Soliha, iboli qizga uylanish - bo'lajak farzandingiz oldidagi dastlabki burchingizdir. Aslida, undan ham avvagi burichingiz - shunday qizga mos bo'lish.
Nega muslim ayolning
Qo'lini ushlab bo'lmas?
So'radi bir donishdan
Angliyalik bir esi past.
Donish ham savol berdi
Ilm qa'rin qo'ridan:
"Ushlaysizmi o'zingiz
Qirolicha qo'lidan?"
"Yo'q, albatta, hech qachon",
-Dedi anov yaramas.-
"Axir u qirolicha,
Ko'ziga tik qaralmas".
Ana, to'xtatdi donish.
Axir u qirolicha?
Bizda har bir muslima
Malika o'z holicha.
Qo'lini ushlab bo'lmas?
So'radi bir donishdan
Angliyalik bir esi past.
Donish ham savol berdi
Ilm qa'rin qo'ridan:
"Ushlaysizmi o'zingiz
Qirolicha qo'lidan?"
"Yo'q, albatta, hech qachon",
-Dedi anov yaramas.-
"Axir u qirolicha,
Ko'ziga tik qaralmas".
Ana, to'xtatdi donish.
Axir u qirolicha?
Bizda har bir muslima
Malika o'z holicha.
To'xtamadi, u qaysar
Savolni ko'paytirdi.
Ro'moldami, boshyalang
Muhim emas-ku, qarang.
Bu shunchaki libos-ku,
Qalbidagi asosiy.
Endi javob bering-chi,
Kim orif-u, kim osiy.
Kulib ko'zin yoshladi
Iddaodan donishmand.
Dasturxonga boshladi
Oling, mehmon shirin qand.
O'ylamasdan quv mehmon
Oldi o'ralgan qandni.
Donish esa kuttirmay
Tushuntirdi hikmatni:
Bir ochiq, bir yashirin
Hammasi birdek shirin?
Nega qog'ozsiz qandni,
Olmading, ayt-chi sirin?
Savolni ko'paytirdi.
Ro'moldami, boshyalang
Muhim emas-ku, qarang.
Bu shunchaki libos-ku,
Qalbidagi asosiy.
Endi javob bering-chi,
Kim orif-u, kim osiy.
Kulib ko'zin yoshladi
Iddaodan donishmand.
Dasturxonga boshladi
Oling, mehmon shirin qand.
O'ylamasdan quv mehmon
Oldi o'ralgan qandni.
Donish esa kuttirmay
Tushuntirdi hikmatni:
Bir ochiq, bir yashirin
Hammasi birdek shirin?
Nega qog'ozsiz qandni,
Olmading, ayt-chi sirin?
Biz ulg'ayapmiz...
Qishloq ko'chalarida bolalar bilan to'p tepib qo'shnimizning derazasini endi sindirmaymiz.
O'yinchoq yo'qligidan, shunchaki, tuproqning o'zini o'yanamaymiz. Hozir shundoq do'konga chiqib o'yinchoq sotib ololamiz, lekin endi kech. Ulg'ayapmiz.
Kimdirdan xafa bo'lsak, "sen bilan o'ynamiman" deyardik xalos. Soddalik bilan aytilgan gapga soddalik bilan ishonilardi.
Qizlar bilan do'stona xola xola o'ynash ham ortda qoldi. Kimdir kuyov, kimdir kelin bo'lardi. U payti beg'uborlik bor edi. Hozir, shunchaki, darslarda rol o'ynab kelin kuyov bo'lib ko'ring, kimlardir nimalardir deb kuladi. Chunki ulg'ayapmiz.
Hammamiz oxirgi bor ko'chaga chiqib o'ynaganmiz. Faqat o'sha oxirgisi ekanligini bilmaganmiz. Juda ko'pchligimiz o'sha kunni eslolmaymiz.
Maktab tomonidan paxta tergani chiqardik. 5-9-sinflarda to'liq paxtaga chiqqanmiz. O'yin-kulgi qilib borib kelardik. Endi universitetda ham bunday imkoniyat yo'q (majburiy mehnat o'z yo'liga. Menda qolgan xotiralar muhim).
Endi qarindoshlarimiznikida 1 haftalab turish yo'q.
Endi uyda ham 2-3 kun qolib ketsam, ko'p qolib ketgandek bo'laman. Ko'chaga o'rganib qolganimdan emas. Albatta, uyimdagilarni sog'inaman. Biron bir yaxshi kasb egallamasdan turib uyda bunaqa ko'p kun yashash malol tuyiladi, baribir.
Ko'p narsaga qiziqish ortadi. Mashinani katta tezlikda haydash, o'zgalarni hayron qoldirish, qizlarga gap otish, hayotga xavfli narsalarni qilib ko'rish... Bularning foydasiz ekanini keyinroq anglaymiz, xalos.
O'z tengdoshlaring vafot etsa, g'alati bo'larkansan...
Falonchi maktabdan keyin yaxshilab tayyorlanganda hozir bemalol grantga ilinardi degan o'y ham o'tadi ba'zan. Unga achinamiz dala ishiga ko'milib ketgani uchun. Ulg'ayapmiz.
Kimdirni sevamiz va sevilamiz. Biroz vaqtdan so'ng ba'zilar sevgiga ishonmay ketishadi. Ba'zilarda ishonch ortadi. Birinchi toifadagilarga shunchaki achinaman. Ular sevgi faqat insonga nisbatan bo'ladi deb o'ylashadi....
Ba'zan shunchaki ortga qaytgim keladi. Beg'uborlik, soddalik faqat ortda bor, menimcha. Ortga qaytishning iloji yo'qligini bilganimdan keyin, hech bo'lmasa, ortga qarasam, o'sha damlarni bir ko'rsam deyman...

Qiziq: tana a'zolarimiz borligida umuman bilinmaydi. Ba'zan esimizga ham kelmaydi. Bor ekanligiga shukur qilish ham esimizdan chiqib ketadi. Mabodo qaysidir tana a'zomiz yo'q bo'lib qolsa (Allohni o'zi asrasin), o'sha tana a'zomizga ko'proq e'tibor beramiz. Shunda nola qilishni boshlaymiz o'sha tana a'zomiz yo'qligidan...
Aytgancha, eng yaqin insonlarimiz xuddi tana a'zomizga o'xshaydi: Borligida bilinmaydi, yo'qligida darrov bilinadi. Ba'zan bor ekanligida esimizdan chiqsa ham, yo'qotishdan qo'rqamiz.
- Ichasanmi? -Yo'q. - Chekasanmi? - Yo'q. - Ha aytgancha, sen Jahon tillarida - qizlar orasida o'qiysan a? Qizlar ichmaydi-ku...
Sinfdoshlarimning menga nisbatan mantig'i bu

Xudoning mavjud ekanligini isbotlash ilojsiz. Bu narsa iymonimizga bog'liq. Kimlardir oy ikkiga bo'lib berilsa ham ishonishmaydi, kimdir o'sha oyning o'zini ko'rib iymon keltiradi.
Bolangizga pivo ichishga ruxsat bersez, u aroq ichadi. O'pishishga ruhsat bersez, zino qiladi.
Odob-axloq va kiyinish uchun ota-ona javobgar bo'lishi kerak. Qanaqadir ta'lim muassasi emas. Bolaga chegara qo'yishdan oldin shularni o'ylang. Chegarani sal orqaroqdan olavering (bu ota-onalar uchun maslahat. Muassasalarga emas)

Bu yo'l qayerdan boshlanadi va qayerga boradi bilmayman, lekin ikki yo'l orasidagi tajriba, quvonch, hissiyotlar tavakkal qilishga arziydi.
6-7- oktabr, 19:00.
Turkiston san'at saroyi.
Barchangizni kutaman.
Chipta buyurtma qilish uchun @Murad_moliyachi ga yozing.
@zamstudent_uz

Tanqid qilmayman degandim o'zimga o'zim. Mayli, bu videodagi (video pastda) ayolni tanqid qilmay o'tib ketaman. Shunchaki, gapida mantiq yo'q deb hisoblaymiz. Kulib o'tib ketaylik a?
Eslatma: Dunyoviy davlatda ro'mol o'rash ta'qiqlanmaydi, aslida.
P.s. Men Nasafiy degan qo'shiqchini tanimiman. Tarafini ham olmadim

Islom dini ko'pxotinlikni targ'ib qilmaydi. Aksincha, dunyo dinlari orasida faqat Islom dinigina xotinlar sonini cheklab qo'ygan!!
Ўтган ҳафта укам оғзи қулоғида Самарқанддан телефон қилди: қиз фарзанд кўрибди! Қўшилиб қувондик. Эртаси куни хафа бўлиб телефон қилди: чақалоқ юрак пороги билан туғилганмиш... Сабр тиладик. Кейинги куни ваҳима билан телефон қилди: чақалоқ жонлантириш бўлимида эмиш. Худога илтижо қилдик. Тўртинчи куни йиғлаб телефон қилди:
"ака, тақдир экан, "узилади".
– Шифохонадами ҳозир?
– Йўқ, ярим соат бурун дўхтирлар жавоб берганди. Уйга кетаяпмиз йўлда бўлмади. (Самарқанд шаҳри билан уйи ораси 60 км)
– Аҳволи оғир бўлса нега шифохонадан олиб чиқдинг?
– Дўхтирлар "узоғи билан 1 соатларда ўлади, уйингизга олиб кетаверинг, энди иложи йўқ" деганди.
– Дўхтир бундай дейиши мумкин эмас, чақлоқни чиқаришда нима деб расмийлаштирди?
– Билмадим, менга "тил хат" ёздириб олди...
– Нима деб?
– "Боламни оғир аҳволда ўз хоҳишим билан олиб чиқиб кетяпман", деб ёздирди. "Гувоҳнома" ҳам олганимиз йўқ, исм ҳам қўймаган эдик.
Хўп, энди бунга нима дейсиз?
– Худо сенга сабр берсин! Ўзи бериб, Ўзи олибди, чораси йўқ! Биз ҳам етиб борамиз, – дедим.
Хафа бўлиб, йўлга тушдик... Ярим йўлда телефон бўлди.
– Ака, чақалоқ ўлмаган экан!!!
...Юрак пороги билан туғилди деган чақалоқ 4 кун шифохонада бўлган. Бирор марта онасига кўрсатилмаган, эмизилмаган. Тўртинчи куни "барибир ўлади" деб, ота-онасининг қўлига тутқазилиб, уйга жавоб бериб юборилган. Бола ярим йўлда "узилган"дек бўлган. Отаси йиғлаб ҳаммага телефон қилиб чиққан. Улар уйга боргунча домла чақирилган, 2-3 таси қабр қазишга киришган. Чақалоқни кўмишга тайёрлаётганда кимдир билинар-билинмас тамшанганини кўриб қолган. Шундан кейин онам (85 ёш) ташаббусни қўлга олган ва ўзининг услубида чақалоқни "силкилаб", "тирилтириб" олган. Биз борсак қизалоқ онасини эмиб бошлаган экан.
– Дўхтирнинг падарига лаънат, – дейди онам. – Бола оч қолган. Томирига укол қилиб, ҳатто игнасини ҳам олмаган. Шу ҳолатда ўраб бериб юборган. Нечта хотинни уйда ўзим туғдириб олганман. Дўхтири шунақа бўлса, бундан кейин келинларни ўзим туғдириб оламан!
Кейинги пайтларда дўхтирларнинг калтакланаётганини эшитиб ҳайрон бўлгандим. Энди ҳаммаси тушунарли! Дарвоқе, чақалоқнинг қулоғига азон айтиб, исмини Имона қўйиб келдик. Худога шукур, ҳозирча ҳаммаси жойида.
Алишер Назар.
(фейсбукдан олинди)
@ijtimoiynigoh

Palagi toza, yaxshi insonlar biron bir yomon ish qilishsa, kasri darrov urarkan. Bolasigami, ishigami. Tezda xatolarini anglashi va tavba qilishi uchun. Bu ham bir mukofot aslida pok odam pokligicha qolishi uchun.
Assalomu alaykum, aziz dindoshim. Juma ayyomingiz muborak bo'lsin.

Farg'ona hokimi Shuhrat G'aniyevning tuman hokimlari bilan bo'lgan yig'ilishidagi audiosi tarqali (pastdagi videoda). Jumladan, shunaqa deyiladi: "...., o'qituvchimi, deputatmi u, men borganimda birorta ayolni ro'molda ko'rsam, o'sha ro'molni olib og'zingga tiqib qo'yaman".
Bu hokimning 1-qovun tushirishi emas. Shavkat Mirziyoyev qoralab chiqqandi va hokim xalq odida uzr so'rab chiqqandi. Bu haqiqiydek edi go'yo. Aslida, bir sahna ko'rinishi edi. Sahna ortida haliyam ishlar bo'lmoqda.
Bu audiodan shuni bilsa bo'ladiki, deputatlar yetarlicha kuchga emas. Ular hokim uchun hech kim emas. Ular xalqni himoya qilolmaydi. Ular o'zini ro'molini himoya qilolmas ekan, xalqni qanday himoya qilishadi. Bunaqada bu yilgi saylovning nima keragi bor?
Nima uchun ayollar ro'moliga osilayapti bu hokim? Erkak kishi ayollar ro'moliga osilishida mantiq bormi? Boshqa muammo yo'qmi u viloyatda. Odamalarni dindan chalg'itayotgan mana shular, aslida. Men ham G'aniyevga istefo berish tarafdoriman.
#Ganiyevga_istefo

Telegram
Daryo — LIVE
Фарғона ҳокими Шуҳрат Ғаниев — яна кун қаҳрамони.
«Қўқон, Фарғона, Марғилон шаҳарлари, Бувайда, Фарғона туманларида беўхшов соқол қўйиш ҳоллари кенг авж олган... Рўмол, ҳижоб маданиятига риоя қилаётган хотин-қизларнинг 300 тасининг ташқи қиёфаси ва кийиниш…

Men ko'p qonun-qoidalarga amal qilmayman. Shuningdek "Yerning tortishish" (Gravitatsiya) qonuniga ham)
@ijtimoiynigoh
@ijtimoiynigoh
Barcha ustozlarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Bolaga nimadir o'rgata olgan ustozning barchasi hurmatga loyiq. Kimdir hurmat qilmasa, sizning hurmat loyiq emasligizni bildirmaydi. Sizlarni hurmat qilmayotganlar hurmatga loyiq emas, aslida. Shu paytgacha arzimas oylikka ham dars o'tib, beton quyib, har xil hasharlarga, paxta terimlariga chiqib kelayotgan edingiz. Bunaqa matonat kamdan kam kishida bo'ladi. Menga nimadir o'rgata olgan barcha ustozim oldida boshim yerga tekkuncha ta'zim qilaman. Bayram yana bir bor muborak bo'lsin.
Ustozlar bayramida barcha ustozlarning ustozi (The teacher of teachers), butun odamzod ustozi (teacher of mankind) haqidagi qo'shiq siz bilan ulashmoqchiman.
#Sami_Yusuf Al-muallim

Бир элда ғалати удум бор эди,
Ўлиги азизу, тирик хор эди.
Бир-бирин ўлимин кутарди пойлаб,
Мириқиб мақташга интизор эди...
© Абдуллa Орипов
Ўлиги азизу, тирик хор эди.
Бир-бирин ўлимин кутарди пойлаб,
Мириқиб мақташга интизор эди...
© Абдуллa Орипов
Ertalab uyg'onganingizda, o'sha uyg'onganiz uchun Allohga rahmat aytib qo'ying.
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, azizlar.

Bundan 81 yil oldin ayni 4-oktabrda 570 nafar o'zbek ziyolilari otib o'ldirildi. Shuncha ziyoli otib o'ldirilgandan 1 kun keyin ya'ni 5 oktabrda ularni o'limga rasman hukm qilishadi. Abdulla Qodriy, Cho'lpon, Fitrat va shu kabi ko'plab adabiyotimiz namoyodalari ham shular orasida edi. Barchalarining joylari jannatda bo'lsin.
@ijtimoiynigoh
@ijtimoiynigoh