Telegram Web Link
#shunchaki

Inson boshqalarga mehr-muruvvat ko'rsatish va yordam berish uchun yaralgan. Agar unday bo'lmasa, shundoq ham bu dunyoda hayvonlar ko'p

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mandat ham chiqishini kutaverib charchadizmi? Ozgina chalg'ib turamiz.

Men o'tgan yili 5-avgustda natijamni bilgandim. O'sha kuni soat yettilar atrofi edi. Dadam bilan onam to'yda edi. Javoblar chiqa boshlagandan keyin men internetdan ko'rdim. 161,2 ball (26 ta ingliz tili, 30 ta ona tili, 16 ta tarix) bilan kontrakt kiribman. Birinchi, ozgina o'ylanib qoldim: "endi o'qitarmikan". Lekin bitta pepsi kirganimni bilan nishonlab oldim. Keyin dadamga telefon qildim. Dadam ham ko'ribdi va menga dedi: "Kontrakt bo'lib qolibdi-ku. Endi nima qilamiz?" Xushnudbek tahliliga ko'ra o'tgan yili barcha yo'nalishlarning 10 foizigagina grant kirish uchun 150 balldan yuqori to'plash kerak bo'lgan ekan. Bizning yo'nalish o'sha 10% ning ichiga kiradi (grantning oxiri 171 ball edi adashmasam). Xullas, o'qishga kirganimni birinchilardan bo'lib qo'shnimiz (amakimiz ham bo'ladi) bilishdi. Ular birinchi bo'lib tabrikladi. Keyinroq ota-onam ham tabrikladi. Mana amallab o'qib yuribmiz. Faqatgina bechora mollarimiz o'zlarining nima aybi borligini bilishmay ketti😁.

Kanalga ulanish 👉 @ijtimoiynigoh
Mana hozir “Freedom writers” (“Ozodlik yozuvchilari”) nomli bir qismli kinoni ikkinchi marta ko’rayapman. Bu kinoda Erin ismli ayol Amerikadagi bir maktabga o’qituvchi bo’lib ishga kiradi. Voqea shulardan boshlanadi. Avvalgi kanalimda shu kinoni tavsiya qilgandim. Hozir esa boshqa narsa haqida:

Bu o’qituvchi o’z o’quvchilariga bittadan qalin daftar tarqatadi va shunday deydi: “Bu daftarga istagan narsangizni yozing. Xuddi kundalikka o’xshatib yozishingiz mumkin yoki o’tmishni, hozirgi kunni, kelajakni; o’zingiz yoqtirgan hikoyangizni, she’ringizni yoki yoqtirgan qo’shig’ingiz matnini; yaxshi narsalarni, yomon narsalarni, xullas, istalgan narsani yozing. Faqat har kuni yozishingiz kerak. Doimo yoningizda ruchka bo’lsin. Ilhomiz kelib qolsa, tezda yozib qo’yasiz. Bu narsalar baholanmaydi (ya’ni bu yozganingiz uchun baho qo’ymayman). Haqiqatni yozganingiz uchun sizga qanday qilib 5 yo 4 baho qo’ya olaman…”. Bundan tashqari bu narsalarni o’quvchilarning ruhsatisiz o’qimasligini ham aytadi.

Sizlar ham shunday qilib ko’ring. Istalgan narsani yozing. Nimaligining ahamiyati yo’q. Masalan, siyosatda sizningcha nimalar qilsa to’g’ri bo’ladi, qaysi kitoblarni o’qigansiz, yoqtirgan qo’shig’ingiz, o’zingiz yoqtirgan kino qahramonlar tilidan aytilgan gaplar, qanaqa mashinalar haydagansiz va hakozo. Isatalgan narsani yozing. Ma’lum bir mavzu yoki chegara bo’lmasin. Qolip bo’lmasin. Xohlasangiz, ruchka bilan daftarga yozing. Xohlasangiz, telegramda kanal ochib yozing. Xohlasangiz, fikrlaringizni boshqalar bilan o’rtoqlashing. Fikr almashing. Buning foydasi shuki, sizning dunyoqarashingiz va fikrlash doirangiz kengayadi. Bundan tashqari siz qandaydir o’zingizni yengilroq his qilganday bo’lasiz. Mana men ham telegramda nimalardir yozaman-ku…

Kanalga ulanish 👉 @ijtimoiynigoh
Ko‘chamizni asfalt qilisharkan. Yaxshi. Lekin nima uchun deng hokim buva kelarkan. Yashang hokim buva tez-tez kelib turing.
Hokim buva nima kelarkan deng. Yangi bog‘chani ochib berish uchun. Ana shunaqa. Bizning ko‘chalar asfalt bo‘lishi uchun albatta bu yo‘ldan kimdir o‘tishi.
Bizning qishloqlarga kimdirlar kelishi uchun albatta tantana bo‘lishi kerak.
Jahongir Turg‘unov

Kanalga obuna bo‘lish
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#shunchaki #tushingan_tushindi

Happy wife - happy life

Kanalga ulanish 👉 @ijtimoiynigoh
#shunchaki

Umuman olganda mandat kechroq chiqqani ham yaxshiroq. O'qishga kirganini bilgandan o'qishga survoradi. Anavi "yuvmaymizmi?" deganlar qolib ketaveradi😁.

Kanalga ulanish: @ijtimoiynigoh
Bugun natijalar chiqqanidan keyin bir sinfdoshimiz o'qishga kirganini eshitdik. Sinfdosh bollar yig'ilib uning o'qishga kirganini yuvdik. Lekin o'zini chaqirish esimizdan chiqib ketibdi

Kanalga ulanish: @ijtimoiynigoh
#nazm

Шўрпешона ишқни толега йўйиб,
Жимгина тақдирга берганимда тан.
Ишонч-у, севгингни қўлимга қўйиб
Довдир ҳаётимга кириб келдинг сан...

Каналга уланиш: @ijtimoiynigoh
#bedorlik

Уни ҳатто ҳаёлимда ҳам безовта қилгим келмайди баьзан

Каналга уланиш: @ijtimoiynigoh
#etanoch

Uyqu kelmasa ham qiyin ekan. Uxlash kerak, lekin uxlolmaymiz. Lekin, manimcha, shu uyqusizligimizga sababchi bo'lganlar mazza qilib uxlab yotishgandir 😏..

Credits: @kosmosda

Kanalga ulanish: @ijtimoiynigoh
#baxt

Uyingizga kelganizda 3 yasharli qizingiz, yoningizga "dadam keldiii" deb yugirib chiqishi - eng katta baxt.

Kanalga ulanish: @ijtimoiynigoh
#tabrik

Endigina abituriyentlikdan qutilib talaba bo'lganlar, sizlarni tabriklayman. Battar bo'linglar.

Kanalga ulanish: @ijtimoiynigoh
#shunchaki

Talaba bo'lganizdan keyin faqatgina qishloqda yoki mahallangizda hurmatiz oshishi mumkin. Lekin shaharda talabalar hurmati bir tiyindan sal qimmatroq:

Masalan, kvartira olmoqchi bo'lsez: "Studentmi? Student emas oila qo'yamiz", - deb talabalarni mensishmaydi.

Kanalga ulanish:👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#shunchaki

Xullas, bugun Toshkentda kvartira izlab yuribman. "Oila qo'yamiz" deb boshimni og'ritvorishdi. Uylanmasam bo'lmaydi, shekilli😕.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#hikoya

Эмишки, мамлакатда одам роппа-роса ўн йил подшо бўларкан. Ўнинчи йилнинг сўнгги куни адоғига етгач, подшони тахтдан тушириб, қайиққа ўтказишаркан-да кимсасиз оролга олиб бориб, қип-яланғоч ҳолида ташлаб келишаркан. Навбатдаги одам подшо бўлиб тахтга ўтиргач, юм-юм йиғлармиш. Вазири ажабланиб: «Шоҳим, нега қайғурасиз?» деб сўрабди. «Нега
йиғламай, ахир менинг ҳам қисматим салафларим кабидир. Ўн йил ўтгач, мени ҳам кимсасиз
оролга қўйиб келадилар. Ўн йиллик кайфу сафо эвазига азоб-уқубат чекаман. Оқибатда илон-чаёнларга ем бўламан.» дебди. Шоҳнинг бахтига вазири доно экан. У дебдики: «Eй, зукко шоҳим, ҳамонки шунга ақлингиз етибди, энди бир иш қилинг: ўзингизни беҳуда кайфу-сафодан
тийингда бунинг эвазига ўша кимсасиз оролни обод этишга киришинг. Дарахт экинг, боғ
қилинг. Шунда сизни азоб эмас, роҳат кутажак». Бу маслаҳат подшоҳга маъқул келибди.

Фариддидин Аттор қилган бу ривояти аслида ботиний маънога эга: Подшоҳ - одам, Вазир - виждон, қайиқ - тобут, кимсасиз орол - ўлимдан кейин борадиган жойимиз. У ерни обод қилиш ўз қўлимизда.


П.с. Ҳаммамизни Аллоҳнинг ўзи иймонли қилсин.

Каналга уланиш👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#shunchaki

Баьзан мақтанишга бошқа нарса тополмай қолсам криллчада ёзолишимни кўрсатаман.

Каналга уланиш👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#dialog #kvartira

- Tur. Soat sakkiz bo'ldi.
- Bor, yuz qo'lingni yuvib kel. Ungacha ozgina uxlay


Kanalga ulanish👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
#hayotiy

- Alo, Ma'ruf jura, yordaming kerak.
- To'g'risi, jura, o'zimgayam pul kerak edi.
- Qayoqdan bilding, ja... (zo'r ekansan degan edi😁)


Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEWkVctFm75pQGZFyw
Forwarded from Fikrim 📝| UYDA via @like
Yo men, yo Google translator Ingliz tilini yaxshi bilmaymiz?

@meningshaxsiyfikrim
2025/07/12 15:30:03
Back to Top
HTML Embed Code: