Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿 Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Unda belgilangan vazifalar boyicha sohada bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

➡️Hududlarga yuzlanadigan bo'lsak, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor shtablarga malakali mutahassislar biriktirilib unda tuman, shahar bo‘limlar inspektorlari ham joylarda amaliy yordam bermoqdalar.

◼️Tuman Ishchi guruhlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish yuzasidan xodimlar joylariga chiqarilib, ogohlantirish xatlari tarqatish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tushunchalar berish ishlari tashkillashtirildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar


🇺🇿Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi bo‘yicha juda qiziq ma'lumotlar  bilan tanishtiramiz.

◼️Forish – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarixchilar bu nom haqida nima deydi?

◼️Forish  so‘zining ma’nosi nima?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlash me'yorlari infografikada

🫥 Arxiv ishi sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 15.06.2010 yildagi O‘RQ-252-sonli "Arxiv ishi to'g'risida"gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.

📃 Ushbu Qonunga asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

❗️Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim va ularni yo‘q qilib tashlash taqiqlanadi.

◼️Batafsil Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlanish me'yorlari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari - Germaniya

🇩🇪 Germaniyada sotuvchi va sotib oluvchiga ko’chmas mulk shartnomasi bilan tanishib, uni imzolashi uchun 2 hafta majburiy muddat beriladi.

◼️ Oldi-sotdi shartnomasini taraflar imzolagach, notarius tegishli mahalliy kadastr idorasiga “imtiyozli xabarnoma” yuboradi.

◼️ Shartnoma imzolangan kundan boshlab, mulk huquqi vujudga kelgunga qadar taxminan 2 oydan 5 oygacha vaqt talab qilinadi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda korrupsiyaga qarshi tadbirlar

🖥 Sohada xodimlar orasida korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Kadasatr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo'limlari mutaxassislari boshchiligida muntazam ravishda targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

◼️Har bir xodim bilan imkon qadar individual tarzda suhbatlar tashkil etilib, ularga ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, xizmat vazifasini sidqidildan bajarish hamda korrupsiyaning oqibatlari haqida tushuntirishlar berilmoqda.

🇺🇿 Shu kabi tadbirlar o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇩🇪Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahrida bo'ldi.

◼️O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

◼️Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli bilan tanishdi.

◼️Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

◼️Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

◼️Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar. Tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga bo‘lib o‘tadigan Germaniya ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv arafasida O‘zbekistonga tashrif chog‘ida Kansler Olaf Sholsga hamrohlik qilayotgan ushbu mamlakat yetakchi investitsiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillarini qutladi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Samarqand shahrida ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols qo‘shma Boshqaruv kadrlarini tayyorlash maktabining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdilar.

◼️O‘zbekiston-Germaniya sammiti yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Federal Kansler Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.

Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

#Prezident #DavKadastrPalata #Germaniya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DIQQAT E’LON! 🌟 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi. 🗓 Imtihon kuni: 2024-yil, 16-17-sentabr 🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da Manzil: Davlat kadastrlari…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malaka imtihonlari qanday o‘tmoqda!?


⭐️🌟Avval xabar berganimizdek, ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihonilari boshlangan.

🫥 Imtihonlar 2024-yil, 16-17-sentabr kunlari, 4 mahaldan o'tkazilishi haqida e'lon berilgandi. Kuni kecha imtihonlarda qatnashgan talabgorlardan, imtihon jarayonlari haqida mazkur videoni tomosha qiling. ▶️👆

📹 Bugungi Imtihon jarayonlarini esa Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va ko‘chmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari.tomonidan bo‘linadi.

◼️Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

◼️Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar. va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.

👔 Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/18 18:18:45
Back to Top
HTML Embed Code: