tayyorlashgan. Faqat mualliflar yana bitta narsa qo'shishlari mumkin edi. Ingliz tili ustozlari PPP (presentation, practice, production) metodikasini yaxshi bilishadi. Kitob faqat PP (Presentation va Practice) bilan cheklangan. Kichkina qism bo'lsa ham Production uchun ajratilsa yanada zo'r bo'lardi. Bu qismda o'quvchilar o'rganilgan so'zlar va frazalarga mustaqil gap tuzishlari uchun promptlar berilishi mumkin edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kutubxona St Luke’s kampusida joylashgan. Asosan magistratura talabalari foydalanadi.

Ichkarisini ham ko‘rsatardim, lekin ilojim yo‘q. Video yoki rasmga olish taqiqlanmagan bo'lsada ba'zi xodimlar va talabalar kadrga tushib qolishni istamasligi mumkin.
This part of the article is driving me crazy "Relations of meaning implicated in the process of distantiation and re-instantiation include de-classification, decomposition, role/incumbent identification, de-specification, metaphor/congruence, and defusion/infusion. The process of re-instantiation therefore requires a sophisticated level of control of commitment of multiple systems of meaning making." jinni bo'b qolation😁
Eddie (it) janoblari bilan eksklyuziv uchrashuv tashkil qilishibdi. Rahmatli Hojiboy Tojiboyev esimga tushib ketdi.
Angliyada maktablarida dars berish ham oson emas. Yaqinda 6000 nafar ustozlar orasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra:

40% ustozlar o’quvchilardan jismoniy zo‘ravonlik yoki tajovuzga uchrashgan

20% ustozlar o'quvchilardan kaltak yeyishgani haqida xabar berishgan

85% og‘zaki haqoratga duch kelgan.

38% turtib ketilgani yoki kuch bilan yo‘ldan surilgan

96% gap qaytarish va qo‘pol muomala haqida xabar bergan.

Qolgan statistikani rasmlarda ko’rishingiz mumkin.

Nima deb o’ylaysiz, bu borada bizda vaziyat qanday?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ustozlar ham inson, qanchalik ko’p kitob o’qishmasin, akademik darajalari oshmasin, masalan doktor yoki professor bo’lishadimi, hamma narsani akademik hayot bilan bog’lashmaydi. Ularning ham atrofga va insonlarga bo’lgan ijtimoiy va subyektiv qarashlari bor.

Yaqinda UCL (University College London) dan tashrif buyurgan ustoz uning qo’l ostida magistraturani bitirgan talabalari bilan bog’liq qiziqarli xangomalarni gapirib berdi.
Professor talabalarining xarakteridan kelib chiqib, ularga laqab qo’yib olgan. Ba'zilarini biz bilan bo'lishdi.

Bitta magistr talabasini “Distracted Comedian” deb nomlagan va sababini shunday tushuntiradi:

“Unga baho umuman qizig’i yo’q edi. Supervisor bilan uchrashuvga kelganda ham yonida sandwich, shirinliklar va ichimliklar bilan kelardi. O’tirib, u yog’dan bu yog’dan xangoma qilib ketardi. U bilan ishlash alohida zavq edi.”

Ikkinchi talaba — “Workhorse”:
“O’ziga juda talabchan, mehnatkash, doim o’ziga yuqori plankani qo’yib olgan va maqsadiga qatiy intilardi.”

Uchinchi talaba — “Silent Type”:
“Bir paydo bo’ladida, shu bilan yo’q bo’ladi. Na xat bor, na xabar (jim-jit). Oradan qanchadir vaqt o’tib, bir ko’rinadi, bir olam g’oyalarni ko’tarib keladi, yana keyin shu bilan ancha vaqt yana yo’q bo’ladi (jim-jit).”

Janob professorning fikrlaridan shuni xulosa qildim:

har bir inson o’ziga xos, noyob va bir-biriga o’xshamaydi. Insonlarga faqat bitta linza orqali qarash va shuni to’g’ri deb hisoblash hayotimizni ancha zerikarli qilib, munosabatlarimizni ham chigallashtirib yuborishi mumkin.
When in theory
This looks like a good scholarship for language teachers primarily teaching German, Spanish and French. I did not look at the criteria closely, so I am not sure if English teachers can also apply. They might also be eligible, please, do review the criteria. The link can also be shared with the teachers who teach Spanish, German or French. https://www.britishcouncil.org/education/he-science/opportunities/ltts
2025/07/07 17:19:34
Back to Top
HTML Embed Code: