Telegram Web Link
DoraAI`ning "Mahorati"

Yuqorida ko'rib turgan rasmlaringiz yangi sun'iy intellekt chizib bergan natijalardir. O'ylashimcha, hali bu texnlogiya rivojlanib murakkab CRM, ERP sistemalari yarata olguncha ancha vaqt bor.

Tushunaman, turli landing sahifalar yarata olish imkoniyati tez orada yaxshilanishi mumkin. Lekin, frontend dasturchilarni ham dizaynerlarni ham landing sahifalar ishlarining juda kichik qismini tashkil qiladi.

Murakkab biznes holatlarini sun'iy intellektga tushuntira olish esa kamdan-kam loyiha menejerlarini qo'lidan keladi.

Shuning uchun - gazini bosaveringlar

P.S. NVIDIAning boshlig'i ham "ingliz tilining o'zi yangi dasturlash tiliga aylanadi. Dasturlashni o'rganish kerakmas", - dedi. Ko'ramiz, bu ish amalga oshguncha qancha vaqt ketar ekan.

#ai

Telegram
| YouTube | Linkedin
πŸ—“ Bugun soat 18:00 Threading haqida dars efirga uzatiladi.

πŸ”— 26-Dars
Email

Shubhali va noodatiy ko'ringan xatlarni/havolalarni ochmang. Ishxona bergan email bo'lsin, shaxsiy telegram yoki linkedin accountingizda bo'lsin, yuqoridagidek xatlar kompyuteringiz nazoratini olib/buzib qoyishlariga asos bo'ladi.

Xattoki, amazon.com bilan Π°mazon.com ham bir xil tekst emas. Izohlarda ikki stringni farqini ayta olasizmi?

Telegram
| YouTube | Linkedin
Microsoft For Startups

Microsoft for Startups konkursiga Tarteeb loyihasi bilan ariza topshirgan edim. Qabul qilindik!

Bu nimani anglatadi:
1. Azure AI va boshqa ko'plab xizmatlar uchun $150 000 dan ortiq kredit olish
2. Github, Visual Studio va boshqa Microsoft loyihalari uchun Enterprise subscription olish
3. Microsoft hamkorlaridan qo'llab-quvvatlash va mentorlik olish imkoniyatini beradi.

Kunlik ishim, Tarteeb loyihasi va Tarteeb School haqida postlar yozadigan bo'lsam, sizga qiziq bo'ladimi?

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ—“ Kecha Threading haqida 2-dars efirga uzatildi

πŸ”— 27-Dars
πŸ’» Sharpist AI Hakaton!

Microsoft va Sun'iy Intellekt texnlogiyalaridan foydalangan holda loyiha tuzish sharti bo'lgan hakatonni o'tkazib yubormang.

πŸ—“ Sana: Aprel 19-21, 2024
πŸ“ Manzil: Onlayn

Ro'yxatdan o'ting : mdcuzbekistan.com
Telegram Kanal : @sharpist2024

P.S. Qabul 5-Aprelda yopiladi.

Telegram | YouTube | Linkedin
Open Source - RESTFulSense

Open source loyihalariga hissa qo'shishda davom etyapman. HTTP so'rovlari bilan ishlashni osonlashtiradigan RESTFulSense kutubxonasiga byte[] turidagi ma'lumotlar qabul qilIsh imkoniyatini qo'shib qoydim.

Ushbu link orqali PR ni ko'rib chiqishingiz mumkin.

#OSS

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ—“ Bugun 16:00 da Async/Await haqida dars efirga uzatiladi.

πŸ”— 28-Dars
Chiroyli qilish maqsadida, yechimni aylanib o'tish!

Kecha ochgan PRimda ternary operatorga moslash uchun hech nima qaytarmaydigan, faqatgina validatsiya qilib exception qaytaradigan metodni oxirida null qaytarib qoygan edim.

Lekin, bu kodni texnologiyaga moslash bo'lib qoldi. Ya'ni ternary operator ishlata olish uchun (chiroyli deb o'ylab), kodimni sifatsiz qilib qoydim.

Ochiq-oydin null qiymat qaytarish tavsiya etilmaydi.

Yangilangan kodni ko'rish uchun, ushbu link ustidaga bosing.

#OSS

Telegram | YouTube | Linkedin
Yangi darslar

Me'yor darslarini YouTubega yuklayapman. Murakkab mavzular efirga uzatilib bo'lishi bilan boshlanadi. May oyining o'rtasigacha dasturlash va ingliz tili darslari haftada 3 efirga uzatib boriladi. Barchasini Youtubega yuklab qoydim.

Darslarni kuzatib borayotganlar bormi? Ushbu havola orqali YouTube kanalimga o'tishingiz mumkin.

O'zbek tilidagi darslarimiz ko'pchilikga yetib borishi uchun C# va .NET ga qiziqqan do'slaringiz bilan ushbu postni ulashing.

Telegram | YouTube | Linkedin
πŸ—“ Kecha Async/Await haqida darsning 2-qismi efirga uzatildi.

πŸ”— 29-Dars
Lead

Hassan Habib hozirgi kunda nafaqat Ustozim, balki menejerim hamlar. Keyingi 15 kun ishdan ta'tilgan chiqayaptilar. Bir nechta jamoalarga meni Lead qilib qoldirib ketyaptilar. Bugun qilishim kerak bo'lgan vazifalarimni aytib o'tdilar.

Hayajon, xursandchilik va qo'rquvni bir paytni o'zida his qilyapman. Albatta, bu keyingi pog'onaga chiqishim uchun birinchi qadam. Seniordan Leadga o'tish yillar davomida bo'ladigan sekin jarayon deb hisoblayman (umid qilaman).

Ustozim qaytganlarida, bu mavzuda yana bir post chiqaraman.

#wishmeluck

Telegram | YouTube | Linkedin
Bepul Ta'lim - Insoniy Huquq

Har bir inson bepul sifatli ta'lim olish haqqiga ega. Va bu nazariya bilan ishlaydigan har qanday ta'lim muassasasi tahsinga loyiq.

Shaxsan, yillar oldin Rolling Scopes Schoolda xalqaro mentorlardan juda sifatli ta'lim olganman. Va ulardan doimo minnatdorman. Xuddi shunday, maktab ochilibti Samarqanda. Nomi School 21 ekan. Yaqin do'stim Qirimda shu maktabda o'qib kelgandilar. Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Tarteeb Schoolda hozirda 50% bepul o'qitiladi. Hech qanday investitsiyasiz shu darajagacha tushura oldik. Hozirda xalqaro hamjamiyatlar bilan munozaralar ketyapti. Agar investitsiya jalb qila olsak, biz ham yuqoridagi ajoyib maktablar kabi bepul sifatli ta'lim yo'lga qoyish harakatidamiz.

Sizlarga savol. Bunday imkoniyatlar bo'lgani yaxshi lekin, tajriba shuni ko'rsatib turibtiki qiziqish bildirganlarning aksariyati o'quv kursi oxiriga yeta olishmaydi. Vazifalar qiyin bo'lishni boshlaganda tashlab ketishadi.

Nima deb o'ylaysiz bu muammoni qanday hal qilish mumkin?

#news

Telegram | YouTube | Linkedin
Achchiq Qalampirdan Murabbo Yohud Qora Oq-Qushlar

Qiziq, shunday emasmi? Balki, "Bo'lishi mumkin emas!" - dersiz.

Lekin bunday narsa bor. Yaqinda bir xalq do'konlaridan (Turkiya davlatiga tegishli) birida ko'rib qoldim. Bu biz tasavvur qila olmaydigan, lekin kimningdir hayotida juda oddiy bo'lgan narsalar borligini ko'rsatadi.

Bu holatni ilm-fanda "qora oq-qush" nazariyasi deb atashadi. "Oq-qush, tabiiyki, oq bo'lishi kerak" - deb hisoblaymiz. Ammo, qora oq-qushlar ham mavjud va ma'lum geografik hudularda ular juda ko'p. Faqatgina biz ko'zimiz bilan ko'rganimizgagina ishonib hayotni tasavvur qilishimiz, boshqa tomonda bor go'zallik va sarguzashtlarni his qila olmasligimizga sabab bo'ladi.

Shuning uchun siz aqlingizga sig'maydigan gap yoki g'oyani eshitganingizda 2-tomon haqli bo'lishi ehtimoli borligini o'ylang. Bu g'oya qanchalik ahmoqona tuyulsa ham.

#thoughts

Telegram | YouTube | Linkedin
What is Acceptance Test?

Acceptance tests check how all parts of the system work together. They should verify each available endpoint on the controller and ensure they interact correctly. It's important to understand that acceptance tests are written after the endpoint is fully integrated and functional to ensure that the implementation works successfully. Unlike unit tests, which only check individual components (such as services), acceptance tests check the entire request path, including controllers and interaction with external resources such as databases, as if it were real system usage. Even trying to break the system by changing the controller name, acceptance tests will be able to detect this issue.

(c) Zafar Urakov - Software Engineer at Tarteeb Team & .NET mentor at Mohirdev

P.S. Tushunganingizni O'zbekchada yozib qoldiring.

#interview

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/11/15 11:49:19
Back to Top
HTML Embed Code: