Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlarni mustahkamlash yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 24-28-iyun kunlari "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash" yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirgan hududiy boshqarma xodimlari uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi.

📃 Shuningdek, hafta so'nggiga qadar Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish yo'nalishi bo'yicha navbatdagi guruh xodimlari uchun ham test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️1-5-iyul kunlari esa kadastr muhandislari uchun keyingi guruh malaka o'quv kurslari boshlab yuborilgan. O'quv dasturi va mutaxassislarga berilayotgan kasbiy ko'nikma va bilimlar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxtda kadastr filialining yangi binosi ochildi

⭐️🌟 Bugun Yangihayot tumani aholisi va tuman kadastrchilari uchun quvonchli kun bo'ldi. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani bo'limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💠 Tantanali ochilish marosida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.Abdullayev, hamda Yangihayot tumani hokimi H.Inag'omov va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tizim mutasaddilari ishtirok etishdi.

🫥 Yangihayot tuman kadastrchilari avval o'z faoliyatlarini ijara asosidagi binoda olib borayotganlari bir qancha qiyinchiliklar tug'dirib kelayotgan edi. Ushbu yangi bino esa barcha zamon talablariga javob beruvchi, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lib, xodimlarning kelgusi faoliyati va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun barcha imkoniyat va qulayliklar yaratilgani quvonarli holat.

➡️ Yangi bino haqida batafsil yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Куксарой қароргоҳида расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в резиденции «Куксарой» провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем, пребывающем в нашей стране с официальным визитом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/29 17:39:41
Back to Top
HTML Embed Code: