Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxtda yangi tayinlov


⭐️🌟Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

🇺🇿Yig'ilishda Palata rahbari tomonidan Minasipov Burxan Baxtiyorovich Kadastr agentligi direktori buyrug'iga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangani e'lon qilindi.

◼️Tadbir so'nggida rahbariyat tomonidan sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar berildi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish #poytaxt

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Minasipov Burxan Baxtiyorovich – Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.

◼️Burxan Baxtiyorovich– 1987-yilda Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumanida tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining 2013-yilgi magistranti.

◼️Tayinlovga qadar, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallarida "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus minglab insonlarning kadastr bilan bog'liq muammolarini hal etishda yordam berib kelmoqda.

◼️Davlat kadastrlari palatasining filial mutaxassislari tomonidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda tashkil etildi:

▫️Toshkent shahar

▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Xamraliyev Orzibek Qurvonaliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi So'x tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Xasanov Abduraxmon Validjonovich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Andijon shahar filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


💠Balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari

◼️Davlat mulki savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasida (ijara shartnomasi tarafi bo‘lmasada) balansda saqlovchining qonuniy manfaatlariga zarar yetmasligi uchun o‘zi orqali amalga oshiradigan huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda ijaraga beruvchi o‘zining shartnomaviy huquqlaridan balansda saqlovchi foydasiga voz kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan mulkka nisbatan ijaraga beruvchining xabardorligida o‘ziga berilgan shartnomaviy huquqlarini amalga oshiradi hamda majburiyatlarni bajaradi.

◼️Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararlarni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. O‘zaro kelishuvga erishilmaganda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan davlat mulkini ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchi ishtirokida shartnoma imzolangandan so‘ng ko‘pi bilan besh ish kuni ichida rasmiylashtirib topshirilishini va hech qanday tarzda to‘sqinliksiz undan foydalanishini ta’minlaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy yangiliklar


🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati mutaxassislari tomonidan Respublika bo'ylab hududiy boshqarmalar faoliyatini o'rganish, soha mutaxassislariga o'quv-seminarlari o'tkazish ishlari davom etmoqda. Hafta davomida Markaziy apparatning Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi tomonidan hududiy va tuman, shahar muhandislari uchun o'quv seminarlari o'tkazilmoqda.

📃 Seminarlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun-mohiyati va bu bo'yicha Davlat kadastrlari palatasi raisining 2023-yil 26-martdagi 00013-RT-sonli buyrug‘ining ijrosi, “Uzkad” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Samarqand viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma’lumot o’rnida


🤯O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish mumkinmi?

🤯 Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari xususiylashtiriladimi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт таълимини ривожлантириш ва халқаро мусобақаларни ўтказиш режалари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о планах по развитию спортивного образования и проведению международных соревнований.

#Mirziyoyev #hisobot #sport #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев фармацевтика тармоғида эришилаётган натижалар ва истиқболли режаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с результатами проводимой работы и перспективными планами в фармацевтике.

#Mirziyoyev #taqdimot #farmatsevtika #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati murojaat va savollaringizga ushbu aloqa markazi orqali javob berishda davom etmoda!

☎️ (71) 207 00 03 telefon raqamlari orqali siz:

🔂Davlat kadastrlari palatasining kanselyariya;
🔂Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
🔂Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limlari mutaxassislariga mazkur telefon raqamlari orqali ulanish imkoniyatiga egasiz.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning may oyigacha bo'lgan davrda jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 024 436 tani tashkil etadi.

👔Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

🫥Eslatib o'tamiz, avvalroq respublikadagi erkak va ayol mulkdorlar haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 19:34:48
Back to Top
HTML Embed Code: