Telegram Web Link
Forwarded from ReBorn
#shaxsiyatni_rivojlantirish

Mana hayotimizning yana bir kuni davom etmoqda va yakuniga yaqinlashmoqda. Kimdir ishda,kimdir o'qishda,kimdir uy ishlari bilan charchab endi dam olishga chog'lanyapti. Keling aynan hozir, mana shu onda postni o'qishni davom ettirmasdan quyidagi savollarga javob beraylik:
- Men baxtlimanmi?
- Men erkinmanmi?
Javob topdingizmi? Javobingizdan qoniqmadingizni? Balki kimlardadir bitta savolga ijobiy bittasiga esa salbiy javob bordir? Agar shunday bo'lsa siz baxtli emassiz! Bunga asosim bor. Chunki baxtli inson erkin inson bo'ladi. Erkin inson esa baxtli. Ikkalasi doim yonma-yon. Agar siz baxtli bo'lsangiz-u erkin bo'lmasangiz baxtliligingiz shunchaki sarob. Yoki teskarisi, siz erkin bo'lsangiz-u baxtli bo'lmasangiz,demak siz erkin emassiz. Baxtlilik va erkinlik bu bir-biridan ajratib bo'lmaydigan tushunchalardir xuddi Siam egizaklari kabi. Shunday qilib shaxsiy rivojlanish haqidagi birinchi mavzuyimiz #erkinlik. Keyingi postda erkinlik haqida ma'lumot olamiz. Ishonchim komilki bu siz o'ylagan erkinlik emas. Bu haqiqiy erkinlik. Bizni kuzatishda davom eting.

Think different♻️ with @re_born
Zo'r qaror bo'libdi. Med kollejlar endi tibbiyot texnikumi bo'larkan va o'sha texnikumlarni bitirganlar o'qishni Tibbiyot oliygohlarida o'qishni 2-kursdan boshlashar ekan. Aslida, 2 yo 3 yil biologiya yo kimyo o'qib tibbiyot oliygohiga kirgan abituriyentdan, 3 yil amalda nimadir qilgan o'sha kollej talabalari yaxshiroq, menimcha. 3 yil kollej amaliyoti yoki o'qishi bilan bo'lib oliygohga kirishga tayyorlana olmasdi kollej talabalari. O'qishga kirolmagandan keyin 3 yilgi bilim bilan har xil joylarda medsestra bo'lardi yo diplomi, shunchaki, chang bosib yotardi.
@Fwriter
Asrga tatigulik yil bo'lmoqda:

AQSH-Eron majorosi

Avstraliyadagi yong'inlar

– Insoniyatni har ko'yga solayotgan Koronavirus.

– Chernobilda radiatsiya miqdorining oshganligi

– Aprel oyida qor yog'ishi.

Ko'ramiz ona tabiat bizga yana qanday "Syurprizlar" tayyorlab qo'ygan ekan
@Fwirter
Agar bu dunyoda maqsad uzoq yashash bo'lsa, zararli ishlarni qilmaslik va boshqalarga tirik qolishi uchun yordam berishni odat qilish kerak. Bu chiroyli odatni daraxtlargina yaxshi eplayapti
@Fwriter
Erkinlik bu xohlagan narsani qilish emas. Haqiqiy erkinlik o'zing istamagan narsani qilmaslikdir.
@Fwriter
Svet o'chdi. Shunaqa sovuqda hech bo'lmasa tokni o'chirmay turishsa bo'lardi, gaz bo'lmagamdan keyin. Shu payti soat 2:53 da hamma uxladi deb o'ylagandir-da tokda ishlaydiganlar. Hay, chidaymiz endi.
@Fwriter
Bahorgi qorbobo! Bitta ko'zi tushib qolishining sababi ham shu.

© Photo taken by Ma'ruf (myself)
@Fwriter
Karantinda fotograflik qobiliyatimni sinab ko'rdim. Birinchisiga yomonmas, shekilli.

P.s. Osmon ja musaffo bo'lmasayam chiroyli ko'rinarkan
©Photos taken by Ma'ruf (myself)
@Fwriter
Bolalarni "bola", "bolakay" deb chaqirish normal holat. Lekin Qari kishilarni "qari" deb chaqirish g'alati bo'lib qoladi.
@Fwriter
Bolalar katta bo'lishni xohlaydi. Chunki ular erkin bo'lmoqchi bo'lishadi. Kattalar esa bola bo'lishni xohlaydi. Chunki ular erkin bo'lmoqchi bo'lishadi.
@Fwriter
​​Бир йилча олдин Хайрулла Ҳамидовнинг «Илдиз» лойиҳасида интервью берган Усмон Азим қизиқ ва жуда муҳим фикрни илгари сурганди. Худойберди Тўхтабоев ва Анвар Обиджон каби адибларни алоҳида эъзозлаш кераклигини таъкидлар экан, Усмон Азим бунинг сабабини қўйидагича изоҳлаган:

- Айнан болалар адабиётида ижод қиладиган ёзувчи ва шиорларнинг ўрни бошқача. Чунки уларнинг асарлари туфайли, инсон болалигидан китобга ошно тутинади. Китобхонларнинг пайдо бўлишида бу жуда аҳамиятли.

Ҳақиқатан ҳам, одатда, севимли ёзувчилар ҳақида сўралганда каттароқ фикр юритгандек бўламиз, Айтматов деймиз, Маркес деймиз, худдики юқорида номлари тилга олинган болалар адибларининг асарлари анча жўн, содда кўринади. Аммо бу асарлар бизнинг биринчи муҳаббатимиз каби жуда қадрли, ҳаммамиз Хошимжонни, Мешполвонни, Том Сойерни ўқиб катта бўлганмиз. Агар бу қаҳрамонлар, бу ёзувчилар бўлмаганда, ким билади, биз бу сеҳрли оламга, китобхонликка кирармидик ёки йўқ.

Аслида анча содда кўринган, оддий воқеаларни ёзиш янада қийин, ёш болалардек беғубор фикрлаш, воқеаларга улардек қарай олиш, хуллас болаларни қизиқтириш осон иш эмас. Ахир Маркеснинг асарини бир китобхон қўлига олади, Анвар Обиджонни эса, балки, илк бор қўлига китоб ушлаб турган болакай... Маркес ёқмаса, ирғитиб, бошқа китобга ўтилади, Анвар Обиджон эса, ўша янги ўқувчини шу оламда олиб қола билиш керак Масъулият каттароқ.

Хуллас. Болалигимизнинг яна бир бўлаги бизни тарк этди. Ўзбекистон халқ шоири Анвар Обиджон вафот этди.

Битта шоир камайса нима,
Чарх яратар бошқа нусхасин.
Чўкиб кетса тўфонда кема,
Пишиқроғин ясар устаси.

Тўфонлардан сесканма, қалбим,
Қайиқлардек сузма қирғоқлаб.
Кемаман деб уммонга талпин,
Юз балога ўзингни чоғлаб.

(с) Анвар Обиджон.

Инна лиллаҳи ва инна илайҳи рожиъун.
Menga G'afur G'ulomning "Vaqt" she'ri yoqadi. Juda zo'r yozilgan. Qayta qayta o'qiyman har doim. O'sha she'r maktab darsliklarida qirqib, o'zgartirib berilgan. Buni Vatanga muhabbatni sun'iy oshirish deb bilaman. Vatanga muhabbat aslicha bo'lishi kerak. Kimlarningdir ishini o'zgartirib ko'rsatish orqali emas. Yoki bu she'rni o'zgartirish orqali kimlarnidir yaxshi ko'rsatish bo'lishi ham mumkin. Men bu o'zgarishlar bo'lmagamda ham shoirning mahoratiga tan berardim. Nima bo'lgandayam shoirning asl she'ri asliligicha qolishi kerak edi. Quyida esa o'sha she'rning aslini keltiraman. Qavs ichida o'zgartirilgan varianti bilan

Vaqt (G'. G'ulom)

G’uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olgulik muddat –
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.

Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.

Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam - qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.

Yigit termiladi qizning ko‘ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo‘sha qarimoqqa muhr bo‘ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.

Bebaho damlarning tirik joni biz,
Har oni o‘tmishning yuz yiliga teng.
Barhayot Lelinning avlodlarimiz,
(O'zbekning barhayot avlodlarimiz)
Har nafas mazmuni fazolardan keng.

Qatrada osmon aks etganidek
Jahonday ma’nodor qorachig‘imiz.
G’olib asrimizga quyoshdan mash’al,
Zamon ko‘rasining so‘nmas cho‘g‘imiz.

Kreml kuranti zang urar mudom,
(Zamona soati zang urar mudom,)
Minglab hodisalar minutlarda qayd;
Qahramon tug'ildi shahar olindi,
Bir gigant qurildi sharafli bu payt

Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in
Qadashda otilgan sovetning o‘qi –
(Qadashda otilgan adolat o'qi)
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.

G’alaba amri-la, mag‘lub nemisning
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o‘qir
Million yil fashistning umriga lan’at.

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin.

Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.

Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy..
@Fwriter
#foto_time

Shvetsariya, Chillon saroyi
@Fwriter
Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 million 920 ming kishini tashkil etayapti (Qariyb 2 mln!!!). Vafot etganlar soni esa 120 mingga yaqinlashdi. Iloji boricha karantin qoidalariga amal qiling!
#vahimalivirus
#vahimasizkarantin

@Fwriter
Forwarded from BEMA'NAVIYAT
⭕️ #biroz_mushohada

Ushbu maqolamni o'qib meni dinsizlikda ayblashingiz mumkin. Bu sizning shaxsiy fikringiz. Lekin unutmang dinning asl mohiyati boshqa. Muslima va yo musilmon ko'rinishni emas, xuddi shunday bo'lishni eplash kerak. Men musulmonman shu sabab bunday ishlarga ko'z yumib turolmadim. Nima demoqchi ekanligimni maqola orqali bilib olasiz.

@bemanaviyat

https://telegra.ph/Soxta-muslimalar-01-27
2024/09/27 07:36:00
Back to Top
HTML Embed Code: