Telegram Web Link
Bir kitob boshlagandim. Zerikib ketdim. Mundarijasini o'qib chiqdim (rasmda). Keyin shu kitobni oxirigacha o'qimaslikka qaror qildim.
@Fwriter
Popcorn + kino.

Kingsman kinosini ko'rishni boshladim. Yaxshi kinoga o'xshaydi)
@Fwriter
Forwarded from Freedom writers
#talim

Eng yomon ko'rgan narsam bu - qog'ozbozlik. Shuning uchun o'qiyotgan yo'nalishimda meni o'qituvchi qilib tayyorlasa ham, men o'qituvchi bo'lish niyatim yo'q. Hozirgi kunda o'qituvchi qog'ozbozlikka ko'mib tashlangan. Bundan tashqari o'qituvchining "obro'si"ni ijtimoiy tarmoqda ko'rayotgan bo'lsez kerak?! Majburiy mehnatda ishlaydi-da, qo'rqqanidan "o'z xohishim bilan chiqqanman" deydi.

Bekorga gapni qog'ozbozlikdan boshlamadim. Hozir konspektlar haqida gapirmoqchiman. Kimdir konspektni har qanday ta'lim tizimida eng muhim narsa deb o'ylaydi. Aslida bizni ta'lim tizimimizni botqoqlikka botirayotgan sabablardan biri bu - konspekt. Shunchaki qog'ozbozlik. Maktab o'quvchilar uchun "dars qilish" so'zi "konspekt qilish" so'zi bilan sinonim bo'lib qolgan. Konspekt bir tomondan to'g'ridir. Lekin konspekt tushinchasi bizda boshqacharoq. Konspekt deganda biznikilar "kitobdan eng muhim joylarini daftarga kamida 1 varaq qilib ko'chirish" tushinishadi. Aslida esa (menimcha), inglizcha "concept" so'zidan (inglizlarga esa lotincha "conceptus" so'zidan kirib kelgan) so'zidan olingan va ma'nosi: "tushincha", "g'oya" degani. Avval kitobni o'qib keyin tushincha yozilishi kerak. Bu bir tomondan foydali. Agar har bir kishi o'z fikrini yozsa (yoza olsa), fikrlash doirasi kengayadi. Hech bo'lmasa ikki qator bo'lsa ham o'z fikrini yozish kerak. Lekin o'qituvchilar ma'lum bir (masalan, 1 varoq) hajmni norma sifatida belgilashadi. Shundan keyin o'quvchi kitobdan ko'chirishga majbur bo'lishadi. Ishoning 1 varoq o'z fikrini yozish oson ish emas. Masalan, men mana shu kanalga yozib turaman. O'quvchilar ham qayergadir, hech bo'lmasa ikki qator o'z fikrini yozish foydali hisoblanadi. Lekin bizda konspekt qilishning bu qoidasiga o'qituvchilar ham, o'quvchilar ham amal qilishmaydi. O'qituvchi konspektni o'qimay faqat varoq sanaydi. O'quvchilar esa o'z fikrini emas, kitobdan yozishadi.

Amal qilinmas ekan, bizga bunaqa konspektni umuman keragi yo'q. Balki olib tashlash kerakdir konspektni ta'lim tizimimizdan. Ba'zan o'quvchilar konspekt qilishi bilan kitob yopiladi. Qayta ochilmaydi. O'qilmaydi. Konspekt - shunchaki vaqtni oladigan qog'ozbozlik bo'lib qolayapti. Yanayam IMHO.

Kanalga ulanish 👉 @ijtimoiynigoh
Freedom writers
#talim Eng yomon ko'rgan narsam bu - qog'ozbozlik. Shuning uchun o'qiyotgan yo'nalishimda meni o'qituvchi qilib tayyorlasa ham, men o'qituvchi bo'lish niyatim yo'q. Hozirgi kunda o'qituvchi qog'ozbozlikka ko'mib tashlangan. Bundan tashqari o'qituvchining…
Aynan shu postni o'tgan yili yozganman. O'sha paytlari hech kim e'tibor bermagan. E'tibor berganlar ham o'zim qatori talabalar bo'lgan. Bu yil prezident shu gapni aytdi. Hamma joyda shov shuv: "Vauv, zo'r muammo ko'tarildi" tam shunga o'xshash bla, bla, bla. Vey, qachongacha prezidentni og'ziga qarab yashaysizlar. Bilasizku shuncha muammoni. Prezident aytmasa, o'sha muammo yechilmaslik kerakmi? Mana kecha bir yig'ilishda "ta'lim dargohlarida tanaffus payti musiqa qo'yilsin. Bu foydali..." Shunga o'xshash nimadurlar dedi. Bir yarim yil oldin bir necha talaba bo'lib rektor bilan uchrashuvda aynana shu narsani taklif (talab) qilib chiquvdik. Mana ko'rasizlar, keyingi o'quv mavsumidan boshlab hamma universitetda bo'ladi bu musiqa. Darslardayam qo'yib beradi. Darslar musiqa, qo'shiq bilan ham o'tib ketishi mumkin. Bular "mana" deb ortig'i bilan qivoradi. Har doim tepadan kelgan buyruqni qilasizlar. Sal pastgilarning ham taklifini eshitib ko'ringlar. Norm takliflar bo'ladi pastdayam. Tepaga qarab yuravermang. Pastda tosh posh bo'lib qoqilib tushmang deymanda.

@Fwriter
Forwarded from .
Qara senda qo'shimcha 20 soniya bor ekan. Unumli ishlat bro sòkib olishga yetadi aniq bu vaqt! Faqat aniq, aniq sòk tutilmay!

@toshoyna_uz
Erkaklar lyuboy sohada bir bosh ustun. Odatda ayolni pazanda deb bilamiz. Lekin ko'p holatda eng katta restaranlarda bosh oshpaz erkak kishi bo'ladi.
@Fwriter
Haqiqat va tibbiyot birga yurolmaydi
@Fwriter
Yoshligimda eng zo'r o'yinchoq tayoq edi. Xohlasam, qilich qilib, xohlasam miltiq, boshqa payt kamon qilib o'ynardim. Eshagim ham, otim ham o'sha tayoq edi
@Fwriter
www.pdfdrive.com inglizcha kitoblarni bepul topsa bo'ladigan sayt.
Toshkentga yaqindan boshlab borganlarga rasm tushib glavniga (yo istoriya) qo'yish uchun bittagina joy bor. Toshkentga borganini isbotida bu)
@Fwriter
"Qizlar shunaqa bo'lsa, bir umr toq o'taman" deydigan bollar 2 tasiga uylanaman degan ma'noda aytgan bo'lishiyam mumkim
@Fwriter
Messi baribir Barsadan ketishi kerak
Putin Baydenni tabrikladi. Endi bizam tabriklasak bo'ladi
Eng qiyini nasroniylarga bo'lgan. Ular qirg'inni "O'ldirma" amri bn yarashtirishi kk edi. Eng kulgilisi, "Hukumdoring o'ldirishni buyursa, shunda o'ldirish gunoh emas" degani bo'lgan.

© Geo

To'liq ko'ring 👇
https://youtu.be/tewcUaD3LJU
Freedom writers
#online_dars Qachonki qishlog'imizga Wi-Fi optik simlari yetib kelsa, men online darslarimni qilishni boshlayman. P.s. Men Wi-Fi simi kelishidan ko'ra qizil qor yog'ishiga ko'proq ishonaman. Shuning uchun qizil qor yoqqanda demadim😁. @Fwriter
Qishlog'imizga 👆 mana shu wifi optik simlari keldi.

P.s. Qizil qor o'zidan oldin kelgani uchun optik simlardan xafa bo'lib qoldi.
_____________________________

These wifi optical cables came to our village.

Red snow upset from the cables. Because Cables came before red snow.

@Fwriter
"Inception", "Coma", "source code", "Tenet", "Predestination", "Interstellar"

Bu kinolarni aynan shunday ketma ketlikda ko'ring. Bir kunda bittadan. Bo'lmasa, aqlizga sig'dirishiz qiyin bo'lib qoladi.

________________________________

"Inception", "Coma", "source code", "Tenet", "Predestination", "Interstellar".

Watch these 👆 movies in such order. Watch only one movie a day. Otherwise, it becomes hard to fit into your mind
Ushbu kun bayram muborak qadrdon qariyalar,
"Esli-xushli" deb aytsam gar sal yolgʻon qariyalar)

Soʻnggi paytda jim-u jim, kim kimligin bilmaydi, kim
Guruhga yozmoq uchun uyalgan qariyalar.

Ancha boʻldiki, tanishmiz virtual yoxud real
Tan olarman, yaxshi jonlar yigʻilgan "Qariyalar".

Bir uchi Chust, bir uchi joʻshqin Amu boʻlsa-da,
Oʻrtasida Zomin-u, Jizzax, Nishon qariyalar.

Narpay-u Urgut, Poyariq yo Nasaf yoki jahon,
Bir biriga iltifoti bir jahon qariyalar.

Yangi yil kelmoqda asta, yangi oʻylovlar bilan,
Oqibat oʻrtada boʻlsin bir mudom qariyalar!

Sheʼrni bitdi panjshanbada oqil Kamol qariya,
Hurmatin saqlab siz uchun, qadrdon qariyalar.


© Kamoliddin (@nomsiz_nomalar kanali admini)
Европада жойлашганимизда Ўзбекия бўлардик, балки)
2024/09/26 18:11:15
Back to Top
HTML Embed Code: