Telegram Web Link
Turkiston legioni: biz bilgan va bilmagan tarix

Turkiston legioni II Jahon urushiga oid bahsli mavzulardan biri. U urushda asir tushgan markaziy osiyolik sovet askarlari ishtirokida tuzilgan. Legion tuzish g'oyasi, dastlab, Turkiya generali Anvar Poshshoning ukasi Nuri Poshshodan chiqqani aytiladi. U Turkistonni Sovet Ittifoqidan ajratib, Turkiya bilan birlashtirish ishtiyoqida bo'lgan.

II Jahon urushi boshlanib, Turkiston legionini tuzish tashabbusi ko'tarilganda, uni boshqarish o'sha payt Germaniyada yashagan asli turkistonlik Mustafo Cho'qayga taklif qilingan. Cho'qay 1917-yil Qo'qonda tashkil qilingan Turkiston muxtoriyati yetakchilaridan bo'lgan. Muxtoriyat bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, xorijga qochgan va ma'lum muddatdan so'ng Germaniyaga kelib o'rnashgan edi.

Mustafo Cho'qay legionga yetakchilik qilishga rozi ekanini, faqat bitta sharti borligini aytgan: Germaniya kuchlari Markaziy Osiyo chegarasiga yaqinlashganda, bu hududga faqat Turkiston legioni askarlari kirishi kerak, ya'ni nemislar emas. Gitler bu shartga rozi bo'lmagani aytiladi. Mustafo Cho'qay ham legionni boshqarishni rad etgan.

So'ng legion yana bir turkistonlik Vali Qayyumga topshirilgan. 1943-yil legion tarkibida 16 minggacha askar bo'lgani aytiladi.

Legion safida Ro'zi Nazar, Boymirza Hayit kabi taniqli o'zbekistonliklar bo'lgan. Ular legionni tashkil qilish va boshqarishda ishtirok etgan.

Boymirza Hayit urushdan so'ng G'arbiy Germaniyada qolib, ilmiy faoliyat bilan shug'ullandi. Turkiston mavzusida yuzlab maqolalar, kitoblar yozdi. Yevropa va Turkiya universitetlarida, xususan, AQShning Garvard universitetida ta'lim berdi.

Ro'zi Nazar esa urushdan bir necha yil o'tib AQShga ko'chib kelgan va Markaziy Razvedka Boshqarmasida (CIA) uzoq yillar karyera qilgan. Turkiya, Eron va Afg'onistondagi maxfiy missiyalarda qatnashgan. Sovetlarning Afg'onistondagi urushi davrida asirga tushgan o'zbekistonlik askarlarni qutqarib, AQShga olib kelishga yordam bergan.

Uning Vashington yaqinidagi uyiga borganman. Uyining yarmi kitoblar bilan to'la kutubxona edi.

"Bularning hammasini o'qiganmisiz?", deb so'raganimda, "Albatta", deb javob bergan edi. U Afg'onistondagi o'zbek askarlarini qanday qutqargani va boshqa yana ko'plab qiziqarli xotiralari haqida so'zlab bergan edi.

Ro'zi Nazarning to'ng'ich farzandi Zulfiya Nazar (Sylvia Nasar) taniqli jurnalist; Kolumbiya universiteti Jurnalistika maktabida dars beradi. Uzoq yillar "Nyu-York Tayms" gazetasida ishlagan. Uning "A Beautiful Mind" asari asosida ishlangan film "Oskar" olganini bilasiz.

Ro'zi Nazar mustaqillikdan so'ng O'zbekistonga kelgan. Uni O'zbekiston hukumati va prezident Islom Karimov iliq kutib olgani aytiladi.

Ro'zi Nazar 2015-yil 98 yoshida vafot etgan.

Turkiston legionining yana bir a'zosi Abdumajid G'ozi o'g'li AQShning Pensilvaniya shtatida yashaydi. U bilan 2017-yil "Amerika Ovozi" uchun suhbat qilgan edim.

Turkiston legioni bahsli mavzu. Unga qo'shilgan o'zbekistonliklar vatan ozodligi yo'lida kurashgan qahramonlarmi yoki vatanga xiyonat qilgan sotqinlarmi? Bu, menimcha, siyosiy savol. Javobi siyosatga va davrga qarab o'zgaradigan masala.

Ro'zi Nazardan ham, Abdumajid otadan ham shu savolni so'raganman: Gitler g'olib chiqqan taqdirda ham, Turkistonni ozod qilmasligi yoki uning boshqaruvini sizlarga topshirmasligi aniq edi-ku; nega fashistlarga qo'shilgansiz?

Ularning javobi shunday bo'lgan: Biz vatan ozodligi yo'lida, Sovet Ittifoqiga qarshi, kerak bo'lsa, o'sha payt hatto shayton bilan ittifoqqa kirishga ham tayyor edik...

Mening fikrim esa shunday: mavzuga ular haqmidi yoki nohaq, degan nuqtai nazardan qaramaslik kerak. Biz, shunchaki, tarixni o'rganishimiz kerak. Maqsad kimnidir qoralash yoki oqlash emas, balki haqiqatni bor-bo'yicha aniqlash bo'lishi kerak.

Tarix sahifalari faqat oq va qora bo'yoqlar bilan chizilmagan; voqealar juda murakkab. Ularni o'rganishimiz va tegishli xulosa chiqarishimiz kerak.
© Vashington kundaligi

@Fwriter
Agar karantin bo'lmaganda kecha kuratrimiz boshchiligida butun kursdoshlar bilan "Ilhaq" kinosiga tushardik. Bilet esa o'z yonimizdan
@Fwriter
Ha juda zo'r motivatsiya bu.
@Fwriter
Mana bizni "jonajon" universitetimizni tug'ilgan kunlari ekan. 28 yildan beri faoliyat yuritayapti bu universitet. "Lekin oxirgi 3 yilda juda katta o'zgarishlar bo'ldi".

P.s. zo'r gapirdim a😂
@Fwriter
Universitetimizning 28 yoshga to'lishi munosabati bilan rektorimiz ajoyib sovg'a tayyorlagan ekan.

P.s. Rektorimiz 1 oylar oldin boshqa oliygohga rektor bo'lgandi
@Fwriter
Oliy ta'limda olib borilayotgan izchil islohotlar, oxirgi yillarda ba'zi sohalarga berilayotgan katta e'tibor hamda ta'lim sohasidagi ulkan o'zgarishlar samarasi o'laroq megabaytim tugadi.

@Fwriter
Abituriyentlar Oliy o'quv yurtiga kirishni oliy maqsad qilib oladi. Qaysi yo'nalish bo'lmasin, (oliy) maqsad - Talaba bo'lish. Oson, erishiladigan narsani Oliy maqsad qilmaslik kerak. Balki, osonmasdir. Bizni tizim talaba bo'lshni qiynlashtirib yuborgan. Aslida, abituriyent o'zi istagan yo'nalishiga oson kira olishi kerak. Shunda yoshlikdan oliy maqsadi talaba bo'lish emas, o'z sohasining yetuk mutaxasisi yoki aynan o'z sohasini chuqurroq o'rganish bo'ladi. Oliy maqsadi o'qishga kirish bo'lsa, talaba bo'lgandan keyin nima qilishni bilmay qolishadi. Yana Oliy maqsad o'ylab topish kerak. Lekin ikkilanish bo'ladi. Natijada, nimadirga erishish qiyin bo'lib qoladi.
@Fwriter
Bizda, haliyam, faqat suv ombor va 2 ta daryo bor. Okean va dengizlarga yaqin yashasak, nima bo'lardi?
@Fwriter
Hayit va arafa kunlari narxlar yana bir qalqib ko'tarilib oladi. Ogohlantirish-da bu ham.
@Fwriter
Viktoriya sharsharasi qayerda joylashganligini bilasizmi, dunyodagi eng ko‘p yashin turadigan davlatnichi, Okeanlar haqda nima bilasiz?
Sayyoramizning siz tasavvur ham qilmaydigan ajoyib manzaralarini va Olamning bizga ma‘lum bo‘lmagan sirlarini oshkor etib boruvchi
yovvoyi olam kanalini tavsiya qilaman. Yaxshi hordiq chiqarishda yaxshi hamroh.

Kanal qimmatli bo‘lsada obunasi tekin.
Go:
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAFL_J4aNp8rik4VUPw
Forwarded from Freedom writers
ОХИРГИ КУН...

Ўтиб борар ўттизинчи кун ( баъзан 29-кун:)
Эшитилар шом учун азон.
Алвидо, дейишга қўрқаман,
Кўришгунча, дейман, рамазон...

"Елканлари уфққа шўнғиган
Манзарани эслатган каби
Қайларгадир савоб кўтариб
Сузиб борар умр маркаби.

Мен оролда қолаётган ўй --
Ўша эртакдаги Робинзон...
Ўн бир ойлик ёлғизлигим қўй,
Сени кутмоқ -- шараф, Рамазон!

Биттадан ёз, ҳам қишу баҳор
Ўтказамиз, хўп, майли, дегин.
Суюклигим, лекин ваъда бер --
Мен шўрликни соғиниб келгин.

Елканларинг хилпиллат маҳзун,
Ол менданам кўп-кўп хавотир.
Ҳа, рамазон, билмайсан-да сен,
Йўқлигингда не ишлар содир...

Сен келасан, гуллар бу маскан
Воқиф бўлиб азалий сирдан.
Ўн бир ойда дилимни эзган
Гуноҳларим куяди бирдан.

Унутилар ортдаги заҳмат,
Пешонамда раҳмат терлари.
Кўз ёшлардан қолармиканей
Юракнинг ваҳм, мавҳум кирлари?!

Соғинчинг-ла бут бугун юрак --
Такрор-такрор васлингга етиш
Ва қўшимча биргина тилак:
Бу оролдан сен билан кетиш!!!"

Кўнглим энди тамомийла тўқ,
Тугаб қолди шомга ҳам азон --
Луғатимда хайр сўзи йўқ,
Кўришгунча, дейман, рамазон!

Алвидо, дейишга қўрқаман...

Xayrulla Hamidov she'ri


👉 @ijtimoiynigoh 👈
Ўзбек халқини "отиб ташласаям норози бўлиб намойишга чиқмайди" дейишади. Вақтида чиққан. Талабалар шахарчасидаги талабалар намойиши, Андижондаги воқеалар... Хулоса шуки, "Отиб ташласанг ҳам чиқмайман, чиқсамам отишади" деган нарса қолиб кетган мийяда)
@Fwriter
Миндее об қарасам, мен энг зерикарли вилоятда яшарканман. На ҳоким қовун туширади, на бир коронавирус бор😂
Жиззахда зерикдим, хуллас
@Fwriter
Insonda har doim kamida 2 ta tanlov bo'lishi kerak:
Masalan, qirg'izlar begonalarga qizini berish odat emas. Ya'ni qarindosh bo'lmasa qiz bermaydi. Lekin, shu bilan birga qiz o'g'irlab to'y qilish odati bor.

UzAvtomotors eshitib qo'ysin. Haymi)
@Fwriter
Sardobani buzgan baliqlar haqida gapirgan, menimcha.
@Fwriter
Kimdir layk so'ragan payti men
@Fwriter
Tug'ilgandan millioner bo'lish shu bo'lsa kerak
@Fwriter
2024/09/27 04:23:46
Back to Top
HTML Embed Code: