Hayitov ELT
Video message
Umrida birinchi marta qor ko'rayotgan xalqaro talabalar bor)
Ba’zi ingliz tili o‘qituvchilari yoki o'quv markazlari tomonidan “Mukammal metodika”, “Yangi innovatsion metod”, “Bunaqasi hali bo‘lmagan” degan da’volarning aytilishi qanchalik to‘g‘ri?
UK universitetlaridagi lingvistika, language education yoki TESOL bo‘yicha dars beradigan professorlar talabalarda, ya'ni bo'lajak ingliz tili ustozlarida ko‘rishni xohlaydigan jihat – bu nimadir yangi narsa yaratish yoki hali hech kim o‘ylab topmagan “innovatsion” g‘oyalarni topishdan ko‘ra, shu sohada allaqachon yozilgan, yaratilgan va ommaga taqdim qilingan resurslarni tahlil qilish va keraklisini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Bu mening UK universitetlari ustozlari talablariga shaxsiy qarashim. Balki kimningdir qarashi boshqachadir.
Ammo O‘zbekistonda, ayniqsa til o‘rgatish industriyasida “innovatsion metodlar bilan o‘rganing” yoki “Hali birorta ustoz o‘rgatmagan metodika bilan o‘rgatamiz” degan da’volarni eshitib qolasiz. Agar UKdagi birorta professorning oldiga borib: “Men ingliz tili o‘rgatishda hali birorta ustoz qo‘llamagan ‘innovatsion’ va ‘mukammal’ metod topdim”, desangiz, professorning nafasi og‘irlashib, yuragini ushlab qolishi mumkin. Chunki bu haddan tashqari katta da’vo (too big a claim).
Ammo siz mavjud nazariyalar va metodlardan foydalanib: “O‘quvchilarim (siz bilgan, siz tanigan, sizning kontekstingizdagi) o‘rganishga qiynalayotgan qaysidir ko‘nikmalarni samaraliroq egallashga yordam beradigan bir strategiya yoki metodikam bor”, desangiz, bu professorlarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.
Masalan, Booknomy bo‘yicha ko‘p muhokamalar bo‘ladi. Bu kitobni “innovatsion” deb atash to‘g‘rimi? Albatta yo‘q. Lekin bu bilan Booknomy umuman kerak emas, deyish ham noto‘g‘ri. Bu uchun yetarli asosimiz bo‘lishi kerak va bu ancha qiyin ish. Booknomy oldingi metodlarga asoslanib shakllantirilgan, va uning qaysidir elementlaridan o‘quvchilar uchun foydalanish mumkin.
UKdagi professorlar bu yerda sizdan kutadigan narsa – qanday qilib bu kitobni (balki boshqa resurslar qatorida) o‘quvchilaringiz til o‘rganishi jarayoniga samarali integratsiya qilishingizdir. Masalan, ingliz tili ustozi “Booknomy orqali intermediate darajadagi o‘quvchilarning extensive listening ko‘nikmalarini oshirish strategiyalari” degan dastur yaratishi, Booknomy reklamasida keladigan “6 oyda ingliz tilini mukammal o‘rganing” degan da’vodan ko‘ra ishonarliroq ko‘rinadi.
Lekin kitobni o‘zimizning kontekstimizga moslashtirib qo‘yish bilan ish bitmaydi. Endi nega aynan “intermediate” darajani tanlaganingizni, nega aynan extensive listening ko‘nikmalariga urg‘u berayotganingizni asoslab berishingiz kerak (rationale). Tasavvur qiling, kitobdan foydalanish maqsadingizni shunchalik toraytirganingizda (narrowing down topic) ham hali javob kutadigan ko‘p savollar paydo bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, biror metod, nazariya, dastur yoki kitobni to‘liq oq (mukammal) yoki qora (umuman foydalanmaslik kerak) deb baholash, menimcha, til o‘rgatish sohasida ancha qiyin. Shuning uchun ustozlar “Bunaqasi hali bo‘lmagan”, “Innovatsion dastur” yoki “Mukammal metod” degan da’volarni aytishda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak.
Aslida shu paytgacha mutaxassislar tomonidan yaratilgan tavsiya va qo‘llanmalardan to‘g‘ri va samarali foydalana olish orqali ustozlar o‘quvchilarga til o‘rganishda ancha yordam bera olishadi.

📈 🌟 Ingliz tilini zavq bilan, yangi usullarda o‘rganishni xohlaysizmi?
🎉 Unda kanalimga xush kelibsiz! Men – Xo‘jamurodova To‘lg‘anoy, 4️⃣ yillik tajribaga ega, xalqaro TESOL sertifikatiga va IELTS 7+ ballga ega o‘qituvchingiz! 💯 Kanalimda siz uchun ingliz tilidagi darajangizni tez va samarali oshirishga qaratilgan bepul darslar tashkil qilaman. 📚 Har bir dars o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitib, natijalarga erishishiga yordam beradi.
⏳ O‘rganishni orqaga surmang! Kanalimizga qo‘shiling va ingliz tilini birga o‘rganaylik! 💬✨https://www.tg-me.com/EnglishwithGorlok

"Smart Readers" nomli ingliz tilida kitobxonlik musobaqasini bir necha bor tashkil qilganimizni eslasangiz kerak. Kanalda ushbu tadbirlarning fotolavhalari va tafsilotlarini doimiy ravishda ulashib kelganman. Smart Readersni ingliz tili o‘qituvchilari o‘rtasida ham o‘tkazganmiz. Bu tadbirda ustozlarimiz Charlotte Brontening "Jane Eyre" asarini o‘qigan edilar. Ayni paytda, ushbu asarning turli nashrlari va Charlotte Brontening boshqa asarlar to‘plamini University of Exeter kutubxonasida ko‘rishingiz mumkin.
Ingliz tili o'qituvchilari uchun Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyatini beradigan A.S. Hornby Educational Trust Scholarship uchun application jarayonlari boshlandi. Grantni yutgan ustozlar 2025-26 akademik yilida The University of Exeterda MEd TESOL yo'nalishi bo'yicha magistraturani o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Rasmiy havola: https://www.exeter.ac.uk/study/funding/award/?id=5436

University of Exeter
Award details | Funding and scholarships for students | University of Exeter
“Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda oʻqisam, ingliz tilim zoʻr boʻlib ketadi”.
Bu fikr qanchalik toʻgʻri? Hech bir xorijiy davlatda oʻqigan yoki ishlagan, lekin til koʻnikmasi juda aʼlo darajada rivojlanmagan odamlarni uchratganmisiz? Men uchratganman. Ayrim odamlar xorijda oʻqishgan yoki ishlashgan boʻlsa-da, ularning til koʻnikmalari kutilgan darajada rivojlanmagan. Bu holatning sabablari koʻp, va barchasini bitta postda batafsil yoritib berishning imkoni yoʻq. Xorijiy davlatlarga oʻqishga kelgan talabalarning til koʻnikmalari ular kutgandek rivojlanmagani haqida tadqiqotlar ham mavjud. Bugungi postda oʻzimning Buyuk Britaniyada oʻqish jarayonidagi shaxsiy tajribalarim va qarashlarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Xorijda oʻqish til koʻnikmalaringizni avtomatik ravishda rivojlantirmaydi. Bu jarayon muvaffaqiyatli boʻlishi uchun siz “pro-active” boʻlishingiz kerak. Pro-active degani nima? Bu shunchaki vaziyatlarning oʻzidan oʻzi paydo boʻlishini kutmaslik, balki ularni aktiv ravishda izlash va yaratishdir. Masalan:
- Turli tadbirlar va uchrashuvlarga qatnashish,
- Klublarga aʼzo boʻlish,
-Til egalari bilan muloqotni oʻzingiz boshlab, tashabbus koʻrsatish.
Ayniqsa Angliyada bu juda muhim. Inglizlar odatda biroz “reserved” (ichimdagini top deydigan) boʻlishadi. Bu bilan til egalari bilan gaplashish juda qiyin demoqchi emasman. Aksincha, bir suhbatga kirishsangiz, koʻplab insonlar bilan tanishib, turli mavzularda gaplasha olishingiz mumkin. Faqat eslatib oʻtmoqchimanki, xorijda oʻqish davomida til koʻnikmalaringiz avtomatik tarzda siz bu davlatga kelganingiz uchun o’zidan o’zi oshib qolmaydi. Potensial toʻsiqlar bor va ular sizdan pro-aktiv yondashuv talab qiladi. Pro-active talabalar nafaqat ko’p do’stlar orttirish yoki boshqa ijtimoiy munosabatlarda, balki o’qishlarida ham yaxshi natijalarga erishadilar.

EAP (English for Academic Purposes) va
ESP (English for Specific Purposes)
ingliz tilida o‘qitishning ikki asosiy sohasi bo‘lib, ular maqsad, mazmun va kontekst bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Quyida asosiy farqlari va jihatlari keltirilgan:
1. Maqsad
• EAP: Akademik maqsadlarda ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan. Bu talabalarni akademik yozuvlar yozish, ma’ruzalarni tinglash, ilmiy maqolalarni tushunish va taqdimotlar qilish kabi ko‘nikmalarga tayyorlaydi.
• Misol: IELTS yoki universitet darslari uchun tayyorgarlik.
• ESP: Muayyan kasb yoki soha uchun zarur bo‘lgan ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan. Bu tibbiyot, muhandislik, huquq, turizm kabi sohalar uchun maxsus til va terminologiyani o‘z ichiga oladi.
• Misol: Tibbiyot xodimlari uchun “Medical English” yoki biznes sohasida “Business English”.
2. Auditoriya
• EAP: Akademik maqsadlarda o‘qish yoki tadqiqot qilishni rejalashtirgan talabalar uchun.
• Misol: Universitetga qabul qilinadigan talabalar.
• ESP: Kasbiy faoliyatda foydalanish uchun ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun.
• Misol: Ishlayotgan mutaxassislar yoki soha bo‘yicha kurs ishtirokchilari.
Misol bilan farq:
• EAP: Talaba dissertatsiya uchun annotatsiya yozishni o‘rganadi.
• ESP: Menejer mijoz bilan biznes muzokaralari uchun savdo kelishuvlari haqida gapirishni o‘rganadi.

EAP (English for Academic Purposes) va ESP (English for Specific Purposes) ingliz tilida o‘qitishning ikki asosiy sohasi bo‘lib, ular maqsad, mazmun va kontekst bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Quyida asosiy farqlari va jihatlari keltirilgan: 1. Maqsad…
Xo’sh endi farqlarni o’rganib olgan bo’lsangiz
Comment da yozingchi oramizda ESP o’rganishni xohlovchilar bormikan?!