Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

🫥 "Namunali arxiv" xonalari faoliyati, ularda jadallik bilan olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari bilan quyidagi hududiy boshqarmalarimiz misolida tanishishingiz mumkin:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg'ona tumanida sayyor qabul


🇺🇿Rejaga muvofiq, Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

📃 Qabulga 25 dan ziyod kadastr masalasi bilan bog'liq muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar yig'ilib, mutasaddilardan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar olishdi.

Ko'rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlarni tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Yangi qonun haqida "O'zbekiston" telekanalida


🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida Adliya vazirligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan "Yuridik klinika" onlayn videomuloqoti "O'zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Xalqaro turizm kuni

🌎Xalqaro turizm kuni - Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

🇺🇿 Yurtimizga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga ya'ni 9,6 % ga oshganligi mamlakatimizda turizm sohasida sezilarli darajada o'sish bo'layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning 5 oyi davomida quyidagi davlatlar fuqarolarining tashrifi amalga oshirilgan:

◼️Tojikiston – 871,5 ming nafar;
◼️Qirg'iziston – 857 ming nafar;
◼️Qozog'iston – 498,2 ming nafar;
◼️Rossiya – 289,6 ming nafar;
◼️Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
◼️Turkiya – 42,1 ming nafar;
◼️Hindiston – 23,2 ming nafar;
◼️Xitoy – 22,8 ming nafar;
◼️Italiya – 15,3 ming nafar;
◼️Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
◼️Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar

💐 Shu o'rinda, barcha turizm sohasi xodimlarini hamda fuqarolarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaymiz. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni yanada ko'payaverishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan o'rni yanada yuqori bo'laverishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga jamoatchilik guruhlari
ko'maklashishi tartibi qanday?


🇺🇿 Xalq deputatlari tuman-shahar Kengashlarining qarorlari bilan hududiy fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish birliklari bo‘yicha yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

🫥 Jamoatchilik guruhi tarkibiga tegishli saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman-shahar Kengashi deputati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi hamda har yuzta oiladan kamida bir nafardan fuqaro kiritiladi.

Jamoatchilik guruhlari:


◼️yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish chog‘ida aniqlangan qonun buzilishlari hollari yuzasidan vakolatli davlat organlari xabardor qilinishini ta’minlaydi;

◼️yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish asoslari va tartibi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

◼️avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirilgan ma’lumotlarni kuzatib boradi, zarur bo‘lgan taqdirda, ushbu ma’lumotlar bilan tanishishda fuqarolarga ko‘maklashadi;

◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalarining muhokamasida ishtirok etadi.

Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ 937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi orasida yangi Qonun targ'iboti


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi materiallarni aholiga huquqiy tushunchalar bergan holda tarqatish ishlari davom etmoqda.

◼️Navbatdagi tadbirlar quyidagi hududiy boshqarmalar filiallarida amalga oshirildi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▶️ Siz ham ushbu Qonun haqida batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz mazkur videoni to'liq tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #huquqiy_targ_ibot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☯️ QAYTMA ALOQA

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok eting! QAYSI MATBUOT TADBIRLARIMIZ SIZGA FOYDALIROQ BO‘LMOQDA?
Anonymous Poll
20%
Matbuot anjumani
48%
Ochiq muloqot
22%
Audiomuloqot
13%
Brifing
15%
Intervyular
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/10/01 07:27:03
Back to Top
HTML Embed Code: