Telegram Web Link
🏦 Ўзсаноатқурилишбанк ходимлари ўртасида бугун Тошкентдаги Шахмат Академияси биносида шахмат бўйича Анаъанавий “III СҚБ кубоги” турнири бўлиб ўтди.

Соврин жамғармаси 125 млн сўмни ташкил қилган турнирда эркаклар ўртасида Чирчиқ БҲМ ходими Шерзод Ташматов, аёллар ўртасида Қўнғирот БҲМ ходими Гулшира Скендеровалар ғолиб бўлди.

Турнирнинг “Гран-при” кубоги эса Шерзод Ташматовга насиб қилди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi boʻlish uchun uzoqni koʻra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddatli transformatsiyani bosib oʻtayotgan bank sohasi ham bugun bankirlardan ana shunday xislatlarni talab qilmoqda.

SQB tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan shaxmat birinchiliklari bank xodimlari oʻrtasida kelgusida kuchli strateglar yetishib chiqishiga poydevor boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz!
Forwarded from SANOAT QURILISH BANK
“Oʻzsanoatqurilishbank” kichik va oʻrta biznes hamda chakana biznes yoʻnalishida Oʻzbekistondagi eng yaxshi bank deb eʼtirof etildi 🥳

Batafsil sqb.uz saytida 🤩
———————
«Узпромстройбанк» был признан лучшим банком Узбекистана
в области малого и среднего бизнеса и розничной торговли 🥳


Подробности на сайте sqb.uz 🤩
Xodimimiz Behzodxon Alixanov dunyoning bir qancha nufuzli universitetlarida, xususan

👨🏻‍🎓Garvard universiteti (ARWU reytingida 1-o‘rin)
👨🏻‍🎓Kornell universiteti (12-o‘rin)
👨🏻‍🎓 Jons Xopkins universiteti (16-o‘rin)
👨🏻‍🎓London Universitet Kolleji  (ARWU reytingida - 17-o‘rin, QS-9-o‘rin),
👨🏻‍🎓Melburn universiteti (ARWU - 35-o‘rin, QS - 13-o‘rin)
👨🏻‍🎓Edinburg universitetida (38-o‘rin)
tahsil olish sharafiga ega bo'ldi.

Behzodxon Garvardning "Tajribali mutaxassislar uchun davlat boshqaruvi magistri" (Executive Masters) dasturida oqishni boshladi.

Bunga qadar, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda departament direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan va shu bilan birgalikda bankni xususiylashtirishga tayyorlash va xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mas’ul xodimlardan biri bo‘lgan.

Biz xodimimiz bilan faxrlangan holda uni ana shunday yutuq bilan yana bir bor tabriklaymiz!

Xayotingizdagi yangi qadam Sizga katta muvaffaqiyat va quvonch keltirsin! Yangi bilimlar keng imkoniyatlarga yoʼl ochsin!

💙🤍❤️

Сотрудник нашего Банка Бехзодхон Алиханов поступил в несколько престижных университетов мира, в частности:

👨🏻‍🎓Гарвардский университет (1 место в рейтинге ARWU)
👨🏻‍🎓Корнельский университет (12 место),
👨🏻‍🎓Университет Джонса Хопкинса (16 место)
👨🏻‍🎓Университетский Колледж Лондона (ARWU - 17 место, QS - 9 место)
👨🏻‍🎓Мельбурнский университет (ARWU - 35 место, QS - 13 место)
👨🏻‍🎓Эдинбургский университет (38 место).


В настоящее время Бехзодхон начал обучение по программе "Магистр государственного управления для опытных профессионалов" (Executive Masters) в Гарвардском университете.

До начала обучения он занимал должность заместителя директора департамента в АКБ «Узпромстройбанке» и был ответственным сотрудником в области предприватизационной подготовки Банка, а также отвечал за вопросы расширения сотрудничества с иностранными банками.

Мы гордимся нашим сотрудником и поздравляем его с великолепным достижением!

Бехзодхон, пусть новый этап в Вашей жизни принесет Вам большие успехи! Пусть новые знания откроют путь к широким возможностям!

♥️Instagram
♥️telegram
♥️facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi.

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi.

Lohiha SQB hamda Toshkent shahridagi Singapur menejementni rivojlantirish institutining o’zaro hamkorligida ishlab chiqilgan bo’lib, unda joriy yil so’nggiga qadar 700 nafardan ziyod xodimlarni o’qitish maqsad qilingan.

O’quv jarayonlariga nafaqat mahalliy balki xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinadi. Intensiv kurslarda faol qatnashgan, o’zlashtirish natijalari yuqori bo’lgan xodimlarning ilg’or xorijiy moliya muassasalarida amaliyot o’tashi ham rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#lider_ayol

“Lider ayol” loyihasi doirasidagi ilk haftalik o’qish o’z nihoyasiga yetdi👩🏻‍💻

Singapur menejmentni rivojlantirish institutining Kampusida go'zal xotin-qizlarimiz biznes tahlil, yetakchilik kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi😍

Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari do'stlar orttirish va o'qish jarayonida ma'naviy hordiq chiqarishga ham muvaffaq bo’ldilar🥰

Dastur doirasida toza havoda miriqib dam olish, suzish, tennis va boshqa sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish, kinoteartga tashrif buyurish va yana ko'plab qiziqarli mashg’ulotlar kiritilgan🤓🎥

♥️Instagram
♥️telegram
♥️facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston bank tizimi tarixida birinchi marotaba Reg S va 144A formatlarida London fond birjasining asosiy bozorida AQSH dollari va oʻzbek soʻmida bankning navbatdagi xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi.

Xalqaro obligatsiyalarining Reg S va 144A formatida joylashtirilishi nafaqat Yevropa, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan ham yangi investorlarni jalb qilish boʻyicha yangi marrani zabt etishga imkon yaratdi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 12-16-iyul kunlari Morgan Stanley (boshqaruvida 5,4 trln dollar), Fidelity (4,9 trln dollar), Goldman Sachs Asset Management (2,7 trln dollar), Amundi (2,8 trln dollar), LGIM (1,2 trln dollar) kabi 60 ta nufuzli investorlar bilan muzokaralar olib borildi.

Taqdimotlar va muzokaralarda Bank rahbariyati tomonidan investorlarga respublikamizdagi ortga qaytmas iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimi va Bankning undagi oʻrni hamda asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 ta davlatdan 70 dan ortiq investorlar tomonidan jami 900 mln dollardan ziyod takliflar kelib tushdi. Shundan umumiy 400 mln dollar va 2,25 trln soʻm miqdorida mablagʻlar jalb qilindi.

Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar — xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirishdan kelib tushgan mablagʻlar Bank mijozlarining istiqbolli “yashil”, barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan 2019-yilda Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro kapital bozorida korporativ qimmatli qogʻozlar, 2023-yilda esa Oʻzbekiston banklari orasida birinchi “yashil” obligatsiyalar joylashtirilgandi.
“SQB Zakovat” 3-fasliga start berildi💪

💙🤍❤️

Стартовал 3-сезон “SQB Zakovat”💪

♥️Instagram
♥️telegram
♥️facebook
2024/10/01 16:29:16
Back to Top
HTML Embed Code: