Telegram Web Link
Perspectiveni kengroq oling.

"Perspective" so'zini (fikr, nuqtai nazar, munosabat) deb tarjima qilish mumkin. Nega perspective keng bo'lishi kerak? Bu haqda postda o'qib bilib olishingiz mumkin.👇

Yaqinda bir o'quvchim bilan speaking qilayotganimda shunday savol chiqdi: "Boshqa davlatga immigratsiya qilayotgan insonlar nimalar qilishadi? Qanday tayyorgarliklar ko'rishadi?" O'quvchim javob bera boshladi: "Qarindoshlarini yig'ib ehson qiladi. Borib uzoq qarindoshlarini ziyorat qiladi. Ota-onasini rozi qiladi."Bu fikrlarga o'zbek sifatida, o'zbek madaniyatida o'sib ulg'aygan inson sifatida qo'shilaman. Biroq, sizning speaking yoki writing ishingizni tekshiradigan insonlar katta ehtimollik bilan sariq sochli, moviy ko'zli, umrining katta qismini G'arb madaniyati ta'siri ostida o'tkazgan insonlar bo'lishadi. Ularning bunday masalalarga perspektivasi boshqacha. Ular bir joyga ko'chib ketayotgan paytda ortda qolayotgan insonlarni emas, ko'proq o'zlarining yangi hayotlari haqida o'ylashadi. Sizning faqat o'zingiz yashab turgan hudud qadriyatlaridan kelib chiqqan javoblaringiz esa juda "narrow perspective" (tor doirali) bo'lib ko'rinishi mumkin. Shuning uchun IELTSda "topic awareness" (mavzulardan xabardorlik) ni oshirish juda muhim.

Albatta, siz o'z mentalitetingizdan kelib chiqib ham gapirishingiz mumkin, faqat g'arbliklardek o'ylab, faqat ular kabi gapirish shart emas. Ammo bu qadriyatlar aynan siz yashaydigan madaniyatga tegishli ekanligini;

‘For example, in my country/culture...’
‘In the area where I live...’
‘In some places, people..., but this might be slightly different in my culture...’

Deb aytib ketishingiz mumkin. Bu orqali siz javobingiz o'z madaniyatingizdan kelib chiqib berilayotganini examinerga bildirib qo'yishingiz mumkin.

‘Narrow perspective’dan saqlanishni yaxshi usuli bu albatta ko’proq o’qish va global fikrlash orqali ‘topic awareness’ ni oshirish. O’zingizni madaniyatingizga xos bo’lgan narsalar xaqida gapirayotganda esa albatta qarashlarinigiz siz yashab turgan hududga tegishli ekanligini bildirib o’ting.

#Writing #speaking #tips
Live stream scheduled for
⚡️Bugun 20:30 da Writing task 2 bo'yicha kanalda jonli dars bo'ladi.

Topic: How to make strong arguments in the essay.

Barcha IELTS candidatlar uchun dars foydali bo'lishiga ishonaman.
#Question_And_Answer   

“O'zbek tilida qanday gapirsangiz, ingliz tilida ham shunday gapirishingiz kerak, shunda gaplaringiz tabiiy chiqadi” degan fikrga bir tomondan qo'shilaman. O'zim ham o'quvchilarimga bu maslahatni beraman. Bu strategiya asosan endi speaking ko'nikmalarini rivojlantirishni boshlagan o'quvchilarda juda yaxshi ishlaydi. Birinchi navbatda, o'quvchilarning o'zlariga bo'lgan ishonchini oshirish uchun “O'zbekchada qanday gapirsang, qanday o'ylasang, shunday gapiraver” deb, ularga ko'proq ingliz tilida gapirishga motivatsiya berish mumkin. IELTS speakingda birinchi o’rinda fluency turishini hisobga olsak, o’quvchilarni argumentlarini kuchaytirishdan oldin, ularni shunchaki ingliz tilida gapirishga o’rgatib olish kerak. Lekin ikkinchi tomondan, argumentlarni o'zbekcha o'ylab, o'zbekcha gapirish bilan IELTS speakingdan 5.5 dan 7.0 gacha olish mumkin. Undan yuqoriga, ya'ni 8.0+ ga erishish uchun esa, yuqorida postda aytilgan tavsiyalar – topic awarenessni oshirib, perspektivani kengroq qilish kerak.

English learning va IELTS studies bo’yicha yana savollaringiz bo’lsa kommentlarda qoldiring. Albatta, vaqt topib javob berishga harakat qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoz - ‘Smart Nation’ bilan o’tmoqda soz!

O’quv markazimiz darslariga kichik ekskursiya: 📹

📘 Fanlar:

Ingliz tili
Rus tili
Arab tili
Maktabgacha tayyorlov
Matematika

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz ta’tilda telefon bilan emas, kitob bilan ko’proq band bo’lishini xohlasangiz, ularni ‘Smart Nation’ ga olib keling.

📞 Murojaat uchun:
+99 897 771 97 76
+99 899 755 04 22

📍 Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor ko’chasi 85-uy
Mo’ljal: Katta Qozirobod masjidi.
📣📣📣 ISHGA TAKLIF!

Toshkent shahrida joylashgan 'Smart Nation' o’quv markazi quyidagi fanlar bo’yicha ustozlarni ishga taklif etadi.

Rus tili

Maktabgacha ta’lim

Ingliz tili

⬆️Ingliz tili ustozlariga talablar

- IELTS sertifikati: 7.0+
- Ish tajriba: 2 yil

💲Ish haqi suhbat jarayonida kelishiladi

Resume (O’zingiz va faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlarni) telegram orqali 

@KhayitovTeacher 📥  profiliga jo’nating.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Intensive IELTS ONLINE COURSE will start tomorrow. Anyone who is interested in the course details can message me - @KhayitovTeacher 📥
Every time I hear the word 'idioms', I get a little uneasy. I mean, it sounds a lot like 'idiots' ) Is it my fault?!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Writing task 2 da siz oldin praktika qilmagan, sizda idea kam bo'lgan mavzu tushsa, qotib qolmaslik uchun nima qilish kerak? 'IELTS Villa' kursimda aynan shu shu bo'yicha tipslar berildi. Sizga ham ulashdim. I hope you find it useful.👍
#Words    #English

It is used to say that one has no interest in something that other people might be concerned

e.g. He's quite indifferent to people's  opinion of his work.
     You can't be indifferent to climate change.
#Softeners     #English_phrases   #informal_language

Type of, … sort of, … kind of…

Use these phrases to show that you’re not speaking exactly or to make what you say less definite

She’s kind of strange

We sort of thought you might forget

I’ve had sort of an idea about what we could do
👇
👇
‘I was kind of thinking about organizing writing task 2 class in  the channel’ Are you in?
The best part about Sunday is you can nap all day and catch up on sleep. But the worst part is lying wide awake at night, realizing that tomorrow is Monday)

Anyone having this Sunday struggles?
For those who are 'over the moon' from the Paris 2024 Olympic games trophies.
Agar instagram va facebook rasm va videolar bo' yicha o'zbeklarni guruhlarga ajratganda shu 4 ta asosiy guruh kelib chiqardi;


- Paris 2024

- Turkiya yoki Dubayda dam olayotganlar


- Shashlik yo osh yeb o'tirganlar

- Moshinasini magnitofoni va tezligini reklama qilib yurganlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Writing_task_1

Comparative graphs

Task o’zi nimani so'raydi?

Writing task 1 da nechta so’z bo’lishi kerak?

So’zlar soni juda ko’payib ketsa nimasi yomon?

Graphdagi har bitta mayda detalni yozib o’tirmaslik uchun nima qilish kerak?

Shu savollar agar sizni qiziqtirsa shu videoda javob olasiz.👆
Forwarded from YURIST MASLAHATI
❗️1-сентябрдан тил сертификатини олишдаги ўқиш харажатлари учун компенсация берилади

Шунингдек, инглиз, немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларидан тўпланиши лозим бўлган баллнинг минимал кўрсаткичи пасайтирилади.

Вазирлар Маҳкамаси қарори билан, ёшларни хорижий тилларга ўқитиш тизими такомиллаштирилишидан келиб чиқиб, ҳукуматнинг айрим қарорларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. (https://www.lex.uz/uz/pdfs/7057258)

Ҳужжат билан 1-сентябрдан бошлаб хорижий тилларни билишнинг халқаро имтиҳон тизимларидан камида C1 ва унга тенглаштирилган даража олган ёшларнинг 6 ойгача бўлган ўқиш харажатлари қоплаб берилади.

Бунда имтиҳон топшириш харажатларини компенсация қилишга қўшимча ўқиш харажатларини қоплаш учун БҲМнинг 3 баравари — 1,02 млн сўм миқдорида бир марталик тўловлар ажратилади.

Ёшларга инглиз, немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларидан олинган айрим сертификатлар учун ўқиш тўловлари қоплаб берилади. Бунда қуйидаги халқаро имтиҳон тизимлари назарда тутилган:

IELTS;
Test DAF;
Goethe-Zertifikat;
DELF/DALF;
TCF;
TOPIK I-II;
JLPT;
NSK.

Жорий йилнинг 1-сентябридан 2027-йилгача мазкур тиллар бўйича имтиҳон топшириш харажатларини қоплаб бериш учун тўпланиши лозим бўлган баллнинг (сертификат даражасининг) минимал кўрсаткичи бир поғона пасайтирилади.

Аризалар Давлат хизматлари марказлари ҳамда Ягона портал орқали қабул қилинади. Компенсация олишда қуйидагилар тўлиқ бажарилиши керак:

—камида C1 ва унга тенглаштирилган даражадаги халқаро сертификат берилган санадан бошлаб 180 календар кун ўтмасдан мурожаат қилинганда;
—сертификатда кўрсатилган имтиҳон натижасининг ҳақиқийлиги ва тўғрилиги Ёшлар ишлари агентлиги томонидан тасдиқланса;
—ўқувчи ва ўқув маркази билан тузилган икки томонлама шартнома илова қилинганда.

Агар 16 ёшга тўлмаган ёшлар номидан ота-онаси ариза топширса туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома Ёшлар ишлари агентлиги томонидан интеграциялашган маълумотлар базаси орқали текширилади. Ариза қонуний вакил томонидан берилганда эса, буни тасдиқловчи ҳужжат (пдф форматда) ариза берувчи томонидан тақдим этилади.

Бунда имтиҳон учун компенсация сўраб қилинган мурожаатга қўшимча ўқиш харажати учун компенсация сўраб мурожаат қилиниши мумкин, ўқиш харажати учун компенсация олиш бўйича алоҳида қилинган мурожаатлар кўриб чиқилмайди.

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг

👉
@yuristlar_maslahati 👈
2024/11/16 11:44:37
Back to Top
HTML Embed Code: