Telegram Web Link
Vention (avvalgi nomi iTechArt) kompaniyasida .NET yo'nalishida amaliyot e'lon qilishdi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
English for IT in #TarteebEnglish

Chet el jamoalarida "Standup Meeting" tushunchasi bor. Bu har kunlik qilingan ishingiz haqida guruhda hisobot berish, yuzaga kelgan muammoni jamoa boshlig'i (team lead) bilan yoki a'zolari bilan muhokama qilish (imkoni bo'lsa ularning birortasi bilan qisqa qo'ng'iroqlashishni so'rash), hamda ertangi ish rejalarini muhokama qilishdan tashkil topadi. Uchrashuv uchun har kun aniq vaqt belgilangan bo'ladi va kompaniya xohishiga va ish hajmiga ko'ra ma'lum muddat davom etadi. (Odatda 30-40 daqiqa)

Standup meetingda o'zini tutish, so'zlashuv tartibi, muammoli vaziyatlarni qanday izohlanishi, qatnashish imkoni bo'lmagan holatlarda buni tushuntirish tartibi va intizomlari haqidagi ma'lumotlar #TarteebEnglish darslarida batafsil o'rgatiladi.
Ulardan qisqa lavhalar keyingi postlarda beriladi.

#soft_skills

Telegram | YouTube | Linkedin
English for IT in #TarteebEnglish

Standup Meeting davomida sizning team leaderingiz sizdan quyidagi savolni albatta so'raydi.

TeamLeader:
- Ok, Islam. Can you provide status update on your task?
(Islom, bugungi qilgan ishlaringizdagi o'zgarishlar haqida malumot bera olasizmi?)

Islam:
- Sure, I optimized the performance of Customer's page. I have no blockers for today. (Albatta! Bugun xaridorlar sahifasini yuklanishini tezlashtirdim. Boshqa muammo yo'q.)

P.S. Izohlarda bugun nima qilganingizni Inglizchada yozib qoldiring.

#soft_skills

Telegram | YouTube | Linkedin
AI Juniorni Ishini Olib Qoyadimi?

Bu mavzuda avval bir necha sun'iy intellekt modellarini sinab ko'rish davomida muhokama qilgan edik. Ammo, buni amaliyotda sinab ko'rishga harakat qildim va rasmda ko'rib turganingizdek buni videoga olishni boshladim.

Sun'iy Intellektdan real sodda loyiha tuzishda hech qanday foyda yo'qligiga 100% ishona olishim uchun 1 soat yetarli bo'ldi! (Keyin jamoamdagi kuchli junior dasturchilarga ishni topshirishga qaror qildim, ular deyarli yakunlashdi)

Izohlarda siz ham to'laqonli dasturni AI yordamida tuzishga harakat qilib ko'rganmisiz yo'qmi fikringizni albatta yozib qoldiring!

P.S. Bu videolarni YouTubega yuklashimni xohlaysizmi? Shu post ostida 100 ta 👍 yig'ilsa yuklayman va bu jarayonni ko'rishingiz mumkin bo'ladi!

#ai

Telegram | YouTube | Linkedin
Har 10 Amerikalikning 1 tasi HTML - bu OITS/OIV kabi kassalik deb o'ylar ekan.

#off

Telegram | YouTube | Linkedin
ChatGPT va Copilot yordamida dastur tuzish videolari YouTube kanalimga yuklandi.

Ushbu havola orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin.

P.S. Bu videolar dars emas!
English for IT #TarteebEnglish

Intervyu jarayonida nomzodlar orasida sizni ajratib turadigan va ishga olinish ehtimolligingizni oshirishga yordam beradigan bir maslahat.

Odatda bunday suhbatlarda "faqat berilgan savollarga qoniqarli javob berish kerak", - deb tushuniladi. Ammo unda to'liq va aniq javob berishdan tashqari ,o'zingizni qiziqtirgan savollarni ham berishingiz kerak. Masalan:

Candidate
-What do you expect most from the junior engineer in your team?(Guruhingizdagi yosh muhandisdan eng ko'p nimani kutasiz?)

-Can you give some information on evaluation processes when I want to move up in my career ladder?
(Mavqeni oshirish davri qancha muddatda amalga oshirilishi haqida malumot bera olasizmi? Ya'ni junior dan middle ga o'tish uchun korxonaning siyosati haqida malumot nazarda tutilyapti)

-Does the company provide any necessary literature or fund the related training courses for levelling up the engineers?
(Kompaniya o'z muhandislarining malakasini oshirish uchun kerakli adabiyotlar bilan ta'minlaydimi yoki biror malaka kurslarida o'qitishni zimmasiga oladimi?)

-What are the general steps for salary increase?
(Maosh oshirish jarayoni qanday olib boriladi?)

Ushbu savollarni suhbatda so'rashga siz nomzod sifatida to'laqonli haqlisiz va bunday savollar so'rash orqali siz yuqori ehtimolli nomzodlar qatorida xotirasida qolishingiz shubhasiz.

#interview_tips #soft_skills

Telegram | YouTube | Linkedin
Tarteeb 3.0 guruhning yakuniy darslarida o'rgatilayotgan bilimlardan parcha.

Yuqorida ko'rib turganingiz event ni eshitib turuvchi methodning mantig'ini tekshiruvchi unit test.

Murakkab mavzularni Tasweer AI bosh dasturchisi Nodirxon o'tyaptilar.

Telegram | YouTube | Linkedin
Bugun yakshanba o'zingizga dam bering. Dasturlash qochib ketmaydi!

Videodagi yigitni o'zi bilmagan o'yinga tushishga harakat qilishini qarang.

#off
In the first 10 years of your career, be in the team where you are considered the junior developer in terms of experience of other engineers. It is not the time to sit back and brag about that you are the youngest senior/team lead. It is time to find great engineers who are more experienced and older than you and absorb as much experience/wisdom as possible.

Be patient and keep learning!

P.S. Yuqoridagi gapni tarjima qilib, izohlarda yozib qoldiring.

#TarteebEnglish

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OverflowAI

Hammamiz sevib ishlatadigan StackOverflow sahifasi ham endikda sun'iy intellekt kuchidan foydalanishni boshladi.

Loyiha ommaga taqdim qilinishini kutib qolamiz.

Nima deb o'ylaysiz, bu yangilikdan so'ng stackoverflow saytining o'zi barcha savollarimizga javob topishimizga yordam bera oladimi? (Google ga ehtiyoj qolmaydimi?)

#ai

Telegram | YouTube | Linkedin
"Ilmga erishdim deganlar, ilm yo'lidan chiqib - ilmsizlik tomon yurish boshlaganlardir. Zero, ilm - manzil emas, balki safardir"

Yuqoridagi gap bizning sohada o'z tasdig'ini topadi. Siz dasturlashda ilmni doimiy izlamas ekansiz, bu soha talabiga javob bera olmaydigan bo'lib qolasiz.

Telegram | YouTube | Linkedin
Tarteeb Jamoasi - Xalqaro Jamoa

Bugun biz uchun unutilmas kun. Tarteeb Jamoasiga Turkiyalik birodarimizni qabul qildik.

Biz katta, kuchli va xalqaro jamoa tuzishni, birgalikda qiziqarli loyihalar qilishni niyat qilganmiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va o'zingiz guvoh bo'ling!

Telegram | YouTube | Linkedin
Diyorjon bizning jamoamizga qiymat bera olgan birodarlarimizdan. Ushbu gaplari menga juda yoqdi. Ko'rib chiqishni maslahat beraman.
Puxta Asos!

Dasturlash asoslarini puxta o'rganishingiz kerak. Agar ma'lumot turlari, shartlar va "loop" mavzularini shunchaki video orqali ko'rib o'rganib ketgan bo'lsangiz, darhol ortga qayting. Real loyihalar tuzing, shundagina keyingi qadamlarni o'rganishda qiynalmaysiz.

"Qanday loyiha tuzsam bo'ladi?" - deysizmi?!

Quyida birodarimizning 4 loyihalarini misol qilib olishingiz mumkin.
1. Calculator
2. GeometryGuru
3. Doviz
4. Averagely

P.S. Agar GitHub dan qanday foydanalishni bilmasangiz, dasturni yuklab, ishlatish qo'llanmasini ushbu video ko'rinishida ham ko'rsatganlar

#portfolio #beginner

Telegram | YouTube | Linkedin
English For IT #TarteebEnglish

Turli uchrashuvlar davomida quyidagi jumlalarni ishlatishingiz mumkin:

- “I am on the same page with Jason”
- Men ham Jasonning fikriga qo’shilaman.

- “I am giving the floor to Ozzie"
- So'z navbatini Ozziega beraman.

- “Can you go next, Ozzie?”
- Ozzie, sen davom ettira olasanmi?

- brb (be right back)
- Uchrashuv paytida muhim ishingiz chiqib qolsa qisqa muddatda chiqib turish uchun yozib qo’yishingiz shart bo’lgan izn so'rash.

Telegram | YouTube | Linkedin
Tarteeb Bitiruvchilari Diqqatiga!

50+ bitiruvchilar chiqargan tarteeb jamoasi endilikda barcha bitiruvchilarni bir joyga jamlashga va aloqani yanada yaxshilashga qaror qildi.

Agar siz ham bitiruvchi bo'lsangiz Skype orqali menga yozing va Tarteeb Club ga a'zo bo'ling!

Telegram | YouTube | Linkedin
Ishonch!

500 mln dastur ishlatadigan Moq kutubxonasi ishonchimizni oqlay olmadi. Dastur yaratuvchisi v4.2 versiyada o'zining yopiq kodli SponsorLink kutubxonasini Moq da ishlatgan va foydalanuvchilarining elektron pochta manzillarini o'zining remote serveriga jo'natgan.

Bu dasturchilar jamiyatining g'azabini qo'zg'atdi va Ustoz Hassan Habib o'zlarining CleanMoq kutubxonasini ommaga taqdim qildilar.

Agar siz ham loyihangizda Moq ishlatayotgan bo'lsangiz NSubstitute yoki CleanMoq kutubxonalariga migratsiya qilishni boshlang. Xattoki o'zingizni kichik loyiha bo'lsa ham migratsiya qilish va texnologiyalarni o'zgartirish ko'nikmasini o'rganasiz.

P.S. MacOS bu kiber-xavfdan bizni qutqardi. Bu haqda keyingi postda yozishimni xohlasangiz 👍 bosing.

P.S. .NET da Moq yordamida test yozganmisiz?

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/27 13:26:19
Back to Top
HTML Embed Code: