Telegram Web Link
Sam Altman Qaytdi

Sam A. OpenAI rahbarligidan bo'shatilganiga 24 soat bo'lmay kompaniyaning 730 nafar ishchisi Microsoftga ishga o'tishini ko'rsatib direktorlar kengashiga murojaat bilan chiqishdi. Va nihoyat, 1 hafta to'lmay turib, Sam A. ni lavomizimini tiklashga majbur bo'lishdi.

Menimcha, bunday bo'lishiga Microsoftning o'rni katta, chunki Satya N. o'zining tvitida: "uning hamkasblari uchun ham imkoniyat yaratamiz" - deya OpenAI ishchilariga Sam A. bilan yana ishlay olish uchun muqobil yo'l ko'rsatib qoydi.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Amaliy Loyiha No. 10

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Google Qil
googlethat4u loyihasining clonenini yarating. Buning uchun frontend bilimi kerak bo'lishi mumkin.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi..

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
Meni Video-Darslarimni Ko'rmang!

Mening YouTube kanalimda 200 ga yaqin video-darslar bor. "Barchasini ko'rib chiqsam dasturchi bo'laman", - degan xayolda bo'lsangiz adashasiz.

Davomi...

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
.NET Mohirdevda!

Bir muddat oldin mohirdev platformasida .NET bo'yicha kasbga yo'naltirilgan kursimni chiqargandim. Ko'p beriladigan savollarga qisqacha javob bermoqchiman:
- "Kurs 0 danmi?"
- Ha

- "Bitirib "Junior" bo'lamanmi?"
- Ha, lekin bitirish degani faqat video-darslarni ko'rish degani emas. Muvaffaqiyatli bitiruvchilar men bilan doimiy aloqada bo'lishgan va haftalik uchrashuvlarni o'tkazib yuborishmagan. Barcha tirishqoq o'quvchilarni jamoaga olib real-loyihada tajriba ulashib kelmoqdaman.

Aytgancha, Daho videolar turkimidagi dasturchilarning 30% mohirdev kursimni bitirib jamoaga qo'shilishgan.

.NET Praktikumga havola

#mohirdev

Telegram | YouTube | Linkedin
Siz Uchun Hadiya!

Oxirgi Tarteeb School bitiruvchilarining darslarini ommaga bepul taqdim qilyapmiz. Darslar haftada 3 kun mening YouTube kanalimda soat 20:00 da efirga uzatiladi.

Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari yangi C# darslarini o'tkazib yubormang.

Birinchi dars

P.S. Dasturlashni endi boshlayotgan do'stingiz bilan ulashing

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
🗓 Bugun 20:00 da C# va .NET darslarinig keyingi soni efirga uzatiladi.

🔗 2-darsga havola

P.S. Eslatib o'taman Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari darslar chiqarilyapti.
3 Kun Qoldi

O'zbekistondagi birinchi Microsoft texnologiyalariga doir konferensiyaga kam vaqt qoldi. Muhammadkarim To'xtaboyev boshchiligida tashkilotchilar tun-u kun mehnat qilishyapti. Bular qatorida Xondamir Abduxoshimov alohida tahsinga sazovor.

Ba'zi so'zga chiquvchi mutaxassislar ro'yxatini chiqaryapman. O'ylaymanki, har bir ishtirokchi uchun manfaatli va qiziqarli konferensiya bo'ladi.

P.S. Ushbu postni .NETchi do'stlaringiz bilan ulashing, bu tashkilotchilarni hamma tanishini xohlardim

#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
🗓 Bugun 20:00 da C# va .NET darslarinig keyingi soni efirga uzatiladi.

🔗 3-darsga havola

P.S. Eslatib o'taman Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari darslar chiqarilyapti.
President Tech Awards

Xabaringiz bor shu kunlarda President Tech Awards sovrini uchun tanlov davom etyapti. Har bir dasturchi ushbu ovoz berishda faol qatnashishi kerak deb hisoblayman. Chunki, siz bergan ovoz qozonilgan pul yutug'i bilan katta biznesga aylanib ketishi mumkin.

Shuning uchun, ushbu postda men bilgan loyihalar haqida qisqacha aytib o'taman va har bir yo'nalish bo'yicha sizga yoqqan loyihaga ovoz berishingizga chaqirib qolaman.

Tadbirkorlik yo'nalishi - Infini loyihasi. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurchi xaridorlarni bog'lovchi loyiha.

Kiberxafsizlik yo'nalishi - Alator loyihasi. Vebsaytingizni xavsizligini oshiruvchi loyiha

Agar yuqorida aytilgan loyihalardek qiziqarli loyihani bilsangiz albatta izohlarda yozib qoldiring

P.S. Ovoz berish bo'yicha video instruksiyani Infini loyihasi misolida quyidagi video orqali o'rganishingiz mumkin.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Lexi English Bot

Stajirovka davomida o'tgan oy bitiruvchilari sun'iy intellekt yordamida Ingliz tilidagi nutqingizni tekshirib beradigan loyiha qilishdi.

Shunchaki ingliz tilida gapirib jo'nating va turli yo'nalishlar bo'yicha baholaning

@LexiEnglish_bot
Azure

Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan infrastruktura xizmati. 100dan ortiq xizmatlarni dasturchilar uchun taqdim qilib kelyapti.

Qozoqistonda bo'lib o'tgan Azure Day da ham aynan Azure App Insights xizmati haqida nutq so'zlagan edim. Ularning ichki hamjamiyati uchun yana bir suhbat tashkillashtirishni so'rab aloqaga chiqishdi. Bu safar Azure Speech Services haqida chiqish qilaman.

Aytgancha, amaliy kursimizni tashkil qilganimizga ham 1 yil bo'libti. Bepul stajirovka davomida o'quvchilarimiz Azuredan bemalol foydalana oladigan darajaga chiqishadi. Misol uchun, @LexiEnglish_Bot Azure Speech Xizmatlarini ishlatadi.

P.S. O'zbekistonda Azure o'rgatadigan kurslarni bilsangiz izohlarda yozib qoldiring.

#azure

Telegram | YouTube | Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GitHub 2023

2023-yil ham yakuniga yetib boryapti. Yil davomida qilgan turli ishlarimni sarhisobini yuklab boraman. Keling, birinchi GitHub sahifamdagi statistikalardan boshlasak.
1. Eng ko'p ishlatilgan tillar: I - C#, II - typescript (ha, full-stack dasturchiman)
2. Commitlar: 3545
3. Open-Source PRlar soni: 46

Yuqoridagi video va statistika GitHub Unwrapped tomonidan yaratildi.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/27 17:26:20
Back to Top
HTML Embed Code: