Telegram Web Link
Forwarded from COLBA MAKTABI
Ilm yo'lida yana bir g'alaba! 🏆

Colba maktabining 7-sinf o'quvchisi Abdulaziz Abdullayev STEMCO olimpiadasida ajoyib natija ko'rsatib, "science" yo'nalishida oltin medal sohibi bo'ldi! 🥇

📖 STEMCO (STEM Competition) - xalqaro olimpiada bo'lib, u o'quvchilarning STEM (Science, Technology, Engineering, and Mathematics - Fan, Texnologiya, Muhandislik va Matematika) yo'nalishidagi bilimlarini baholaydi.

Ushbu olimpiada o'quvchilarning muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash va ilmiy tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida o'tkaziladi.

Abdulazizga ilmiy izlanishlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🙌

Sizning farzandingiz ham Abdulaziz kabi o'quvchilar bilan birga o'qishini istasangiz, bizda faqatgina 6-sinflar uchun sanoqli joylar qoldi.

📞 Biz bilan bog‘lanish uchun: +998781137818
Forwarded from COLBA MAKTABI
🎉 Tabriklaymiz, Gulira'no!

Colba maktabining 10-sinf o'quvchisi Xakimova Gulira'no STEMCO olimpiadasida qatnashib, "chemistry" yo‘nalishida kumush medal sohibasiga aylandi! 🥈

Bu g'alaba Gulira'noning ilmga bo'lgan ishtiyoqi, oila a'zolarining qo'llab-quvvatlovi va ustozlarining mehnati natijasidir.

Colba maktabi jamoasi siz bilan faxrlanadi va bundan keyingi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilab qoladi! 👏

Sizning farzandingiz ham Gulira'no kabi o'quvchilar muhitida ta'lim olishini istasangiz, bizda faqatgina 6-sinflar uchun sanoqli joylar qoldi.

📞 Biz bilan bog‘lanish uchun: +998781137818
📣"VOLIDA KIDS" MTM
xususiy bolalar bog'chasiga o'z ishini sevuvchi TARBIYACHILARni ishga taklif qilamiz !!!

🖇 Talablar:

❇️ Bolajonlarni yaxshi ko'rish
❇️ Ishga mas'uliyat bilan yondashish
❇️ Bolalarga na'muna bo'la olish
❇️ Milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash
❇️ Xush muomala va kirishimli bo'lishi
❇️ Bolalar psixologiyasini yaxshi bilish
❇️ Maktabgacha ta'lim sohasida kamida 2 yillik tajribasi bo'lishi shart
❇️ O'z ustida doimiy ishlovchi
❇️ Oliy ma'lumotli bo'lishi va til bilishi ustuvorlik beradi
❇️ 25-35 yoshdagi ayollar

📎Taklifimiz:

Ish haqqi- 4 mln so'mdan 8 mln so'mgacha
Qulay joylashuv- Shayxontohur tumani Oqtepa krugida (San'atkorlar chorraxasi)
Tushlik korxona hisobidan

Sizga yuqoridagi talablarimiz mos kelsa va jamoamizga qo'shilish istagingiz bo'lsa, havola orqali ro'yxatdan o'ting va biz siz bilan aloqaga chiqamiz!

🔗 https://forms.clickup.com/9008240922/f/8cexp8u-898/TP81K6NRRHSH8S54O7
Assalomu alaykum.

Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.

Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:
https://www.tg-me.com/addlist/UmRxZYxqo6VmYzU9
Forwarded from O'zimiz podcast
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'zimiz podcast" — yoshlar, farzand tarbiyasi, o'zligimizni anglash va ilm olish yo'lida ilhomlantiruvchi insonlar bilan samimiy suhbatlarni o‘zida jamlagan yangi interaktiv podkast.

Podkastimiz ilk mehmoni Abdulbasit Vahidov bo'ldilar va ular bilan Yaponiyaning tarbiyaga kuchli e'tibor qaratganligi, jamiyatimizdagi o'spirin bolalarning muammolari hamda o'zimizning yoshligimiz haqida erkin suhbat qurdik.

Suhbatdan olgan insaytlaringizni videoning izohlarida qoldirishni unutmang!

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/ANWWOqO87mo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kimyo va biologiyani yaxshi o‘qitadigan markaz topishda qiynalyapsizmi? Farzandingizni bizga ishonib topshiring!

Sergeli, Yangihayot, Chilonzor va Zangiota tumanlarida yashovchi ota-onalar uchun muhim xabar! 🔥

📍Tabiiy fanlarga ixtisoslashgan Colba ta'lim markazi endi Sergelida, "O‘zgarish" metro bekati yonida!

• Haftasiga 5 kun, kuniga 4-5 soatlik chuqurlashtirilgan kimyo va biologiya darslari;
• Noldan o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus guruhlar;
• Telegram orqali ota-onalarga farzandining kunlik natijalari haqida hisobot berib boriladi.

📌 Aynan hozir 7-10-sinflar uchun uch kunlik bepul darslar tashkil etilmoqda!

Uch kunlik bepul darslarda ishtirok etish uchun izohlarda "DARS" soʻzini yozib qoldiring yoki quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling. 👇

📞: +998781137818
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doniyor Nasriddinov
Video message
COLBA maktabidagi ustozlarimizning darslarini kuzatib, ba’zan o’zim ham o’qishga qaytgim keladi. 😊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi suhbat!

O’zimiz podcastida juda mazmunli va samimiy suhbat bo‘ldi. Farzand tarbiyasidagi nozik jihatlar, inson shaxsiyatining rivojlanishi va jamiyatimizdagi ba’zi og‘riqli nuqtalar haqida o‘zaro fikr almashdik.

Ushbu mavzular siz uchun ham foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Tinglab, o‘z mulohazalaringizni bildirishni unutmang! 🎙️

Podcastni tinglash uchun havola
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from COLBA o’quv markazi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7-sinf o'quvchisi Kimyodan dars berishi mani hayron qoldirgan

👨‍⚕️
Bu galgi mehmonimiz Abduvohidov Davronjon, ular 2011-2013 yillar davomida Doniyor Nasriddinov ustozda tahsil olib O'zbekiston Milliy universitetiga o’qishga qabul qilinganlar.

🎬
Yuqoridagi videoda siz Davronjon akaning ustoz va Colba haqidagi fikrlari va ulardan o’rgangan bilim hamda ko’nikmalari haqida bilib olishingiz mumkin.

Tabiiy fanlarga qiziqsangiz va malakali ustozlardan ta’lim olishni istasangiz, Sirg'ali filialimizda ochiladigan guruhlarga ro’yxatdan o’ting. 📥

📞 +998781137818 | @colba_manager

Telegram | Instagram | Facebook
Doniyor Nasriddinov
7-sinf o'quvchisi Kimyodan dars berishi mani hayron qoldirgan 👨‍⚕️ Bu galgi mehmonimiz Abduvohidov Davronjon, ular 2011-2013 yillar davomida Doniyor Nasriddinov ustozda tahsil olib O'zbekiston Milliy universitetiga o’qishga qabul qilinganlar. 🎬 Yuqoridagi…
Olim shogirdlarimdan biri

13 yil avval shogirdlarim safida tahsil olgan bu yosh olim bugungi kunda katta ilmiy tadqiqotlarning boshida turib, o‘z bilimlari bilan kelajak avlodga ham ilhom bag‘ishlamoqda.

Allohim ilmingizni ziyoda qilsin, yaxshiliklar bilan siylasin!
REJALASH MIYYANI BO'SHATISHDAN BOSHLANADI

Cambridge LC'da o‘tgan tadbirda, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun vaqtni samarali rejalashtirish mavzusida suhbatlashdik.

O‘ylaymanki, 2025-yilda yangi maqsadlaringizni muvaffaqiyatli belgilash va ularga erishishda bu bilimlar sizga foyda beradi In shaa Alloh!

🔗 Batafsil video: YouTube
2025 йилда туғиладиган болалар Бета авлод деб аталади

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/112051

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Dunyo o’zgarmoqda azizlar!

Hozirgi aksariyat ustozlar Y avlodiga mansub bo‘lishsa-da, Z avlod o’quvchilariga moslashishga ulgurmasdan, “Alfa” avlod bolalari 8-sinfga yetib keldi. Endi esa “Betta” avlod yetishib kelmoqda…

Agar ta’lim va tarbiya bilan shug‘ullanadigan har qanday ustoz yoki ota-ona zamon bilan hamnafas yashamas ekan, farzandlarimizni umumiy qilib “yo‘qotilgan avlod” deb atashimizga to‘g‘ri keladi.

Agar ularni nazorat qilishni, tarbiya qilishni o‘rganmasak va ustimizda ishlamasak, ishonavering, ular bizni “nazorat qila olmasligimizni nazorat qilishni yaxshi eplashadi!

@Doniyor_Nasriddinov
Forwarded from Sohibjon's blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Adolatning kuchi haqida
(bu yerda adolat qiz bolaning ismi emas)

Agar xalq adolatni his qilsa, juda ko‘p muammolarga sabr bilan chiday oladi. To‘g‘ri, muammolardan norozi bo‘lib, e’tirozini baralla aytadiganlari ham ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki xalq bu yaxlit tana emas, 37 million xil insondan tarkib topgan. Ammo gapirib-gapirib, baribir muammolarga sabr qilishda, tishini-tishiga qo‘yib, turmush tashvishlari bilan o‘ralashishda davom etaveradi. Axloqsizlikka o‘tmaydi. Dardini aytib, sal yengillashishi mumkin, chunki bu jinoyat emas.

Ammo xalq adolatni his qilmasa, har qadamda adolatsizlikni ko‘rsa, unda bu yomon. Bunaqada taranglashgan asablar axloq chegarasini kesib o‘tadi, oqibati kafolatlanmagan.

Og‘zidan shodi kirib, bodi chiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, o‘zining vakolati doirasidan chiqib, qonunlarga tupurib qo‘yadigan ayrim mas’ullar oddiy ogohlantirish bilan cheklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda "zapravka" yopilib qolganidan fig‘oni ko‘kka chiqqan, botinkasi teshik oddiy bir xalq vakilini qamab qo‘yishsa, bechora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik ko‘radi. Va bu adolat ham emas, albatta.

Yilni katta xato bilan boshladik. Afsus, ming afsus. Zig‘irchalik foydasi bo‘lmagan, ammo xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan ushbu tashabbus kimdan chiqqanini bilmayman. Ammo bu xatoning o‘rnini qoplash uchun juda ko‘p ish qilinishi kerakligini aniq bilaman.

Afsus, ming afsus...


👉 @xushnudbek 👈
2025/04/09 03:05:34
Back to Top
HTML Embed Code: