Telegram Web Link
yerostidan maktublar davomi (1).pdf
381.2 KB
Fyodor Dostoyevskiy "Yerostidan maktublar" V, VI , VII, VIII, IX, X , XI boblari. 1- boʻlim tushgashi. 2 - chi boʻlim ham jarayonda...

@dostayeveskiy
Uzr. Avvalambor har kim ham hayotida muomaga duch kelib turadi. Shu sababli noqulay qarorlar qilishga majbur boʻladi. Biroq men shu muammo yechimini topdim va kanal sotmaslikka qaror qildim. Yana bir noqulayliklar uchun uzr soʻrayman sizlardan.

@dostayeveskiy
Dostoyevskiyning 1849-yilda qatl arafasida qolishi uning dunyoqarashida tub burilish yasadi. U akasiga yozgan xatida bu hodisani hayotini butkul o‘zgartirgan lahza deb ta’riflaydi: “Hayot—bu ne’mat, hayot—baxt, har bir daqiqa butun bir umrga teng baxt bo‘lishi mumkin.”

Biograf Jozef Frenkning fikricha, bu faqatgina o‘limdan qutulish yengilligi emas, balki ichki dunyosidagi chuqur siljish edi. Ilk asarlarida u ijtimoiy adolatsizlikni asosiy yovuzlik deb bilgan bo‘lsa, soxta qatl voqeasidan keyin uning e’tibori inson qalbining ichki kurashiga—imon, gunoh va najot izlash azoblariga qaratildi.

Dostoyevskiyning Iso Masihga bo‘lgan ishonchi qat’iy diniy ta’limotga emas, balki insonning shaxsiy tanlovlari va hayotning inqirozli lahzalariga asoslangan edi. Keyinchalik uning qahramonlari ham xuddi shunday ichki kechinmalar bilan yashay boshladilar—go‘yo har bir on ularning so‘nggi daqiqasi bo‘lishi mumkin edi.

@dostayeveskiy
Forwarded from Falsafa & saf_ta
Siz xohlagan narsangizga erishgandan soʻng , uni boshqa xohlamaysiz..
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axloqiy nihlizm xavfli haqida ogohlantirgan Dostoyevsky qanchalik haqli edi?

@dostayeveskiy
Joseph Frank aytishi boʻyicha; "Dostoyevskiy zamondoshlari orasida faqat Balzak uning darajasida tenglasha olgan, jamiyatni juda aniq tasvirlash bilan birga inson ruhining ichki dramasini ham aks ettirishda mohir boʻlgan. Bu drama esa yovuzlikdan ilohiylikkacha bo‘lgan butun axloqiy tajribani qamrab oladi. "

@dostayeveskiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
inson har doim oqilona harakat qilavermaydi, u mantiqsiz va zararli qarorlar qabul qilishga moyil. inson o‘zini jamiyatdan ajratib, erkinlikka erishaman deb o‘ylaydi, lekin bu uni yanada ko‘proq iztirobga soladi. yer osti odami jamiyatni rad etadi, ammo ayni paytda o‘zining yolg‘izligidan azob chekadi. Har doim ham " ikki marta ikki toʻrt" qolipida yashash toʻgʻrimi aslida? Bu menga koʻp narsani inkor etishdek tuyuladi. Filasof Jordan Peterson Dostayeveskiyning " Yerostidan maktublar" asarni tahlil qilib bergan videoni tarjima qilmoqchi edim, ammo bu juda koʻp vaqtni olar ekan. Lekin tarjima qilish rejamda bor, chunki bu har qanday taqrizdan koʻra ajoyib tarzda yoritilgan. Hozirgi video ham manfaatli boʻladi degan umiddaman.

"Ikki marta ikki besh" boʻlishi ham mumkin hayotda bu faqat oʻzingizga bogʻliq albatta...

@dostayeveskiy
Forwarded from Avatarlar ⬆️⬇️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jordan Peterson videosi.
(O'zbekcha subtitleda😞)

Video kommunistik utopyia xavfliligi va Dostoevsky haqida.
Oʻylab qarasam hamma Hayitiylik olibdi. Hoʻsh kim nima berdi va oldi. Dostoyevskiyga ham bir mundoq Hayitiylik qilaylik doʻstlar 😁

@dostayeveskiy
Forwarded from Falsafa & saf_ta
Balki, baxt keyingi choʻqqi ortidagi oniy qoniqish emas, aksincha, oʻsha choʻqqiga chiqishdagi hissiyotdir...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jinoyat va Jazo" ni qayta oʻqib chiqqanlar tushunadi buni.

@dostayevekiy
Men ham ba’zan Smerdyakov haqida o‘ylab qolaman. Garchi ovozda Ivan Karamazov yutadi deb oʻylagan boʻlsamda. Ammo Semerdyakov ovozda yutib chiqdi. Biroq men uni ideal qahramon deb oʻylamayman, kechirasizlar bu mening shaxsiy fikrim.

Smerdyakov men uchun yoʻlda yurib turgan qarama-qarshi insondek tuyuladi. O‘zini aqlliyman deb bilasada, lekin aslida uni ichidan yondirayotgan, aqlga sig‘maydigan g‘azab boshqaradi. U o‘zini go‘yoki hech narsani hal qilolmaydigan, Xudo yoki mehrsiz ota tomonidan boshqarilayotgan qo‘g‘irchoq deb ko‘rsatadi, lekin aslida romandagi eng mustaqil harakat qilgan insonlardan biri — u oʻzini tan olmagan otasini o‘ldiradi. Dahshatli bo‘lsa ham, bu uning irodasining mahsuli.

"Aka- uka Karamazovlar"ni o‘qib chiqqanimda, Smerdyakov haqida g‘alati bir fikrga keldim: u nihilist bo‘lgani uchun qotil bo‘lmagan. U qotil bo‘lgani uchun nihilistga aylangan. Qanaqasiga deysizmi? Hozir izohlab beraman.

Smerdyakov o‘zicha taqdir qurboni deb o‘ylaydi. Otasi uni tan olmagan, onasi ruhiy jihatdan aqlli zaif, jamiyatdagi o‘rni esa eng pastki qatlamda hatto hayvonchalik ham qadri yoʻq. U jamiyatdan butunlay ajralgan, hatto oilasi ichida ham begonadek. Uy xizmatkori sifatida esa u odam emas, buyumga o‘xshab qolgan. Hatto Fyodorning o‘ldirilishida Smerdyakov jiddiy gumon qilinmaydi. "Xizmatkor qilgan" degan ibora krinj bo‘lishi mumkin, lekin bu holatda haqiqat.

U Ivan bilan suhbatlashgandagi holatini o‘qiganimda, Smerdyakovni ichidan yeb bitirayotgan g‘azabni his qilganman. U butun dunyoni yoqishga tayyor — o‘z hayotidagi azoblar sababli. Ammo bu kabi g‘azab o‘zini yo‘q qiladi, va uni oqlash deyarli imkonsiz. Inson bunday holatda nima qilishikerak? U oʻzini oqlashni boshlaydi. Nihilizm aynan shu yerda paydo bo‘ladi.

Nihilizm — Smerdyakov uchun o‘z otasini o‘ldirishini va Xudoga bo‘lgan nafratini tushuntirish vositasi. U o‘zini aybdor emas, balki majburan shunday bo‘lgan deb ko‘rsatadi. Xudo va otasi — uni bu holga tushirgan sabablar, shuning uchun bittasini o‘ldiradi, bu orqali ikkinchisini ham "jazolayman" deb oʻylaydi.

Smerdyakov juda aqlli manipulyator. U Ivanni otasining o‘limida o‘zini aybdor his qilishga majbur qiladi. Lekin u faqat boshqalarni emas, o‘zini ham aldaydi — go‘yoki u qilgan ishi mantiqqa to‘g‘ri, go‘yoki bu faqat uning aybi emas.

"Ayub nidosi" va "Aka-ukaKaramazov" o‘rtasida oʻxshashlik bor. Ikkalasini ham Ibrohim Gʻafurov tarjima qilgan. Bu oxshashlik shundan iboratki Ayub Xudoning irodasi bilan sababini bilmasdan azob chekkan inson. Ko‘pchilik unutadi: Ayub bu azoblardan so‘ng o‘zini juda muqaddas sanay boshlaydi. Xudodan hisob-kitob talab qiladi. Kitob oxirida Elihu ismli bir kishi unga haqiqatni aytadi: sen hech narsani talab qilishga haqli emassan. Hammasi Xudoga tegishli: boyliging ham, oilang ham, hayoting ham.

Smerdyakov esa go‘yoki Elihu chiqib kelmagan Ayubga o‘xshaydi. Ayub o‘zini Xudo oldida muqaddas deb bilgan, lekin keyin tushungan. Smerdyakov esa o‘zini oqlashda davom etadi. U nafaqat Xudodan izoh kutadi, balki undan qasos olishga qaror qiladi. U aslida qachon nima qilishini bilib bo‘lgan — unga faqat o‘zini oqlovchi falsafa kerak edi.Xudoning yaratuvchilik maqsadini anglashga uringani uchun aqldan ozadi. Ammo agar Smerdyakov otasining mehrini ko‘rganida kim bo‘lardi? Shu savolni oʻylayman har doim. Nafaqat u balki boshqa Karmazovlar ham otasidan toʻgʻri tarbiya olishganda. U bunday fojiaga yogʻliqmas edimi?! . Biroq Dostayeveskiy asarni bunday yaratmadi, u oʻquvchiga har tomonlama savol berishga undadi. U eng oliy erkinlik aslida nima ekanligini koʻrsatmoqchi boʻldi.

@dostayeveskiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Ps: Bu kuy kimni koʻproq eslatadi Kamronimi yoki Cholqushini sizningcha?

@dostayeveskiy
Dostoyevskiyning onasi — Mariya — mehribon, sabrli va dinga juda yaqin ayol edi. U Fyodor 15 yoshga to‘lganda sil kasalligidan vafot etadi. Dostoyevskiy onasi haqida ko‘p gapirmagan, ammo uning erta vafoti butun hayotiga chuqur ta’sir qilgan.

Otasi — Mixail — kambag‘allar uchun mo‘ljallangan Mariinskiy kasalxonasida shifokor bo‘lib ishlagan. U jahldor, odamlardan doimo shubhalanadigan va jamiyatdagi mavqe masalasiga haddan tashqari e’tibor beradigan odam sifatida tanilgan. Fyodor 18 yoshga yetganida otasi sirli tarzda vafot etadi. Kimdir uni xizmatkorlari o‘ldirgan desa, boshqalar u ichkilikdan o‘lganini aytadi. Dostoyevskiy esa bu borada hech qachon aniq haqiqatni bilmagan.

@dostayeveskiy
Ps: diqqat savol Dostayeveskiy qoʻlida kimlarni koʻtarib turibdi? 😁

@dostayeveskiy
2025/04/11 06:57:28
Back to Top
HTML Embed Code: