Telegram Web Link
Malayziyada 5 kishi internetda Koronavirus haqida noto'g'ri ma'lumot tarqatgani uchun qamoqqa olinibdi. Bizda ham ko'pchilik yolg'on xabarlar tarqatib yurishibdi. So'z erkinligi degani jamiyatga qattiq ta'sir qiladigan yolg'on ma'lumotlarni ham tarqatish mumkin degani emas. Avval aytganimdek hamma narsada meyor bo'ladi. Meyordan sal oshsa ham yomon, yoki ozgina kamaysa ham yomon.

@Fwriter
Forwarded from Freedom writers
Bir narsa aniq. Biz yoshlarni dindan qo'rqitib qo'yganmiz. Vaqtida yoshlarga namoz o'qish ta'qiqlab qo'yilgandi. Shaxsan o'zim ham yaqingacha diniy biron nima eshitsam, yomon oqimlarga qo'shilib ketishdan qo'rqib o'zimni chetga olardim. Yoshlar ongida diniy e'tiqod kuchayib ketsa, terrorchilik yoki yomon oqimlarga qo'shilib ketishga moyillik ortadi degan narsa bor. Shuning uchun ham juda ko'pchilik yoshlar hozir ham o'zini dindan uzoqroq tutishadi, namoz o'qishmaydi. Shaxsiy fikrimcha, musulmon yoshlari orasida namoz o'qishni yoki, umuman, islom farzlarini targ'ib qilishni yo'lga qo'yish kerakdir, balki, Bu majburlab namoz o'qitish yoki majburlab dindor qilish emas, shunchaki namoz o'qisa yoki islom farzlarini bajarsa, qanchalik o'ziga yaxshi bo'lishini tushintirish orqaligina targ'ib qilishni nazarda tutayapman. Qachon yoshlar din tufayli yomon oqimlarga qo'shilib ketmasligi mumkin? Qachonki yoshlarda diniy bilim bo'lsagina. Baribir yoshlarda diniy bilim olishga ehtiyoj va bo'shliq bo'ladi. Shu bo'shliqni to'ldirish uchun turli manbalardan ma'lumotlar izlaydi. Shunday paytda ularga to'g'ri manbani ko'rsatib bera olishimiz kerak. Din deganda terorchilik oqimlarini tushinmasdan to'g'ri yo'ldan adashmaydigan yoshlar kerak bizga,

@ijtimoiynigoh
#dialog

– Ustoz, kirishga mumkinmi?
– Bu oxirgisi bo'lsin a?
– Yo'g'-e, ustoz, bu hali birinchisi.

@Fwriter
Sessiyada ustozlar:
Mayli, telefondan foydalaninglar. Lekin biz ko'rmaylik.

O'sha payti biz:
Ustoz, qaramay turing
.
@Fwriter
Men uchun quyidagi 2 narsa doimo g'alati:

1. O'g'il bolaning chiroyli bo'lishi. U chiroyli bo'lishga majburmas. Ular tabiatan baquvvatroq, aqlliroq bo'lishining o'zi yetarli, menimcha. Bo'yanib yuradigan yigitlarni esa umuman gapirmayman

2. Qizlarning baquvvat bo'lishi. Ular nozik didli jins vakilasi hisoblanishadi. Ularga boks, kurash, tosh ko'tarish kabi sport turlarida qatnashish unchalik ham yarashavermaydi. Ularga ko'proq go'zallik yarashadi.

P.s. Men, aslida, bularga qarshimasman. Xohlaganicha yurishsin. Erkinlik, demokratiya. Lekin men uchun baribir yuqoridagi holatlar g'alatiligicha qolib ketaveradi.
@Fwriter
Bir tomondan, Diyor Imomxo'jayevning fikri ham to'g'ri. Futboldan boshqa qaysi sohada Koreya bilan tengma teng kurasholamiz? Qaysi sohada Osiyoda 4-o'rinni ololamiz. To'g'ri boks deb kimdir aytishi mumkin. Lekin u individual sport turi. Futbol sohasida ham individual jihatdan Ravshan Ermatov amaldagi Jahon rekordini o'rnatgan hakam hisoblanadi. Bu bilan futbolchilarimizni yonini olish niyatim yo'q. Mantiqan qarasak, davlat ta'limga ham, futbolga ham juda katta pul sarflaydi. Effektniyrog'i futbol bo'layaptimi shunda. Ta'lim sohasi bo'yicha Osiyoda nechanchi o'rindaligimizni bilib olishimiz uchun bitta misol keltiraman: Bironta oliygohimiz butun dunyoda 1000 talikka kirmagan. Endi boshqa jihatda: bironta o'zbek olimi nobel olmagan. Individualniy ham boshqa jihatdan ham ta'lim sifati ancha past. Futbol undan oldinroqda turadigan soha hisoblanadimi shunda?!

P.s. Men bu gaplarim bilan olimpiyachilarimizni oqlamoqchimasman. Men 2011-yilgi Osiyo kubogi o'yinlaridan boshlab o'zbek futboliga qiziqib kelaman. Orada 2 ta olimpiada (2012, 2016) va 2 ta Jahon chempionati (2014, 2018) o'tdi. Men esa faqat umid bilan yashadim, kutdim. Natija esa nolga teng. Lekin qachondir futbol termamiz Jahon Chempionatiga yoki Olimpiadaga chiqishini umid qilaveraman.
@Fwriter
Har kuni "MCHS"dan Chimyonda nimadir opasna deb sms kelayapti. Bugun borib nima bo'layotganini ko'rib kelmoqchimiz. Kursdoshlar bilan birga. Qisqa qilib aytganda, salom Chimyon. Xush kelibsan Chimyonga, Ma'rufjon!
@Fwriter
Allohning biz uchun bergan har bir kuni muqaddas va mo'jizalidir. Shuningdek 02.02.2020 sanasi ham shu kunlarning biri, xalos. Hech bir ortiqcha joyi yo'q. Shuning uchun ham bir birimizni har bir kun ila tabriklashimiz mumkin. Sizlarga 02.02.2020 sanasi emas, muqaddas kunlarning biri bo'lgan bugun muborak bo'lsin, azizlar
@Fwriter
Forwarded from Nurqul minbari
Kanalim biroz sustlashgani haqida turli murojaatlar kelyapti, to‘g‘ri, kanalga vaqt ajratish qiyin bo‘lyapti, asosan Vikipediyada maqola yozish/tahrirlash va boshqa ishlar bilan vaqtim o‘tmoqda.
Vikipediyada maqolalar yozib turishim haqida avval ham xabar bergandim. Ko‘pdan beri O‘zbek vikipediyasida bir qancha maqolalarni tahrirlab/yozib kelaman, "Abdurauf Fitrat", "Armaniston bayrog‘i", "Sahroi Kabir", "Brexit", “Armaniston bayroqlari ro‘yxati”, “O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy bo‘linishi”, “Manjuriya”, “Xitoy yozuvi”, “Iyerogliflarni soddalashtirish”, “Pinyin”, “Nurxatsi”, “Yetti shikoyat” va shu kabu o‘nlab maqola va andozalarni to‘liq tahrir qilganman.

Agar siz ham biror xorijiy tilni bilsangiz va O‘zbek vikipediyasi rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz - @jamshidnurqul telegram manziliga “Men “Vikitarjimonlar klubi”ga a’zo bo‘lmoqchiman”, deb yozib yuboring. Klubimiz a’zolariga tarjima uchun Vikipediyaning boshqa tillaridan matn beriladi va tarjima qilingan matn “Vikitarjimonlar klubi” nomidan (maqolaning “Munozara” sahifasida tarjimon ismi ko‘rsatilgan holda) Vikipediyaga joylashtiriladi. Biz bu ishdan hech qanday moddiy manfaat ko‘zlamaganmiz, shunchaki, o‘zbek tilli avlod kelajagi uchun beg‘araz xizmat qilishni istaymiz. Zotan, o‘zbek tilidagi sifatli ilmiy kontentni tashqaridan birov kelib yaratib bermaydi. Safimizga qo‘shiling, evaziga siz tarjimonlik malakangizni oshirasiz, bu sohada o‘zingizda ishonch hosil qilasiz hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmasiga va o‘zingiz qiziqqan ilmiy sohadagi yangi bilimlarga ham ega bo‘lasiz.

Nurqul Minbari: https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFDLznqiPxTicPfXrw
#logika

TTJ – Talabalar Terma Jamoasi

@Fwriter
Forwarded from Xushnudbek.uz
2020 йилдан Ўзбекистонда пахтага давлат буюртмаси бекор қилинади ва ҳокимлар пахта билан шуғулланмайди. 4 февраль куни Шавкат Мирзиёев ана шундай топшириқ берган.

Бу ҳақда Қишлоқ хўжалиги вазири Жамшид Хўжаев маълум қилди.


👉 @xushnudbek 👈
©
Shu fikrga 100 foiz qo'shilaman. O'qigan kitoblarimning kinosi umuman voqealarni to'liq qamrab ololmagan. Ba'zan kinosini ko'rgim kelmaydi. Lekin solishtirish va qiziqqanim uchun ham kinosini ko'raman.
@Fwriter
Biz Alisher Navoiyni bilishimizni isbotlashimiz uchun uning ismi va "Xamsa" asarida 5 ta doston borligini bilishimiz kifoya. 5 dostonning nomini to'liq bilishimiz ham shartmas. Agar sizdan kimdir so'rab qolsa, o'sha odamni o'ziyam yaxshi bilmaydi. Men aytgan 2 ta narsani bilsez, sizga tan bervoradi.

P.s. Bugun Akmal degan sinfdoshimning tug'ilgan kuni. Alisher Navoiyga havas qilaman shunday sinfdoshim bilan bir kunda tug'ilganiga.
@Fwriter
Propiskang bo'lmasa Toshkentning internetidan ham foydalanishnga ruxsat yo'q ekan. Bitta dona wifi o'rnatishga 3 haftalab sarson bo'layapmiz. Birinchi domashniy telefon ulatdirdik. Vaqtinchalik propiskamizning muddati o'tib ketishgani uchun wifi berishmadi. Agar yangilamasak domashniyni ham o'chirib qo'yarkan. Wifi uchun pulni to'laymiz-ku. Bu ularga foydaku. Bizda monopoliya bor. Uztelecomdan boshqa tanlovimiz yo'q. Sababi bizda optika texnologiyasi yo'q. Domashniy telefonsiz wifi o'rnatolmaymiz. Ular xohlaganicha ustimizdan kulishadi. Kompaniyasida xizmat sifati juda past. Aslida, shuncha tashvishga arzimaydigan narsa bu. Bir kunda hal bo'ladigan narsa. Xorijiy davlatlarda uyizda o'tirib internet orqali hal qila olas bunaqa ishlarni. Yilni nomi raqamli iqtisodiyotmidi? Raqamli iqtisodiyot yilida qog'ozbozlik avjida. Bunaqa tizimdan nafratlanib ketaman. Tanqid qilmaymam deb yurgadim. Baribir majbur qiladi bular. "Pulini beramiz tabiiy gaz beringlar" deb gaz ololmaymiz. Tok ham ko'p joyda shunaqa. Xullas, na**y devorging keladi. Propiska tizimi bilan muammoga duch kelmiman deb o'ylagandim. Xato o'y bu. O'zbekmizmi? Viloyatda tug'ilganmizmi? Unda xotya bir marta shu muammoga duch kelmasak hisobmas. #surish_kerak hashtegi bundan keyingi 10 yilda ham mavjud bo'lsa kerak.

P.s. Shu postni muddati o'tib ketgan propiska bilan yashab turgan ijaradagi uyimda yozdim.
#ahmoqona_tizim
@Fwriter
Ko'pchilik serial ko'rishni yoqtiradi. Shuningdek, men ham. Men turk, hind, o'zbek seriallariga vopshe qiziqmayman. Shunchaki, o'zim qiziqqan seriallarni tavsiya bermoqchiman:

1. Prison break (o'zbek tilida "Panjara ortida", rus tilida "побег" nomi bilan mashxur). Buni ancha yoshligimda o'zbek tilida ko'rganman. Lekin oxirigacha tugamatolmay qolgandim. Qolganining tarjimasi hali chiqmadi degandi. Shu tarzda qolib ketgandi. Endi har bir qismini ingliz tilida olib ko'rayapman. Qiziqqanlar uchun mana bu yerda ingliz tilida barcha qismi bor ekan. Bu serialning o'zbekchasida deyarli qirqilgan joyi yo'q.

2. Game of thrones (Taxtlar o'yini). Bu ham juda zo'r serial. Hozircha 8 ta fasldan iborat. Har bir fasli 10 qismdan iboratligini inobatga olsak, vohima qiladigan darajada ko'p emas. Ingliz tilini tushunadiganlar uchun mana bu yerda barcha qismlari bor. Bu serial 18 yoshdan kattalar uchun mo'ljallangan. O'zbek tilidagisida juda ko'p joyi qirqilgan. Shuning uchun ruscha yo ingliz tilida ko'rganiz ma'qul. Bunaqa qirqishlar kino mazmunini buzib qo'yishadi.

3. Shaytanat. Tepada o'zbek seriallariga qiziqmayman degandim. Faqatgina "Shaytanat" seriali bundan mustasno. Qolgan seriallarga nisbatan anchagina yaxshi. Bu serial 2000-yillar atrofi suratga olingan bo'lsa ham, o'zbek seriallari orasi eng sifatlisi mana shu serial deb o'ylayman. Yangilik sifatida aytishim mumkinki, yaqin orada "Shaytanat" seriali TV kanallar orqali efirga berilishi mumkin. Bu serial ustida bir qancha ishlar ketayapti. Serial formatini bugungi zamonga moslashtirishayapti. Yodgor Sa'diyev dekabr oyidagi intervyuda oz ishlar qolganini aytgandi.

P.s. Bu seriallarning hammasi ko'rishni boshlab qo'yganman lekin hech birini hali to'liq ko'rib tugatmadim. Tugatsam bularga alohida to'xtalib o'taman
@Fwriter
Yuqorida aytgan seriallarimning o'zbekchasini ham topdim.

@PanjaraOrtida kanali orqali o'zbek tilida ushbu serialni to'liq yuklab olishiz mumkin.

@uzkino_serial kanalida "Taxtlar o'yini" seriali berib borilarkan. (Avval ayganimdek o'zbekchasida qirqilgan joylar ko'p bo'lishi mumkin)

@shaytanatseriali1 kanalida Shaytanat serialini to'liq hajmda yuklashiz mumkin.

Bu seriallar har xil sevgi, muhabbat yo o'ldim-kuydim seriallardan ancha yaxshiroq.
@Fwriter
Xitoyliklar 10 kunda 1000 kishilik kasalxona qurdi. Men esa 20 kunda bir xonali kvartiraga Wi-Fi oldim, omale😅
@Fwriter
Sizlar ham ro'yhatdan o'ziznikini izladizmi😅.

@Fwriter
2025/07/07 10:28:37
Back to Top
HTML Embed Code: