Telegram Web Link
"National geographic"ning instagramdagi rasmiy sahifasida Samarqanddagi Registon maydoni rasmi.

Ma'lumot uchun: bu sahifani 132 million kishi kuzatadi.
@Fwriter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mentalitet

2020-yil 15-mart soat 19:20 lar atrofi. Viloyatlarga avtobus uchun navbatga turishibdi. Bu navbatga turish ham emas, aslida.
@Fwriter
Sun'iy, sababsiz narx oshirilganini ko'rsez (71) 244 98 98 raqamiga telefon qilib xabar bering. Haqiqatda nazoratga olishadi. Men kecha telefon qilib viloyatga qatnaydigan taksistlar narxni sun'iy 2-3 barobarga ko'tarib yuborishayotganini xabar qilgandim. Ro'yhatga oldi. Uy manzilimgacha so'radi. Natijani pochta orqali yuborish uchun. Bu qanaqadir "kazyollik" emas. Bunaqa noinsoflikni shunaqa qilib jilovlash mumkin. Bunday noinsoflikni din ham, qonun ham qoralaydi.
@Fwriter
Muxlisa PARDABOYEVA
Uje, Toshkent bo'shab qoldi. Har doim ippadromga tiqilinch ketadigan avtobuslardan birida 4 kishi ketyapmiz. Ko'chalar ham tinch. Mashinalar kam. Bizni tabiatimiz, ob-havomiz ham ozgina dam oladigan bo'ldi.
@Fwriter
Uyga ketyapman. Avtobusda. Har bir avtobusdagilarga maska olish majburiyligi aytilmoqda. Oddiy 500 sumlik maskalar 5000 yo 4000 dan o'tkazildi. Menda maska bor edi. Ular nima asosida ushbu maskalarni sotayapti ekan? Xujjati bormikan? Nega bunaqa payti xalqdan foydalanib qolishga harakat qilishadi? Shunaqa millatmizmi? Nega bir birimizni qo'llay olmaymiz? Xitoy nimaning evaziga bu virus ustidan g'olib chiqayapti? Albatta, birdamlik evaziga. Ular birlasha olishdi. Biz-chi? Shunday qolamizmi? Bir birimizdan foydalanib yuraveramizmi? Xulosa, o'zingizdan. Alloh barchamizni o'zi asrasin
@Fwriter
Butun dunyoda futbol o'yinlari bekor qilindi. Lekin bizni qishloqdagi futbol o'yinlari hali ham davom etmoqda.
@Fwriter
Haqiqiy ona mehri jonzot tanlamaydi. Hayvonmi yo insonmi farqi yo'q. Bu rasm ona mehri ("a mother's love") deb nomlangan. Ba'zi (inson) onalar o'z farzandini suvga tashlab yuborayotgan bir paytda, bu hayotiy rasm o'zgacha ta'sir qilarkan.
@Y_olam
@Fwriter
Forwarded from Hilol Nashr
#Yangilik #vahimasizkarantin #hilol_ebook

Hilol eBook дастурида барчаси бепул!

Бисмиллаҳир роҳманир роҳийм!
Азиз юртдошлар, муҳтарам ватандошлар, диндош биродарлар! «Hilol-nashr» матбаа-нашриёти юртимизда карантин эълон қилингани муносабати билан Hilol ebook дастуридаги барча электрон ва аудио китобларни бир ой давомида бепул тақдим қилади.

«Hilol eBook» қандай дастур?

«Hilol eBook» электрон ва аудио китоблар дастури бўлиб, ушбу дастур орқали шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг барча китобларини юклаб олиб, ўқиш мумкин. Шунингдек, дастурдан Тоҳир Малик, Аҳмад Муҳаммад Турсун каби муаллифларнинг 300 га яқин электрон ва аудио китоблари ўрин олган.

«Hilol eBook» дастуридан дунёда энг кўп тарқалган Android, iOS, Windows, Mac ҳамда Linux (Ubuntu) операцион тизимларда ишловчи жиҳозларда фойдаланишингиз мумкин. Таъкидлаш жоизки, «Hilol eBook» дастури мазкур 5 та операцион тизимда ҳам баравар ишловчи Ўзбекистондаги биринчи дастурдир. Дастурда электрон китобларни кирилл ҳамда лотин алифбосида ўқиш мумкин.

Электрон ва аудио китоблардан бепул фойдаланиш учун дастуримизни юклаб олинг. Аввал рўйхатдан ўтганлар эса интернетга уланган ҳолда «Дўкон» қисмига ўтсалар кифоя.

▶️Hilol eBook дастурини юклаш

Марҳамат, ушбу дастурдан фойдаланиб, ўзингиз ва оила аъзоларингиз вақтини мазмунли ўтишини таъминланг. Аллоҳ таоло барчамизга сабр-матонат ато қилсин, бу синовлардан шараф билан ўтказиб, тез кунларда офият насиб қилсин!

@HilolNashr
Channel name was changed to «Freedom writers at home»
#chellange

Biz siz uchun uyga qaytdik. Siz biz uchun masofaviy ta’lim, onlayn ta’lim deb boshni qotirmanglar.
@Fwriter
Xitoyda oxirgi 5 kunda Guandun provinsiyasida 1 ta insonda koronavirus aniqlandi. U chet eldan kelgan edi.
P.s. Xitoy koronavirusni yengib o'tdi.
@Fwriter
Koronovirusning foydali jihatlari.

Har yomonning bir yaxshisi bor deyishadi. Koronavirusning kirib kelishining bilan bir qancha ijobiy jihatlari ham bor. Demak, tanganing boshqa tomoniga qarab ko'ramiz.

Online darslar. Shu paytgacha bir qancha qiziquvchilar o'z online darslarini youtube sahifalariga joylashgan edi. Lekin bu narsa siyosat darajasigacha ko'tarilmagan edi. Koronavirus kirib kelishi bilan online darslar soni anchagina ko'paydi va bu darslar TVda ham berila boshlandi.

Odamlarni birlashtirdi. (1) Koronovirus tarqalgandan keyin bir qancha xususiy mehmonxonalar, tashkilotlar o'z binolarini karantin uchun bera boshladi. Bundan tashqari (2) bir qancha ovqat yetkazib beruvchi tashkilotlar karantinda xizmat qilayotgan doktorlar uchun tekinga taomlar yetkazib berayapti. (3) Tekinga niqob tarqatish aksiyalari va shunga o'xshash narsalar bizda odamiylik haliyam bor ekanligini ko'rsatib berdi.

– Ba'zilarning asl yuzini ko'rsatib berdi. Koronavirus kirishi bilan ba'zi sohalarda (xususan, taksistlar, sotuvchilar) narxlarni sun'iy oshirib yubordi. Bu esa qiyin vaziyatda kim aslida kim ekanini ko'rsatib berdi. Bu ham ijobiy tomoni. Odamlarni ajratib berdi bizga. Insoflilarga esa rahmat.

Hilol nashr elektron kitoblarini yuklab olishni 1 oyga bepul qilib qo'ydi.

Universitetdan ta'til berilishi.

Bu narsalarni hali davom ettirish mumkin. Sizda ham shunga o'xshash fikr bo'lsa @Fwriters gruppasiga yozing
@Fwriter
Oldinlari ho'kizlarni qo'yib yuborsang, o'zi o'tlab qaytib kelardi. Hozir esa orqasidan yur, kontraktini to'la....
@Fwriter
– Sen qaysi aloqa operatoridan foydalanasan?
– "Uyda qoling!"dan ko'proq foydalanaman. Ucellni, shunchaki, kerak bo'lib qoladi deb olganman.
@Fwriter
Italiya ijtimoiy masofalanishni nazorat qilish uchun dronlardan foydalanadi. Umuman olganda, Italiya virusni eplashi qiyin bo'layapti.
@Fwriter
Yangi Zelandiya davlatida Koronavirus holati aniqlanganlar oxirgi 24 soat ichida qariyb 50 foizga oshib 155 kishiga yetdi. Endi bu davlat ham to'liq izolyatsiya holatiga o'tdi. Undan oldinroq Buyuk Britaniya ham shunday holatga o'tgandi. Bunday davlatlar soni ko'paymoqda.
@Fwriter
Aholisi to'liq karantinga olingan mamlakatlar ro'yxati

Hindiston
Italiya
Chexiya
Daniya
Irlandiya
Salvador
Yangi Zelandiya
Ispaniya
Fransiya
Belgiya
Ruanda
Buyuk Britaniya
Germaniya
Portugaliya
Polsha
Norvegiya
Xitoy (karantin bosqichma-bosqich tugatilmoqda)
Sloveniya
Indoneziya
Sudan

Izoh: Karantin shartlari hamma davlatda bir xil emas. Ba'zilarida ancha keskin, ba'zilarida yumshoqlar. Umumiy tartib shuki, bu davlatlarning barchasida aholining zaruratsiz ko'chaga chiqishi taqiqlangan. Zaruratga, asosan, oziq-ovqat, dori-darmon uchun chiqish kabi holatlar kiradi.

AQShda favqulodda holat e'lon qilingan bo'lsa ham, to'liq izolyatsiya e'lon qilish qarori shtatlarning ixtiyorida qolmoqda. Ko'plab shtatlarda uyda o'tirish buyrug'i chiqqan, ammo federal darajada hali bunday qaror chiqmadi.

O'zbekistonda Toshkent shahri to'liq karantinga olindi. Agar viloyatlarda ham virusga chalinish holatlari aniqlansa, bunday tartib butun mamlakatga joriy qilinishi mumkin.
©Vashington kundaligi

@Fwriter
Har bir davr, asr ulkan voqealari bilan eslanadi. Afsuski, odatda, o'sha ulkan voqealar urushlar hamda janglar orqali eslanadi. Misol tariqasida, o'tgan asrning birinchi yarmi ikkita "Jahon urushi" orqali, ikkinchi yarmi esa "Sovuq urush" orqali eslanadi. Voqealar unga taqqoslanadi. Biron bir voqea bo'lsa "2-Jahon urushidan falon yil oldin" yoki "Urushdan falon yil keyin" deya eslanadi. O'sha davrlarda juda ko'p kashfiyotlar bo'lgan. Lekin voqealarni hech kim o'sha kashfiyot yiliga qiyoslab aytmaydi. Aslida, o'sha kashfiyotlar yilini bilmaymiz ham. O'rta asrlarni "Uyg'onish davri" ikki bo'ladi. Lekin, o'sha davrlar ham "Buyuk ko'chish"dagi janglar, "100 yillik urush", "Salib yurishlari", "Anqara jangi" hamda shunga o'xshash janglar-urushlarga nisbatlab eslanadi. O'rta asrlardan keyingi davrlar esa mustamlakachilik urushlari bilan eslanadi.

XXI asr-chi? Bu asrda fan-texnika sohasi eng yuqori cho'qqiga yetdi. Bu asrning choragi ham tugamasdan insoniyat sanab adog'iga yetib bo'lmaydigan darajada kashfiyotlar qildi. Ushbu asrning 20-yili kirib kelmasdanoq texnologiyaning 5-avlodi 5G yaratildi. Lekin, katta ehtimol bilan, odatdagidek, kelajakda 21-asr boshlari bu texnologiyalar bilan eslanmaydi.
Bu davrda ham urushlar bo'layapti. Bu davrda, asosan, ichki, fuqaroviy urushlar bo'lmoqda. Ba'zan davlatlar o'rtasida ham janjallar orqali urushlar bo'ldi. Lekin, katta ehtimol bilan 21-asr o'sha urushlar orqali eslanmaydi. Endi ushbu asrni eslatib turadigan 21-asrning o'z "Urushi", o'z "Jangi" bor. Bu urush aynan hozir bo'layapti. Bu urushda qandaydir odamlar guruhi boshqa odamlar guruhiga qarshi jang qilmayapti. Bu urushda butun insoniyat ko'rinmas dushmanga qarshi kurashmoqda. Har bir davlat bu dushmanga qarshi jangda bir xil yo'ldan bormoqda. Bu Koronovirus bilan jang. Katta ehtimol bilan, 21-asrni aynan shu narsa bilan eslashadi. To'g'ri, Jahon urushidagidek odamlar qurbon bo'lmadi. Lekin bu ko'rinmas dushman butun insoniyatni emaklatayapti. Misli ko'rilmagan darajada qurollarga ega davlatlar ham eplolmay qolayapti. Har bir urushning o'z askarlari bo'ladi. Bu urushning askarlari harbiylar emas. Bu urushda doktorlar, meditsina xodimlari askar vazifasini bajarmoqda. Xitoyning Uxan shahridan doktorlar g'olibona chiqib ketishdi. Harbiylar ularni olqishlagan holda kuzatib ao'yishdi. Siz bilan biz bu narsani "jonli efir"da ko'rayapmiz. Bu voqealar haqida romanlar, she'rlar yoziladi, kinolar olinadi. Kelajda esa hozirgi davrdagi voqealar ushbu koronavirs tarqalgan yili deb eslanadi. iPhone 11 yo Galaxy 20 chiqqan yili deb emas. Hozircha, siz-u bizdan talab qilinadigani uyda o'tirib duo qilish hamda voqealar rivojini kuzatish.
@Fwriter
Edigey, insonning o'zgalarga qilgan eng katta yaxshiligi o'z oilasida munosib farzandlarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat ekan, degan xulosaga keldi
© Asrga tatigulik kun

@Fwriter
2025/07/07 01:01:33
Back to Top
HTML Embed Code: