Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda 

🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy yangiliklar

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda "Uzkad" axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas’ul mutaxassislarga tavsiya va ko’nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o’tkazilmoqda.

◼️Seminarlar Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmalarda yoritildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Paxtaobod tumanidagi xatlov yakunlariga ko'ra


🖥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi direktorining Andijon viloyati Paxtaobod tumani misolida yer hisobotlarni to‘g‘ri aks ettirish masalasini o‘rganish chora-tadbirlari to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan ishchi guruh shakllantirilib, tumanda tahliliy xatlov ishlari olib borilayotgan edi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari shu hafta Andijonning Paxtaobod tumanida bo‘lib, u yerda olib borilgan xatlov ishlari misolida viloyatning barcha tuman va shaharlarida ishlarni tashkil etish yuzasidan uchrashuv o'tkazdilar. Mutasaddilar tomonidan bolajak xatlov davomida ahamiyat berilishi kerak bo'lgan jihatlarga to'htalib o'tildi, masalalar yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  17-21- iyun kunlari  jami  1 373 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


⚖️ Qonunchilikka koʻra, nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

◼️ Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln soʻmgacha) miqdorda bir martalik toʻlov ajratiladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🟢Sizning yer fondi toifalari bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 Mavzu: "Yerlarni bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazish tartibi va undagi ahamiyatli jihatlar"

🚨 Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 26-iyun, soat 11:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🌐 Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida Istiqlol TV telekanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar, murojaatlar bilan ishlash to'g'risida:

▫️"Surxon tongi" gazetasida;
▫️Jizzax.uz rasmiy telegram kanalida;
▫️Qoraqalpog'iston radio kanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi va tuman, shahar filiallarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida UzA maqolasida;

◼️Hududiy boshqarmalarda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar Nazorat.uz telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda Yer hisobini yuritish ishlari


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda yer hisobini raqamlashtirish borasida yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning toifalarini to‘g‘ri belgilash maqsadida seminar-yig‘ilishlari o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

◼️Navbatdagi amaliy seminarlar Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida o'tkazildi:

▫️Samarqand viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

🌐 Mazkur seminarlar boshqa hududiy boshqarmalarda ham reja-jadvalga asosan tashkil etilmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyasiz hayot sari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari hamda tuman, shahar filiallarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda ijro intizomi, kasb odobnomasi, o'z mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik masalalarida davra suhbatlari va uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida shu mavzudagi suhbatlar quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Buxoro viloyati

▫️Andijon viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DIQQAT E’LON! ▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Xatirchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari! 🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT, SAYYOR QABUL VAQTI O'ZGARDI!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Xatirchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul vaqti ma'lum sabablarga ko'ra o'zgartirildi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 26-iyun, soat 16:00 da

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Farovon mahallasi, Pulkan ko'chasi 16-uy, 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosi

📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

◼️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 23:39:15
Back to Top
HTML Embed Code: