Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda Yer hisobi bo'yicha seminarlar

💸 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov hamda boshqarma bosh mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga tavsiya va ko'nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o'tkazilmoqda.

🌟Davlat yer kadastrini yuritish mutaxassislari ishtirokidagi shu mavzudagi seminarlar Jizzax hamda Andijon viloyatlarida o'tkazilib, "Yer hisobot” AAT hisobot dasturi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni"

🇺🇿 Yoshlar bandligini ta'minlash hamda Universitet talabalarini ishga joylashishlariga ko'maklashish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

◼️Xususan, bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati boshqarmalaridan mas'ullar ishtirok etib, talabalarni kadastr tizimidagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdilar.

#DavKadastrPalata #karyera_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zMU talabalari Davlat kadastrlari palatasida

🌟Kadastr tizimiga sohaga qiziquvchi, iqtidorli bitiruvchi talabalarni jalb qilish ishlari davom etmoqda.

📆Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetidan kadastr yo'nalishidagi 3-bosqich talabalari tashrif buyurishdi. Ularga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i B.Kurbanov sohada amalga oshirilayotgan ishlar, "Uzkad" tizimi, qulayliklari va afzalliklari haqida tushunchalar berildi.

◼️Ta'kidlash joizki, o'z navbatida bu kabi tashabbuslar yangi hayotga qadam qo'yishga intilayotgan talabalarga sohaga bo'lgan mehr-muhabbat, ishtiyoq va ishonchlarini yanada orttirishga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #kadastrda_bilimga_e_tibor

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziyada kadastr tizimi

🇲🇾Malayziya kadastr tizimida ikkita asosiy komponent mavjud - yerni ro'yxatga olish va kadastr tekshiruvi.

◼️Yerni ro'yxatga olish komponentining eng muhim elementi - bu yerga egalik qilish tizimi tomonidan talab qilinadigan mulk turi va davlat kafolati xususiyatidir.

◼️Har qanday yerning egasi o'z yeriga va undagi manfaatlarga nisbatan tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Ro'yxatga olinishi mumkin bo'lgan hujjatlarga yerni har qanday turga o'tkazish, ijaraga berish yoki sotish kiradi. Reyestr yer uchastkasiga bo'lgan ulush egasi sifatida unda ko'rsatilgan shaxs ushbu ulushning qonuniy egasi ekanligining ishonchli dalilidir. Eng muhimi, tizim yerga bo'lgan manfaatlar faqat ro'yxatga olish orqali o'zgarishi yoki o'zgartirilishi mumkinligini talab etadi.

◼️Ro'yxatga olish tizimining muhim jihatlaridan biri - bu malakali huquqlar (QT) deb ataladigan vaqtinchalik mulk huquqini berishning o'ziga xos amaliyotidir. Bundan ko'zlangan maqsad, olib qo'yilgan yerlarga o'rganishdan oldin mulk huquqini berish va kengroq nuqtayi nazardan yerni o'zlashtirishni tezlashtirishdir.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, 18 may – Xalqaro muzeylar kuni

🏯Shu munosabat bilan Toshkentdagi barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi.

◼️Biz sizga shahardagi eng ko‘rkam 5 ta muzeyga borishni taklif qilamiz.

😏O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Tel: +99871 239 10 83
Soat 9:00dan 20:00gacha;

😞Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Tel: +99871 232 02 13
Soat 10:00dan 22:00gacha;

😟 O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi
Tel: +998 71 256 40 42,
Soat 09:00dan 17:00gacha;

😕 Qurolli kuchlar muzeyi
Tel: +99871 269 89 29
Soat 10:00dan 17:00gacha;

😫 Shon-sharaf muzeyi
Tel: +99895 061 07 49
Soat 9:00dan 18:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari davom etmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

☯️ Navbatdagi videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tuman hamda Nukus shahar filiallari "Namunali arxiv" idoralarida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  13-17 may kunlari  jami  1 709 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha mulk erkaklarga tegishli?

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 468 471 tani tashkil etadi.

◼️Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️Jizzax TV telekanalida;
▫️Zo'r TV telekanalida;
▫️UzA maqolasida;
▫️ “Yoshlar” radiokanalida;
▫️"Markaziy studiya" informatsion dasturida;
▫️Renessans TV telekanalida;

◼️Kadastr xizmatlariga oid yangiliklar, fuqarolar savollariga javoblar:

▫️ "O'zbekiston" telekanalida;
▫️"Samarqand-live" telegram kanalida;
▫️Milliy TV telekanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi filial boshlig'i ishtirokida o'tkazilgan brifing tafsilotlari:

▫️Nazorat.uz telegram kanalida;
▫️Ochun.uz ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari

🌟Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

▶️ Navbatdagi videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tuman filialidagi "Namunali arxiv" bo'yicha bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishing.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha mutasaddilar tomonidan o'tkazilgan davra suhbatlari o'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Andijon viloyati 1,
2
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2, 3
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 23:16:00
Back to Top
HTML Embed Code: