Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbi tumanida sayyor qabul


⚡️Bugun Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisii o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o'tkazildi.

📃 Qabulda yig'ilgan fuqarolarga eng avvalo hozirgi kundagi dolzarb mavzu: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun boʻyicha asosiy tushunchalar berildi. So'ngra kadastr sohasiga oid murojaatlar tinglanib, ijobiy hal etish yuzasidan tizim mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

◼️ Murojaatlarning aksariyatini kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

🇺🇿Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🫥Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

◼️Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Farg'ona viloyati, Farg'ona tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 26-sentabr, soat 11:00 da

📍Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Vodil MFY, Marg‘ilon ko'chasi, 91-uy, Madaniyat markazi binosi.

📃Qabulga yozilish uchun (73) 249-70-77 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☯️ QAYTMA ALOQA

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Shu bois bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok etishingizni so'raymiz. YOSHINGIZ NECHCHIDA?
Anonymous Poll
2%
18-yoshdan kichik
38%
18-30
47%
31-40
12%
41-50
4%
51-60
1%
60 yoshdan yuqori
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tashkiliy masalalar bo'yicha yig'ilish


⭐️🌟Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkiliy masalalarga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

◼️Yig'ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrug'iga ko'ra, Tadjibayev Ilxomjon Ismoiljonovich Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i lavozimiga va Nasirov Xasan Mirsalixovich mazkur bo'limning bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlanganlari e'lon qilindi.

◼️Tizim mutasaddilari ishtirok etgan yig'ilishda rahbariyat tomonidan sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Tadjibayev Ilxomjon Ismoiljonovich – Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

◼️Ilxomjon Tadjibayev– 1984 yil Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanida tavallud topgan. 2006 yil - Respublika Milliy xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️Farg'ona MTRK telekanalida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️"Grand" radiosida;
▫️"Yuz uz" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️"Samarqand live" telegram kanalida;
▫️"Toyloq.uz" telegram kanalida;
▫️"Samarqand bugun" telegram kanalida;

◼️Hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida "Nuqtainazar.uz" maqolasida;

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️"Hurfikr.uz" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️"67 studio" telegram kanalida;
▫️"Rasmiy xabarlar" telegram kanalida;
▫️"Jizzax news" telegram kanalida;

📃Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tuman, shahar filiallarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida:

▫️"Nurafshon tv" telekanalida;
▫️"To'rtko'l tv" telekanalida;
▫️"Jizzax.news" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🌐 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yilgan.

▶️ Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston respublikasi To'rtko'l tumani filiali boshlig'i lavozimida faoliyat olib borayotgan "Yosh kadastrchi" rahbar haqida hikoya qilamiz.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 16-20- sentabrda  jami  1 386 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi 937- Qonunga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bepul huquqiy maslahat olishni istaysizmi?


➡️ Sizni qiziqtirgan yoki qiynayotgan masalalarga javob olishni istaysiz, ammo, kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?

U holda, Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko'maklashish va aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish maqsadida faoliyat olib borayotgan huquqiy axborot portali orqali malakali yuristlardan bepul maslahat oling.

📃 Murojaat yo'llash uchun Advice.uz saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi" panelidan foydalaning.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.

➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.

#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Rozmetov Hamra Marimovich – Davlat kadastrlari palatasi
Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

◼️Hamra Rozmetov – 1986-yil Xorazm viloyati, Urganch tumanida tavallud topgan. 2008 hamda 2023-yillarda - Urganch davlat universitetini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati Urganch tumani filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 17:48:57
Back to Top
HTML Embed Code: