Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi


🇺🇿 “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024-y.) qabul qilindi.

📃Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

◾️ Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar roʻyxati.

◼️Aholi ehtiyojidan kelib chiqib koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

◼️2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari xalq xizmatida

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining tuman,shahar filial xodimlari "Kadastr xalq xizmatida" tamoyili asosida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida manzilli o'rganish ishlari quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Andijon viloyati 1,
2
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃Ko‘chmas mulkni bo‘lish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:

▫️ yangi tashkil etilayotgan ko‘chmas mulklar o‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan bo‘lishi zarur;

◾️ bo‘lish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi bo‘linadigan bo‘lishi;

▫️ yer uchastkalari yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda bo‘lish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;

◾️ mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkasini bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lishi zarur;

▫️ yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud bo‘lishi lozim, mulk huquqida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bundan mustasno;

◾️ yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

▫️ yer uchastkasining yangi chegaralari uning bo‘linishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yig‘indisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

◾️ bo‘linayotgan yer uchastkasiga tutash o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar o‘rtasida bo‘linishiga va dalolatnomada ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yarim yil davomida aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari

🌟 Davlat kadastrlari palatasiga 2024-yil yanvar-iyun oylari davomida jami kelib tushgan arizalar soni 1 391 638 ta bo‘lib, shundan ijobiy yakunlanganlari 966 301 ya’ni deyarli 70% ni tashkil etadi.

📃 Ushbu hisobotda kadastr yo‘nalishiga aloqador aholiga eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumot jamlangan.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Kadastr hujjatiga ega, chegara chiziqlari aniq bo'lgan tomorqa yeriga qurilish materiallari orqali chegaradan chiqmagan holda devor qilishim uchun nimalar talab etiladi?

JAVOB: “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga asosan tomorqa uchastkalari bo‘lgan shaxsiy qurilish tumanlari qurilishlarida quyidagi talablar qondirilishi lozim:
- Har qanday bino qurilishi qo‘shni uchastka egalari bilan kelishilishi;
- turar joy uyi va xo‘jalik binolarining qo‘shni uchastkalardan ko‘rinish panaligi ta’minlanishi;
- o‘z hududidan muhandislik tarmoqlarini kiritish;
- piyoda-transport va muhandislik aloqalari, shuningdek umumiy foydalanish ko‘kalamzorlarining saqlanishini ta’minlash;
- qo‘shnining turar-joy uyiga quyosh tushishi normalarini ta’minlash.

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXMdagi xizmatlarimiz


🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

◾️Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy matbuot xizmatlari reytingi


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislari kadastr tizimi hayoti bilan bog'liq eng dolzarb va muhim yangiliklar, faoliyatiga doir yangiliklarni yoritib borishda davom etmoqda.

📊 Davlat kadastrlari palatasi asosiy yo'nalishlariga doir statistik ma'lumotlarni yoritishdan tashqari matbuot xizmati faoliyatiga ham e'tibor qaratdi. Mazkur reyting uch yo‘nalish bo‘yicha matbuot xizmati faoliyati tahlili natijasidir, ya’ni:

◾️ Eng ko‘p matbuot tadbirlari o‘tkazilgan hudud;
◾️ Tashqi OAVlarda tashkilot faoliyatini eng ko‘p yoritgan hudud;
◾️ Ijtimoiy tarmoqlarda mazmunli materiallar eng ko‘p joylagan hudud.

Uning ko'rsatkichlari natijasi ushbu fotoinfografikada👆

Yuqorida qayd etilgan yutuqlar qatorida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi kadastr rasmiy ijtimoiy tarmoqlari 2 tilda barobar yuritilishini ham e'tirof etish lozim.

🆙Shu o'rinda, yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha eng quyi natija ko'rsatgan hududlar Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridir.

👔DKP reytingi kadastr faoliyatining boshqa barcha yo'nalishlarida ham olib borilayotganini hamda yil yakuniga ko'ra natijalar tahlil etilishini, g'oliblar mukofotlanishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #matbuot_xizmati #dkp_reytingi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi murojaatlari bilan ishlash, xalqni rozi qilish Davlat kadastrlari palatasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Fuqarolarni kadastr xizmatlaridan rozi bo'lishi va qoniqishi maqsadida bir qancha loyihalar ham yo'lga qo'yilgan.

🌟Shular qatorida, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyatida ham tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi videorolikda hududiy boshqarmaning Sardoba tumani filialidagi ish faoliyati yoritilib, fuqaroning xizmatlarimizdan mamnunligi aks etganini ko'rishingiz mumkin.

◾️Muntazam ravishda yoritib kelinayotgan "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus mazkur hafta quyidagi hududlarda ham tashkil etildi:

▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivni raqamlashtirish ishlari hududlarda


🌟 Davlat kadastrlari palatasining arxiv xonalarini yangi texnikalar bilan ta’minlash, barcha ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent viloyatining Quyi chirchiq tumanidagi filialimizda "Namunali arxiv" xonasida olib borilayotgan ishlar xususida "NurafshonTV" batafsil so‘zlaydi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga kelgach, yangidan ochilib, ilk bor yirik havo kemasini qabul qilgan Qoʻqon aeroportidagi sharoitlar bilan tanishdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyatining mineral oʻgʻit korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◼️Davlatimiz rahbari Qoʻqondagi yirik kimyo sanoati korxonasini borib koʻrdi.

◼️Davlatimiz rahbari investorlar bilan uchrashib, Fargʻona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

◼️Prezident Fargʻona viloyatiga tashrif chogʻida investorlar bilan suhbatlashdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi.

◼️Fargʻonada yirik sanoat va energetika loyihalari ishga tushirildi, yangilarini qurish boshlandi.

◼️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda Tepaqo‘rg‘on arxeologiya yodgorligini ko‘zdan kechirdi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 23:21:55
Back to Top
HTML Embed Code: