Telegram Web Link
Qanday qilib: "Darrov tugataman" - deyish mumkin

Faraz qiling, sizga berilgan task yakuniga yetishi uchun aytarli hech bir ish qolmagan. Undan so'ng darhol xaridor istagan imkoniyati dasturga qo'shiladi. Va sizdan teamlead ishingiz yakuniga yetgani haqida so'radi, qanday javob qaytarasiz?

Misol:
As soon as I deploy it, you will have the changes.

As soon as - "zahotiyoq", "bilanoq" deb tarjima qilinadi.
Aynan,yuqoridagi misol bunga javobdir. Ya'ni serverga yuklashim bilanoq tayyor bo'ladi.

P.S. Sizda yana qanday misollar bor? Comments da yozib qoldiring.

#TarteebEnglish

Telegram | YouTube | Linkedin
Qabul Yangiliklari!

2 kunda guruhga o'quvchilar yig'ildi va so'rovlar kelib tushishda davom etmoqda. 15-oktyabrga qadar qabul davom etadi va faqatgina yana 1 guruh ochamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Murojaat uchun: @ElbekDeveloper
General Interview Questions

1. What programming languages are you proficient at?
2. Can you give an example of projects you have worked on so far?
3. What do you think is the most important thing to keep in mind when writing good code?

P.S. Yuqoridagi savollar job interview larda eng ko'p uchraydi. Ushbu savollarga siz qanday javob bo'lardingiz.O'z javobingizni izohlarda yozib qoldiring va ingliz tili Ustozimizdan "feedback" kuting.
Javoblaringizni to'g'rilash va boyitish uchun imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

#TarteebEnglish

Telegram | YouTube | Linkedin
Testlarni 100x Tezlashtirdim!

Tarteeb loyihasida 400+ unit testlar yozilgan va oxirgi 1 oyda ularni yuritish 30+ daqiqa olishni boshladi. Bundan keyin CI/CD davomida testlar o'tishini tekshirmay qoygandik. Lekin bu testlarni asosiy vazifasini bekor qiladi. Ya'ni, loyihani serverga joylashdan oldin, mantiq buzilmaganligini ko'rsatadi. Barcha testlar o'tsa, demak avvalgicha loyiha ishlayveradi. Keling test sekin ishlashini sababini ko'rib chiqamiz.

Sabab:
Yaxshi test yozishda kiritilayotgan qiymatlar turlicha (random) bo'lishi kerak. Biz ham Tynamix.ObjectFiller kutubxonasida "random" modellar yaratish uchun ishlatayotgan edik. Lekin, biznes mantiq kattalashgan sayin modellarni ulash uchun ichki modellarni qo'shishni boshladik. ObjectFiller default holatda barcha property'larga qiymat berishga harakat qiladi - ichki modellarga ham. Shunday qilib User modelda 5 ta ichki model bo'lsa va har biri 2 tadan o'rtacha modelga ega bo'lsa har biri random qiymatlar bilan to'ldirib chiqilayotgan ekan.

Yechim:
Rasmda ko'rib turganingizdek, ichki modellarga e'tibor bermaslik mantig'ini yozib qoyganimdan keyin ~18 sekun ichida barcha testlar yurgazib chiqildi. (Avval ~1800 sekund edi)

P.S. Siz qiymatlarni turlicha qilish uchun qaysi kutubxonadan foydalanasiz?


Telegram | YouTube | Linkedin
Istanbul Orzusi. U chaqirdi - Men keldim!

Tarixiy va go'zal shaharga sahoyat qildim va taasurotlarimni siz bilan ulashyapman. Yuqoridagi havola orqali videoni ko'rishingiz mumkin.

P.S. Siz ham Istanbulda bo'lganmisiz? Yoki sayohat qilishni orzu qilasizmi?

P.S.2 Postni Istanbulga sayohat qilmoqchi bo'lgan do'stingizga ulashing.

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega Juniorlarni ishga olishmaydi.

Mohirdevdagi suhbat davomida ozgina tajriba orttirgan yosh dasturchilar ko'p oylik taklif qilinganda ketib qolishlari aytilgan. Bu gapga 100% qo'shilaman va aslida bunday bo'lmasligini xohlar edim.

Agar Junior dasturchi nuqta-i nazaridan qarasak, balki ular yiliga 30 mln+ so'm to'lov shartnomasi bilan universitetda o'qishayotgandir. Balki, oyiga 2-3 mln+ so'mlik o'quv kursini bitirishgandir. Endi qilingan "rasxod"ni ota-onalariga yoki yordam bergan shaxsga qaytarish uchun harakat qilishayotgandir. Buning sabablari ko'p bo'lishi mumkin.

Lekin, 2-3 oy tajriba olib 2-3 mln so'm ortiqcha topaman deb ketib qolgan junior, bir joyda kamida 1 yil qolib ilm olgan juniordan ilmda o'zib keta olmaydi.

P.S. Sizni birinchi ishga olishgan yerda qancha vaqt ishlagansiz (ishlashni reja qilyapsiz)?

Telegram | YouTube | Linkedin
Forwarded from ELBEK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kod Esdan Chiqadi!

Ko'pchilik mendan so'rashadi: "Kodlarni yodlashim kerakmi?", - deya.

Yo'q. Googledan izlashni bilsangiz kifoya. Muammoni hal qilish uchun qaysi kod parchasi yoki ma'lumot turi kerak ekangligini bilsangiz internetdan izlab topish oson bo'ladi.

Rasmda ko'rib turgan dasturchingiz 800k obunachiga ega frontend ustasi va dars davomida internetdan qidirishdan uyalmayapti. Eng qiziqarlisi izlayotgan muammosiga yechim tariqasida avvalroq video ham chiqargan ekan.

P.S. Sizchi boshqalar ko'rib turganda, googledan qidirishga uyalasizmi? "Shuni ham bilmas ekan", - deyishlari haqida o'ylaysizmi?

Telegram | YouTube | Linkedin
Azure Day

Bugun Qozog'istonda Azure kuni bo'lib o'tyapti va O'zbekistondan 2 dasturchi spiker sifatida taklif qilingan - Men va Muhammad Karim aka.

Shunday, qilib Tasweer loyihasi arxitekturasi va App Insights haqida nutq qilyapman.

Efirga uzatish boshlangda ushbu kanalda ulashaman.
Ushbu havola orqali registratsiya qilib, efirni ko'rishingiz mumkin.
"Gentra"dan Chiroyli Avto Bor(mi)?

Ankara shahrida klasik avtomobillar festivali bo'ldi va ba'zi tasurotlarni siz bilan ulashyapman.

Videoga o'tish

Telegram | YouTube | Linkedin
Amaliy Loyiha No. 1

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Karra Jadval
Rasmda ko'rsatilgandek karra jadvalni consolega chiqaring.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi. Natijani commentda qoldiring.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 2

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Sodda Kalkulyator
Kalkulyator loyihasini tuzing. Foydalanuvchi misolni kiritsin va siz natijani hisoblang.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 3

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Averagely
1. Foydalanuvchidan nechta son o'rta arifmetigini hisoblashini so'rang.
2. Misol: 10 deb kiritsa, 10 ta qiymat qabul qiling
3. O'rta-arifmetigini hisoblang

Example: Jamshidbek's Averagely

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 4

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Guessing Game
Bir tasodifiy (random) qiymat yarating. Va foydalanuvchidan ushbu qiymatni topmaguncha, qiymat kiritishini so'rashda davom eting. Agar kiritilgan son kichik bo'lsa "kichik", katta bo'lsa "katta", deb ekranga chiqaring.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
Intervyu Savollari No. 1

Ishga kirish uchun birinchi navbatda intervyudagi savollarga qoniqarli javob berishingiz kerak. Ushbu postdagi savol haqida o'ylab ko'ring va izohlarda javobingizni qoldiring

C#da new kalit so'zi haqida bilganlaringizni ayting. Yuqoridagi kod parchasining natijasi nima?

P.S. Vaqt o'tishi bilan savollar murakkablashib boradi.

#interview

Telegram | YouTube | Linkedin
todo.gif
12.2 MB
Amaliy Loyiha No. 5

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Simple Todo
10 tagacha bo'lgan ishni boshqara olish console loyihasini tuzing. Ishlarni ekranga chiqarish, ish qo'sha olish, yangilash va o'chirish imkoniyatlarini qo'shing. Array dan foydalaning.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy Loyiha No. 6

Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.

Hangman Game
Bir o'zgaruvchiga sirli so'zni yashiring va turli savollar orqali foydalanuvchiga harflarni birma-bir topishiga imkoniyat bering. Yuqoridagi gifda dastur qanday ishlashi kerakligi ko'rsatilgan.

P.S. Vaqt o'tishi bilan loyihalar murakkablashib boradi.
P.S. 2 Agar bu turdagi postlar sizga foydali bo'layotgan bo'lsa 👍 bosing va do'stlaringiz bilan ulashing.

#amaliyot

Telegram | YouTube | Linkedin
Intervyu Savollari No. 2

Ishga kirish uchun birinchi navbatda intervyudagi savollarga qoniqarli javob berishingiz kerak. Ushbu postdagi savol haqida o'ylab ko'ring va izohlarda javobingizni qoldiring.

Thread nima? Yuqoridagi dastur ishini yakunlashi uchun nechta thread ish bajaradi.

P.S. Vaqt o'tishi bilan savollar murakkablashib boradi.

#interview

Telegram | YouTube | Linkedin
2024/09/27 13:23:01
Back to Top
HTML Embed Code: