Telegram Web Link
.NET Aspire

.NET 8 ommaga taqdim qilindi. Meni e'tiborimni tortgan yangi texnologiyalardan biri bu .NET Aspire bo'ldi.

Hozirda .NET yordamida juda katta loyihalar tuzish mumkin va bunday loyihalar tuzishning eng murakkab jihati boshqaruvning qiyinglida. .NET Aspire esa bu murakkablikni soddalashtirishi va loyihalar infratuzulmasini boshqarishda qo'l berishi ta'kidlanyapti.

Bu texnologiya yordamida siz loglarni boshqarishingiz, dastur ishlash analitikasini ko'rishingiz va ko'plab texnologiyalarni bir joydan sozlashingiz mumkin.

P.S. .NET Conf hali ham davom etyapti.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Dasturlashni O'rganamiz

YouTube platformasida kanalim borligidan xabaringiz bormi? U yerda 3 yildan buyon orttirgan bilim va tajribalarim bilan ulashib kelmoqdaman. Obuna bo'lishni unutmang!

P.S. 16-noyabrda yangi daholar haqida video chiqadi.

Telegram | YouTube | Linkedin
Amaliy Loyiha No. 7

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Secret Box
Foydalanuvchi maxfiy yozuvni consolega kiritsin va siz unga o'sha yozuvni tanib olish uchun kod bering. Dasturingizga o'sha son kiritilsa maxfiy yozuvni chiqaring (faqatgina oldin bu xabar ko'rilmagan bo'lsa). Ya'ni, bir xabar faqatgina 1 martta ko'rilishi mumkin.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi..

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
15 Kun Qoldi!

O'zbekistonda ilk bor Microsoft Ignite tadbirini kutib oling. 2-dekabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan bu event O'rta Osiyo bo'yicha ko'plab dasturchilarni bir joyga yig'adi.

1 kun davomida siz .NET 8 dan tortib Sun'iy Intellektgacha (AI) bo'lgan turli mavzular haqida dunyoning eng kuchli dasturchilarining masterklasslariga qatnasha olasiz.

Muhammadkarim To'xtaboyev O'zbek yoshlariga Microsoft eshiklarini ochish uchun astoyidil mehnat qilyaptilar va bu tadbirning asosiy tashkilotchisi bo'ladilar.

.NET texnologiyalari haqida eng oxirgi trendlarni o'rganmoqchi bo'lsangiz va ko'plab dasturchilar bilan tanishmoqchi bo'lsangiz (networking) bu tadbirni o'tkazib yubormang.
Ro'yxatdan o'tish uchun: MDC Uzbekistan

P.S. barcha .NETchi do'stlaringiz bilan ulashing

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
ITalk

Dasturchilar uchun ingliz tili va yumshoq ko'nikmalar darslarimizning bir natijasini ulashmoqchiman.

Iyul oyida qabul qilingan guruh bugun o'quv kurslarini tugatishdi va stajirovka boshlashdi. Yuqorida ularning rezyumelarini ko'rishingiz mumkin.

ITalk kursi ular uchun bepul intensiv ravijda o'rgatildi. Quvonarli tarafi shundaki yigitlar loyihalarining presentatsiya qismini ingliz tilida qilishdi.

Tez orada video YouTubega yuklanadi.

#ITalk

Telegram | YouTube | Linkedin
Daho - Tarteeb School Bitiruvchilari

Iyul oyida yig'ilgan guruh C#, .NET, The-Standard modullari va ITalk intensiv kursini bitirib stajirovkani boshlashdi.

O'quv kursi yakuniga ko'ra tuzilgan amaliy loyihalarni Daho videolar turkumining 9-sonida ko'rishingiz mumkin. Toshkent vaqti bilan 19:15 da efirga uzatiladi

Videoga havola

#daho

Telegram | YouTube | Linkedin
Efir boshlandi...
Mira Murati - OpenAI Boshlig'i

"OpenAI bizning maqsadimizni ro'yobga chiqarish uchun maxsus shakllantirilgan. Ya'ni, maqsadimiz - Umumiy Sun'iy Intellekt (Artificial General Intellegent - AGI) butun insoniyatga foyda keltirsin. Biz Samning kompaniyaga asos solgani va qo'shgan hissasidan minnatdormiz. Ayni paytda, yangi rahbar kerak, - deb hisobladik. Kompaniyaning tadqiqot, mahsulot va xafvsizlik bo'limining rahbari o'laroq, Mira vaqtinchalik umumiy rahbar sifatida ishni boshlash uchun yetarlicha malakali. U OpenAI o'tish jarayonida kompaniyani boshqara olishiga to'laqonli ishonamiz".

Yuqorida OpenAI direktorlar kengashining Sam Altmenning rahbarlik unvonidan chetlashtirilishining ochiqlama xatidan keltirilgan iqtibos.

Eslatib o'taman, Steve Jobs ham o'zi asos solgan Apple kompaniyasidan chetlashtirilgan edi.

P.S. Steve Jobsga keyin nima bo'lgan? "Uning qismati Samda takrorlanyapti", - deb o'ylaysizmi?

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Amaliy Loyiha No. 8

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Excel Importer
Loyihaning asosiy maqsadi excel fayldagi ma'lumotlarni ma'lumotlar bazasiga o'tkazish kerak. Loyihaning murakkabligini oshirish uchun 10ta ma'lumotning 5-chisida bazada shart bo'lgan ma'lumotni bo'sh qoldirishingiz kerak. Shunda bazada 9 ta ma'lumot kiritilishi kerak. Bu loyihani istasangiz sodda console loyihasida yoki API loyihasida qilishingiz mumkin.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi..

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
Sam Altman - Xush Kelibsan (Microsoft)!

Sam Altman endilikda Microsoft kompaniyasida ishlay boshlashi ma'lum bo'ldi.

"... biz Sam Altman va Greg Brockman, hamkasblari bilan birgalikda Microsoftdagi takomillashgan Suni'iy Intellekt (SI) tadqiqot jamoasini boshqarishlarini e'lon qilishdan bag'oyatda xursandmiz. Ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun kerakli barcha resurslarni ta'minlash uchun tezlik bilan harakat qilish payiga tushganmiz.", - deb yozdi Satya Nadella.

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Amaliy Loyiha No. 9

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Link Shortener
Console loyiha 2 ta amalni bajara olishi kerak. Birinchisi uzun link berilganda qisqartirib qaytarishi kerak (har ikkalasini bazada saqlashi kerak). Ikkinchisi, qisqa link kiritilganda bazadan uning uzun versiyasini qaytarish kerak

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi..

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/27 15:26:01
Back to Top
HTML Embed Code: