Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov ishlari jadallik bilan olib borilmoqda


🌟 Muntazam xabar berib borayotganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tuman-shahar filiallari xodimlari tomonidan O'RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar kesimida xonadonlarni xatlovdan o'tkazish ishlari qizg'in tarzda olib borilmoqda.

➡️ Xususan, muhandislar o'ziga biriktirilgan hududdagi har bir xonadonda belgilangan tartibda o'lchov ishlarini amalga oshirmoqdalar. Shuningdek, fuqarolarga qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar bermoqdalar.

▫️Farg'ona viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Namangan viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

🇺🇿 Xatlovlarning eng qizg'in jarayonlarini video ko'rinishida yoritib boramiz. Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!

#DavKadastrPalata #xatlov2024

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿 Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

🇺🇿 Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
⬇️
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.


📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikadagi kon nomlari muvofiqlashtirilmoqda


🇺🇿 Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida Davlat kadastrlari palatasining Respublika toponimika xizmati boshqarmasi ham mamlakatimizdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

🇺🇿 Xususan, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha Respublika ekspertiza komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar rus tilida nomlanib kelgan 1 246 ta kon nomidan 703 tasi oʻzbekchalashtirilib, 2024-yil 15-noyabrdagi 766-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu qaror asosida kon nomlari Geonames axborot-veb portalida ro'yxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, qonun talablariga javob bermaydigan ba’zi konlar qayta nomlandi. 543 ta kon nomi davlat ekspertizasidan o'tkazish jarayonida.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar OAV nigohida


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni asosida egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, bosqichlari, shartlari, mas'ul tashkilotlar va bir qancha muhim jihatlar haqida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi vakillari tomonidan "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" dasturida atroflicha ma'lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, O‘RQ-937-sonli Qonunga ko‘ra unga nisbatan ijara huquqi qanday o‘lchamlarda e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
13%
barcha hududlarda 0,20 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
72%
barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
5%
barcha hududlarda 0,18 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
10%
barcha hududlarda 0,16 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📺 "Yoshlar" telekanali efirga uzatilayotgan “Tafakkur yo‘li” dasturining navbatdagi mehmoni ⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev bo‘ldi.

🔊Unda, 🌟 Agentlik tizimida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni ishga jalb qilish, o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar, kitobxonlik, “Halollik vaksinasi” hamda sohada orttirilgan boy tajriba va shu asosida bugungi kun yoshlari va shogirdlariga nasihatlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини янада яхшилаш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам социально-экономического развития, дальнейшего улучшения инвестиционного климата и деловой среды в Ферганской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Fargona #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va mulk munosabatlari


🇺🇿🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 "Noturar ko'chmas mulkni boshqa shaxsga o'tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Mazkur maʼmuriy reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqa shaxsga o‘tkazishga oid ikki taraflama shartnomalarni rasmiylashtirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.

◼️Ushbu reglamentga ko'ra davlat xizmatini ko'rsatish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Ariza beruvchilar - Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi.

2-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi.

3-bosqich. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

4-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - Ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng, uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchilarning so‘roviga ko‘ra ko‘chirma elektron shaklda yoki qog'oz shaklda berilishi mumkin.

➡️ Qarorning to'liq matni bilan mazkur manbaa orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/7246182

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga egalik huquqi berish bo‘yicha reja jadvalda hozirda men yashayotgan MFY ko‘rsatilmagan. Mening mahallamda qachon xatlov o'tkazilishini qanday bilsam bo'ladi?

❗️ "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi 937-sonli Qonun joriy yilning 5-avgustida qabul qilinib, 8-noyabrdan kuchga kirdi. Hozirda faqatgina 2024-2025-yillar uchun reja-grafik tasdiqlangan bo'lib, 2024-yilda jami 922 ta, 2025-yilda esa 2 959 ta mahallalar xatlovdan o'tkazilishi belgilangan.

◼️Xatlov jarayonlari Qonunning amal qilish muddati tugagunga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Siz istiqomat qilayotgan mahalla hozirda Kadastr.uz saytida ko'rsatilmagan bo'lsa, 2024-2025-yillar reja-grafigiga kiritilmagan va ushbu MFYda 2026-2027-yillarda xatlov ishlari olib boriladi.

▶️ @Dkpuz_bot yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

🇺🇿Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🇺🇿 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/28 04:16:23
Back to Top
HTML Embed Code: