Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kemaga chiqishga 10 daqiqa qolganda, bilet olish mashinasi "перезагрузка" berishga qaror qildi.

Sizda ham windows bilan shunday holat bòlganmi?
Qaramay Yozish San'ati

Dasturlashga endi kirib kelayotganimda o'rgangan eng foydali ko'nikma - bu klaviaturaga qaramasdan yoza olish, deb bemalol ayta olaman. Har qachon .NET o'rgatish uchun guruh ochganimda ham birinchi darsda shu haqida aytib o'taman.

Buning bir nechta foydalari bor. Misol uchun:

1️⃣ E'tiborni kod yozishga emas, balki dastur orqali hal qilishni xohlayotgan muammoga qaratasiz

2️⃣ Barmoq va bilak bo'g'imlarida og'riqni kamaytiradi (hali og'rimayotgan bo'lsa, oldini oladi)

3️⃣ Boshqalar bilan birga kod yozayotganingizda ularni sekin yozishingiz bilan kuttirib qoymaysiz.

typing club deb nomlanuvchi veb-saytdan o'rganishni maslahat beraman.

P.S. hali ham 2 ta barmog'i bilan kod yozayotgan o'rtog'ingizga ulashing!

#productivity

Telegram | YouTube | Linkedin
Channel photo updated
Chiroyli Nom!

O'tgan hafta mobaynida chiqarilgan #CSharpCodingStandard mavzusidagi postlarimiz xalqaro miqyosda 100 minglab dasturchilar e'tiboriga tushdi. Aynan obyektlarni nomlash haqidagisi esa 221 ming obunachiga ega YouTube kanal egasi Nick Chapsas muhokamasiga sabab bo'ldi.

Shaxsan uning uchun lambda expression larda o'zgaruvchi nomini to'liq yozish ortiqcha ish ekan. LEKIN 2 va undan murakkab parametrga ega bo'lsa unda chiroyli nom berishni afzal ko'rar ekan.

Bu masalada sizning fikringiz qanday?

P.S. Aytgancha videoni bu yerdan ko'rishingiz mumkin

Telegram | YouTube | Linkedin
.NET 8

Hamjamiyatimiz keyingi oyda taqdim qilinadigan .NETning 8-versiyasi haqida gapirishyapti. Bizning CashOverflow loyihasi esa 3 oy oldin allaqachon .NET 8 ga o'tkazilgan.

Ustozimdan o'rgangan maslahatlarimdan biri ham shu:

🗣 As a developer, you should constantly be using cutting-edge technologies as much as possible.

P.S. Izohlarda tarjimasini qoldiring.

Telegram | YouTube | Linkedin
Hech Kim Sizni Ishga Olmaydi!
(Yohud, Muvaffaqiyatning 3 Kaliti)

Afsuski, bizning sohada loyihaga o'z hissangizni qo'sha olmas ekansiz, sizni olishmaydi. Qalban, aqlan va jismonan kuchli insonlargina dasturlash sohasidagi qiyincihliklarni yenga olishlari mumkin.

Qalb kuchi - insonparvarlik va mehr qalbida bor insonlargina jamiyatga foydasi tegadigan loyiha tuzish haqida o'ylashadi. Buzg'unchilik va shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash (ularni sotib pullash) niyatida yaratilgan dasturlar, qalb kuchi bo'lmagan dasturchilar "asarlari"dir.

Aql kuchi - dastur tuzish uchun dasturlash tilini o'rganish bilan birgalikda ko'plab texnologiyalarni o'rganish kerak. Yillar davomida tinimsiz ilm olishga majbursiz. Bundan tashqari, hech kim sizning miyangizga ilmni joylab qoyishi ham mumkin emas. Onlayn darslar va materiallar faqatgina yo'l ko'rsatadi xolos. Ulardan foydala olish va o'zingizga singdirish mutlaqo o'zingizning qo'lingizda.

Jismoniy kuch - "dasturchi uchun bu nima uchun kerak?" - deb, o'ylashingiz mumkin. Ammo, 8 soat o'rningizdan turmay o'tirish va tinimsiz kompyuter ekraniga qarash sizdan juda ko'p jismoniy kuch talab qiladi.

Shuning uchun dasturlashda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz yuqorida sanab o'tilgan jihatlarga alohida e'tibor bering.

Telegram | YouTube | Linkedin
Yuqoridagi kod parchasida qanday muammolarni ko'ryapsiz?

Telegram | YouTube | Linkedin
StackOverflow dam olayotgan ekan! Qayerdan savolimga javob topishni ham bilmay qoldim.

Bu platformadagi kichik uzilish ham dasturchilar jamiyati uchun xiyonatdek go'yo.


Telegram | YouTube | Linkedin
Uchrashuv Belgilash Usullari

Ishlash jarayonida sizda dastur bo'yicha ma'lum savollar, tushunmovchiliklar tug'ilishi yoki vaziyatni o'zgartirish maqsadida ma'lum fikrni bildirish istagi paydo bo'lishi tabiiy hol. Bu vaziyatda siz "senior" dasturchi yoki "team lead"ga qanday murojaat yo'llashingiz kerak?

- Can we have a quick call please?
- Can we have a quick call on the bugs in authorization process, please?
- Can we have a short meeting, please?
- Can you spare some time, please?

P.S. Ushbu murojaatni standup meeting jarayonida guruh oldida emas balki shaxsan o'ziga fikr yo'llamoqchi bo'lganda ishlating...

#TarteebEnglish #SoftSkills

Telegram | YouTube | Linkedin
Qabul!

Tarteeb School yangi qabul e'lon qiladi.

Dasturlash kursi qanday tartibda olib boriladi?

Birinchi 2 oy davomida C# va .NET o'rgatiladi. Va umumiy 2 mln 400 ming so'm turadi (oyiga 1mln 200 ming so'mdan)

3-oy The Standard kitobi bo'yicba loyiha qilishni o'rganasiz. Bu bo'lim bepul o'qitiladi - ustoz-shogird an'ansiga muvofiq.

4 va 5 oylar davomida tarteeb.uz loyihasida amaliyot o'tashingiz mumkin, agar sinovlardan muvaffaqiyatli o'ta olsangiz.

Murojaat uchun: @ElbekDeveloper

P.S. joylar cheklangan

P.S. 2
Bizda o'qish davomida odatiy ish e'lonida ko'radigan barcha texnologiyqlarni o'rganishingiz mumkin.
20. Homework.txt
661 B
Ko'pchilik to'g'ridan-to'gri amaliyot qilish maqsadida yozishyapti. Yuqorida darslar davomida berilgan vazifani ko'rishingiz mumkin. Agar hech qanday izlanish olib bormay har bir savolga mustaqil javob bera olsangiz Github accountingizni va qilgan loyihangizni loom.com orqali videoga olib tashlang.

Sizni amaliyot uchun ko'rib chiqishga tayyormiz.

Lekin, savollarga javob berishga qiynalsangiz amaliyot emas, kurs masalasida yozishni maslahat beraman.
2024/09/27 11:22:47
Back to Top
HTML Embed Code: