Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonning aholisi eng zich hududi qaysi
?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

☯️ Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, so'ngra Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🇺🇿Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yildi.

◼️Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Farg’ona viloyati boshqarmasi Beshariq tuman filialida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Ko'p qavatli uydan kvartira sotib oldim. Kadastr ro'yxatidan o'tkazishni 47 kv. metrli uyni ham 100 kv. metrli uyni ham narxi bir xil to'lanar ekan, shu to'g'rimi?

✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kv. m gacha bo'lgan turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalarga BHM ning 1.25 baravari miqdorida to'lov undiriladi. Shu sababdan, 100 kv. m gacha o'lchovda bo'lgan uylarga bir xil to'lov amalga oshirilgan.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sog'lom turmush - sog'lom kelajak


🌟"Davlat kadastrlari palatasi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2024-yil uchun moʻljallangan yo'l xaritasi"da maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport-targʻibot ishlariga eʼtiborni kuchaytirish va oʻzaro sport musobaqalarini tashkillashtirish rejalashtirilgan edi.

💠Ushbu reja doirasida, Bo'stonliq tumaniga uyushtirilgan sayohatda Davlat kadastrlari palatasi xodimlari o'rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Markaziy apparat xodimlari stol tennisi, shaxmat, shashka va futbol sport turlari hamda interaktiv o'yinlar bo'yicha bellashdilar. Qizg'in lahzalarga boy o'tgan bellashuvda g'alabani qo'lga kiritgan xodimlar rahbariyat tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

#DavKadastrPalata #sport_tadbirlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

В Ташкенте состоялось открытие памятника основателю национального эстрадного искусства, народному артисту Узбекистана Батыру Закирову. В мероприятии принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #marosim #BotirZokirov #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/30 17:27:19
Back to Top
HTML Embed Code: