Telegram Web Link
Bugungi darsni recordingi va PDF fayl 👉shu kanalga👈 tashlab beriladi.
Shijoatni odat qil, o'ychilik zarar.
Kimdir bo'lsa oqil, mard, shuniki zafar.
Kim may ichmoq bo'lsa, uzumni eksin.
Kimki mo'jiza kutsa, e'tiqod etsin.

Muallifi esimda yo'q, lekin shu to'rtlikni yaxshi ko'raman. Ba'zida harakat qilamiz, lekin e'tiqodimiz zaif bo'lgani uchun kutgan natijalarimizga erisholmaymiz. Ba'zan esa e'tiqod kuchli, lekin harakatimiz sust bo'ladi.

Xulosa shuki, doimo harakatda bo'ling va albatta mo'jiza kuting. Barchaga hayrli tun!
Write a comment and tell us your thoughts 💭
Biz o'qitayotgan o'quvchilar va farzandlarimiz ham ana shu yigitga o'xshab, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilishga harakat qiladigan, o'z ishini sevadigan va o'z oldiga "uchastka qurish, mashina olish va to'y qilishdan tashqari" katta hayotiy missiya qo'yadigan insonlardan bo'lishini xohlayman.

Robert Villiad, Amerikadan kelib, Orol dengizi muammosini o'rganuvchi yosh ekolog haqida videoni albatta ko'ring. Chatoq bola ekan), intervyuni ham o'zbek tilida beribdi!
https://youtu.be/XTFQKPeWtaY?si=j0UuVj7CBsW_fGRp
☄️Offline darslarda 👉shunaqa aktiv👈 ishtirok etishni istagan o’quvchilarni ‘Smart Nation’ da kutib qolamiz.

Hozirda ketayotgan xorijiy tillar kurslari⬇️

1️⃣ Ingliz tili va IELTS
2️⃣ Rus tili
3️⃣ Arab tili
4️⃣ Maktabgacha tayyorlov

👨‍🏫 Darslar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

📞 Murojaat uchun:
+99 897 771 97 76
+99 899 755 04 22

📍 Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor ko’chasi 85 uy
Mo’ljal: Katta qozirobod masjidi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayitov ELT | IELTS 8.0
IELTS WRITING TASK 2 (online class) ✍️Essay type: Cause and effect 📅Date and time: July 18, 20:30 Bu darsdan keyin xudo xohlasa, cause and effect essay turi bo’yicha sizda ortiqcha savollar qolmaydi.
Talablarga binoan 18 iyul kuni o'tilgan IELTS writing task 2 'cause and effect' essay turi bo'yicha o'tilgan dars rekordingi va PDF faylni Hayitov live lessonsga joyladim. Bemalooooooool o'tib ko'rib chiqsangiz bo'ladi.
Gen Z avlodini bilmadim, lekin Gen X (1965-1980) va millenniallar (1980-1996) orasida bu filmini ko'rmagan va ta'sirlanmagan insonlar bo'lmasa kerak. "Freeedooom!" deb vatan ozodligi uchun kurashgan "Sheryurak" filmidagi William Wallace hammamizning sevimli qahramonimizga aylangan.

Shu film haqida bir qiziqarli faktga duch keldim. Film rejissyori va bosh rol ijrochisi Mel Gibson "Sheryurak" filmini suratga olish ishlari boshlanganida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, qimmatbaho villasini shu filmni olish uchun sotishga majbur bo'lgan ekan. Film nimalarga erishgani va muvaffaqiyati esa alohida tarix.

Yaxshiyam Mel aka o‘zbekmas, bo‘lmasa “nevaralarim kelajakda qayerda yashaydi?” deb bunday uyni sotishga jur’at qilolmasdi. Biz ham shunday san’at asaridan bebahra qolardik.
Write a comment and tell us your thoughts 💭
Start with 'If I could visit the UK, I would go to....'
Siz izlayotgan narsalar, aslida sizni ham izlayotgan bo'ladi.
Nasib etsa, sentabr oyidan magistraturamni boshlaydigan University of Exeter joylashgan Exeter shaharchasi bilan ozgina tanishdim. Angliyaning janubida joylashgan juda kichkina shahar ekan, 130,000 dan ziyodroq aholisi bor.

Nimagadur shunday joyda ishlasang yoki o'qisangki, o'sha joy dengizga yoki okeanga yaqin bo'lsa, zerikkaningda borib qirg'oqni aylanib, yoz kunlari cho'milib, juda bo'lmasa dengiz to'lqinlarini eshitib stresslarni chiqarib kelsang deb o'ylardim. Buni qarangki, Exeter shahri La Mansh bo'g'oziga ancha yaqin ekan.

Yana bir qiziqarli fakt: Britaniyaliklardan ular nafaqaga chiqqanlaridan keyin qaysi shaharda yashashni xohlashlari bo'yicha o'tkazilgan so'rovnomada Exeter top 3 talikda turar ekan. Buning sabablari ko'p bo'lib, shulardan asosiylari shaharda sog'liqni saqlash tizimi yaxshi yo'lga qo'yilganligi, insonlarda o'zini xavfsiz qilish darajasi yuqoriligi, shaharning yashil zonalarga boyligi va madaniy va ko'ngilochar maskanlarning ko'pligi bilan bog'liq ekan. 'Bizga ham shunisi ma'qul' deydiku.

O'qish bilan qanchalik vaqtim bo'ladi, hali buni bilmayman, lekin nasib qilsa eson omon borib, o'qishlarni boshlab olgandan keyin sizlarni ham u yerdagi hayot bilan ozmi-ko'pmi tanishtirib borish niyatim bor. Shu kunlarga yaratganni o'zi yetkazsin, duo qilib turing.
In IELTS writing task 2, your paragraphs ...
Anonymous Quiz
45%
must be four
47%
can be more than four
8%
must be five
Hayitov ELT | IELTS 8.0
In IELTS writing task 2, your paragraphs ...
ko'pchilik quizni o'qib ham o'tirmasdan tavakkal bosyabdi yoki writingda nechta paragraf qilish mumkinligi xaqida ko'p odamda noto'g'ri ma'lumot shakllangan.
Hayitov ELT | IELTS 8.0
In IELTS writing task 2, your paragraphs ...
Qanday holatda writing task 2da 4 ta paragraph va qachon 5 ta paragraph qilsak bo'ladi va buni writing scoreni ko'tarishda qanday afzalliklari bor. Shu bo'yicha bitta writing dars o'tib beraymi?
Kamida 60 ta 🔥 yig'a olsak, bitta zo'r dars bo' ladi.
Qalbga tushadigan narsalar uchga bo'linar ekan; xotir, vorid va hol. Qalbga tushgan noxush narsalar xotir, va yaxshi narsalar vorid va hol deb atalar ekan. Qalbdagi yaxshi narsa vaqtinchalik bo'lsa hol, agar u doimiyga aylansa, maqom bo'ladi. Bandaning amallari qalbidagi hollariga qarab bo'ladi. Hollar davomli bo' lib, maqomlarga aylanadi. Ammo hamma hol ham maqom bo'lavermaydi. Ba'zilari maqom bo'ladi. Qolganlari hol bo'yicha qoladi. Vaqtinchalik va tez zavolga uchraydigan sifat "xol"deyiladi. Sifat sobit bo'lib turib qolsa, "maqom" deyiladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning " Xislatli hikmatlar sharhi" kitobidan olindi.

PC Men shunday xulosa qildim, ilm olishimiz ham qachonki "maqomga" aylansa o'zimiz kutgandan ham ancha ziyoda natijalar bo'ladi.
Keling siz bilan qiziqarli va hozir qilmoqchi bo'lgan loyihalarimiz uchun foydali bo'lgan so'rovnoma o'tkazamiz.

Kanalimiz auditoriyasini asosan kimlar tashkil etadi? Faqat do'stlar judayam aktiv bo'lamiz✴️
Anonymous Poll
23%
Universitet talabalari🧑‍🎓
36%
Maktab o'quvchilari🧑‍🏫
21%
Maktab ustozlari 🧑‍💻
5%
Universitet ustozlari🧑‍💻
16%
Mustaqil izlanuvchi, talaba yoshlar
What is the best gift for a person working from home? Leave your Suggestions in the comments 💬
Hayitov ELT | IELTS 8.0
Qanday holatda writing task 2da 4 ta paragraph va qachon 5 ta paragraph qilsak bo'ladi va buni writing scoreni ko'tarishda qanday afzalliklari bor. Shu bo'yicha bitta writing dars o'tib beraymi? Kamida 60 ta 🔥 yig'a olsak, bitta zo'r dars bo' ladi.
Shu 1-2 kunda kanalda aktiv bo'lolmadim. Lekin ertaga tepada aytilgan darsni o'tamiz nasib bo'lsa. Reaksiyalarniyam joni qolmabtiku. Qovun tarvuz arzonlashib reaksiyalarni narxi ko'tarilib kettimi?
#KunSavoli
Nimaga gipermarketlar va metrolarda eskalatorlar o'zi tepaga olib chiqayotgan paytda ham odamlar oddiy zinadan chiqayotganday yurib chiqishadi?
Eng baxtli odamlar hozirgi kunda kimlar deb so'rashsa aytgan bo'lardim "eng baxtli odamlar bu uxlashdan oldin, va uyg'onishi bilanoq telefon titkilamayotgan odamlar" deb. Baxtlilar qoldimi o'zi?! 😊
"Bolla tayyormisila?! Bugun takoy, unikalni bitta dars bo'ladi writinga? Xali bunaqasi bo'magan!" 🤙 Postimni shunaqa boshlasam nimagadur o'zimni krutoy his qilyapman.
2024/12/25 07:10:14
Back to Top
HTML Embed Code: