Telegram Web Link
#odat

Telefonda gaplashayotganda yoki telegramda yozishayotganda "Qayerdasan" deyish hammamizga odat bo'lib qolgan. Hozirgi holatda bu savol g'alati tuyilayapti.
@Fwriter
​​​​Mening bobom buyuk odam. U ikkita jahon urushida qatnashdi. Juda katta qiyinchiliklarni mardonavor yengib o'tdi. Keyin charchadi. Kompyuterni o'chirib uxladi.
#kelajak

@Fwriter
Forwarded from Freedom writers
Bir birimizga mehr-oqibatli bo'lish unchalik qiyinmas, aslida. Ko'pincha bitta chin dildan aytilgan shirin so'z yo, shunchaki, tabassum bilan qarashning o'zi kifoya. Kimdir sizga hech bir sababsiz tabassum bilan qarasa, qanchadir vaqt yaxshi kayfiyatda yurasiz. Men esa sizlarga chin dildan bir gap aytaman:

Juma muborak, azizlar.
Janubiy Koreyada koronavirusni to'g'ridan to'g'ri aniqlash uchun ko'chalarga kabinalar joylashtirilmoqda.
@Fwriter
#4ungan_4undi

U yoshligida ko'rgan narsasiga teginmasa ko'ngli joyiga tushmas, hamma narsaga bir teginib ko'rardi. Shu odati katta yigit bo'lganda ham qolmadi. Keyin u inyazga o'qishga kirdi...

@Fwriter
Ko'zi minusga o'tganlar o'zini ko'ziga mos ochki bilan hayotni Full HD (4K) formatda ko'radi. Ochkisiz esa portret rejimiga o'xshab qoladi.
@Fwriter
Men ham hayronman
@Fwriter
#bedorlik

Ba'zan o'z hissiyotlarimizni yashirishga harakat qilamiz. Lekin o'sha payti ko'zlarimiz ham gapira olishini unutib qo'yamiz

@Fwriter
#bedorlik

"Hozir u ham uxlamayotgandir, balki" degan yaxshi gumonda bo'lishga harakat qilaman. Aslida esa aksi bo'lish ehtimoli yuqori
.
@Fwriter
#bedorlik

U sekin yurgani uchungina men ham sekin yurishga harakat qilardim.
@Fwriter
#salom

Yoshligida urishib qolib keyinchalik chinaqayi bilan yarashib olganlar, hayrli tong!
@Fwriter
#nazm

ESHITYAPSANMI...

Oliygoh....
Ma’ruza...
Eshityapsanmi?
Orqa partadagi yurak zarbini.
Sen ilk bor o‘rganding shu ma’ruzada
Ulkan muhabbatning kichik harfini.

Qizlarning shovqini...
Yigitlar so‘kar,
Bular - ikkimizdan begona dunyo.
Ular boshqa guruh bo‘lib o‘qiydi,
Boshqa guruhdamiz ikkimiz go‘yo.

Partalar oralab sinfxonaning
Shovqinida suzar sezilmas sevgi.
Manavi nigohga qarab to‘ymayman,
Sekin jilmayadi.
Bu qanday belgi?

Dars esa davomlar...
Yoz, chiz va tingla....
Norizo ovozi keldi ustozning.
Bir onda o‘zgardi shundoq manzara,
Men esimdan og‘dim...
Sen esa yozding.

Darslar tugab ketdi....
Tanaffuslar ham,
Sog‘inchlarning oxir keldimi gali?
Saboqdoshlar ham yo‘q.
Sen ham uzoqda.
Qanisan jonajon ma’ruza zali?

Oliygoh...
Ma’ruza...
Eshityapsanmi?
Orqa partadagi yurak zarbini?

Xurshid Abdurashid
@Fwriter
​​#rostda

"Ko'cha – hayot. Ko'cha – sistema", - deydigan ko'cha bollari ko'chaga chiqolmay qolishdi, afsus
.
@Fwriter
Forwarded from BEMA'NAVIYAT
-2147483648_-224538.jpg
8.5 KB
Online ta'lim haqida bir og'iz so'z. Hurmatli mutasaddi rahbarlar, internetimiz ishlamayapti-ku, qanday online ta'lim haqida gap bo'lishi mumkin? O'qituvchilarimiz jo'natayotgan videolarni ochish uchun ham tezlik kerak. Shuncha odamning mehnatini birgina internet tezligimiz xalta qilib qo'ymoqda

O'ylaymanki, muhtaram koronavirus, bizning 10 yildan beri har dekabr 10 barobar tezlashayotgan internetimizni bir tepib 100 barobar tezlashtirib qo'yar.

Shu joyiga yanada "shirin" gaplarim bor edi-ya, ha mayli, kanalda qizlar ham bor. Men uztelecomni hurmat qilmasam ham kanalimdagi qizlarni hurmat qilaman.

@bemanaviyat
"G'arbga sayohat" multserialini ko'rib katta bo'lganlar, hayrli tong!
@Fwriter
#savol

Rasmdagi ikkita ot qaysi tomonga qarab turibdi
.
@Fwriter
Forwarded from Freedom writers
Har bir davr, asr ulkan voqealari bilan eslanadi. Afsuski, odatda, o'sha ulkan voqealar urushlar hamda janglar orqali eslanadi. Misol tariqasida, o'tgan asrning birinchi yarmi ikkita "Jahon urushi" orqali, ikkinchi yarmi esa "Sovuq urush" orqali eslanadi. Voqealar unga taqqoslanadi. Biron bir voqea bo'lsa "2-Jahon urushidan falon yil oldin" yoki "Urushdan falon yil keyin" deya eslanadi. O'sha davrlarda juda ko'p kashfiyotlar bo'lgan. Lekin voqealarni hech kim o'sha kashfiyot yiliga qiyoslab aytmaydi. Aslida, o'sha kashfiyotlar yilini bilmaymiz ham. O'rta asrlarni "Uyg'onish davri" ikki bo'ladi. Lekin, o'sha davrlar ham "Buyuk ko'chish"dagi janglar, "100 yillik urush", "Salib yurishlari", "Anqara jangi" hamda shunga o'xshash janglar-urushlarga nisbatlab eslanadi. O'rta asrlardan keyingi davrlar esa mustamlakachilik urushlari bilan eslanadi.

XXI asr-chi? Bu asrda fan-texnika sohasi eng yuqori cho'qqiga yetdi. Bu asrning choragi ham tugamasdan insoniyat sanab adog'iga yetib bo'lmaydigan darajada kashfiyotlar qildi. Ushbu asrning 20-yili kirib kelmasdanoq texnologiyaning 5-avlodi 5G yaratildi. Lekin, katta ehtimol bilan, odatdagidek, kelajakda 21-asr boshlari bu texnologiyalar bilan eslanmaydi.
Bu davrda ham urushlar bo'layapti. Bu davrda, asosan, ichki, fuqaroviy urushlar bo'lmoqda. Ba'zan davlatlar o'rtasida ham janjallar orqali urushlar bo'ldi. Lekin, katta ehtimol bilan 21-asr o'sha urushlar orqali eslanmaydi. Endi ushbu asrni eslatib turadigan 21-asrning o'z "Urushi", o'z "Jangi" bor. Bu urush aynan hozir bo'layapti. Bu urushda qandaydir odamlar guruhi boshqa odamlar guruhiga qarshi jang qilmayapti. Bu urushda butun insoniyat ko'rinmas dushmanga qarshi kurashmoqda. Har bir davlat bu dushmanga qarshi jangda bir xil yo'ldan bormoqda. Bu Koronovirus bilan jang. Katta ehtimol bilan, 21-asrni aynan shu narsa bilan eslashadi. To'g'ri, Jahon urushidagidek odamlar qurbon bo'lmadi. Lekin bu ko'rinmas dushman butun insoniyatni emaklatayapti. Misli ko'rilmagan darajada qurollarga ega davlatlar ham eplolmay qolayapti. Har bir urushning o'z askarlari bo'ladi. Bu urushning askarlari harbiylar emas. Bu urushda doktorlar, meditsina xodimlari askar vazifasini bajarmoqda. Xitoyning Uxan shahridan doktorlar g'olibona chiqib ketishdi. Harbiylar ularni olqishlagan holda kuzatib ao'yishdi. Siz bilan biz bu narsani "jonli efir"da ko'rayapmiz. Bu voqealar haqida romanlar, she'rlar yoziladi, kinolar olinadi. Kelajda esa hozirgi davrdagi voqealar ushbu koronavirs tarqalgan yili deb eslanadi. iPhone 11 yo Galaxy 20 chiqqan yili deb emas. Hozircha, siz-u bizdan talab qilinadigani uyda o'tirib duo qilish hamda voqealar rivojini kuzatish.
@Fwriter
#salom

Uydagi ishlar tugab qoldimi?
Hayrli tong

@Fwriter
Bu maskada yuraversa, qishlag'ni qizlariyam oqarib ketarkaney.
@Fwriter
2024/09/27 09:25:32
Back to Top
HTML Embed Code: