Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Yeri to'g'risida nimalarni bilasiz?


🇺🇿 O'zbekiston - mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.

🇺🇿 O‘zbekiston dengiz sohiliga chiqish uchun har qanday yo’nalishda 2 davlat chegaralarini kesib o’tish kerak bo’lgan ikki davlatdan biri. Ikkinchisi Lixteynshteyndir.

🇺🇿 Oʻzbek Samarqandi dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri boʻlib, yoshi boʻyicha Rim bilan qiyoslanadi. Olimlar ushbu turarjoyning yoshini 2750 yildan ortiq deb hisoblashadi.

Geografik joylashuvi

🇺🇿 Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va garbda — Qozogiston (chegaraning uzunligi — 2203 km), janubda — Turkmaniston (1621 km) va Afgoniston (137 km), janubi sharqda — Tojikiston (1161 km), sharqda Qirgiziston (1099 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning tashqi chegaralari uzunligi 6 221 km.

Asosiy daryolari

🦅 Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron.
Yirik kollari: Orol dengizi (global ekologik muammo), Aydarkol.

Iqlimi

🌕 Issiq, quruq, kontinental. Janubi subtropik mintaqaga kiradi.

#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda Butunjahon Yer kuni

🌍 Bugun 22-aprel – Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida Agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan tantanali tadbirlar majmuasi tashkillashtirildi.

⭐️🌟 Ushbu tantanali tadbirining eng dolzarb qismi - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov hamda Kadastr agentligi direktori F.Pulatov tomonidan memorandum imzolanishi bo‘ldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda sohaga zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kadastr agentligining “Kadastr agentligi va oliy taʼlim muassasalari bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqillb, imzolandi.

🌍 Texnikum maydonida Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 5 ta oliy ta’lim muassasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” tashkil etildi. Shuningdek, sohaning tarixiy va zamonaviy texnikalaridan iborat ko'rgazma, fotolar galareyasi va geomarafon hamda maktabgacha ta'lim bolalari uchun turli tanlovlar o‘tkazildi.

🌐 Tadbir yakunida Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar hamda vaucherlar taqdim etildi.

⚡️Ayni damda Kadastr tizimida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan faol xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastrda Butunjahon Yer kuni 🌍 Bugun 22-aprel – Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida Agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan tantanali tadbirlar majmuasi tashkillashtirildi.…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Soha a'lochilari hamda iftixorlari taqdirlandi


🌍 22-aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar qatorida tizimning munosib vakillarini e'tirof etish maqsadida Kadastr agentligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Kadastr agentligi tomonidan tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan eng namunali va tajribali xodimlar uchun "Soha a'lochisi" hamda "Soha iftixori" ko'krak nishonlarini topshirish marosimi o'tkazildi.

🏅Mazkur tadbirda eng munosib soha vakillari sifatida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatidan Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig'i Fahriddin Niyozov va Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi Murod Saidov Agentlik tomonidan "Soha a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.

🌟Shu o'rinda, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridan ham bir qator soha vakillari taqdirlandilar:

🏅Otaqulov Abdurashid - Andijon viloyati
🏅Rahimov Karomboy - Buxoro viloyati
🏅Ashurmatov Feruzjon - Navoiy viloyati
🏅Maxmudov Jobirxon - Namangan viloyati
🏅Abdusamatov Bahodir - Farg'ona viloyati


⭐️Kadastr agentligi tomonidan alohida e'tirof etilib, ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!


#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni #Soha_a_lochisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚠️ Korrupsiya - millat va taraqqiyot kushandasi!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🖥 Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida:

▫️"Milliy" telekanalida;
▫️"O'zbekiston 24" telekanalida;
▫️"Asaka hayoti" gazetasida;

🌍 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida 22-aprel - "Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar to'g'risida:

▫️O'zbekiston telekanalida;
▫️Samarqand MTRK telekanalida;
▫️Surxondaryo MTRK telekanalida;
▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanali "Janaliqlar" informatsion dasturida;
▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanali "Xabar" informatsion dasturida;
▫️UzA maqolasida;
▫️"O'zbekiston 24" radiokanalida;
▫️"Post Jizzax" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Diqqat Avtomobilsiz kun!

🇺🇿 "O'zbekiston 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrida har oyning to'rtinchi chorshanbasi avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi e'lon qilinmoqda.

🗓 Aksiya kuni: 2024-yil 24-aprel

🚗 Bu kunda tashkilot rahbarlari tomonidan avtomobillarga cheklovlar qo'yish va jamoat transportlaridan foydalanishga imkoniyat yaratish belgilangan.

☘️ Barcha xodimlardan ushbu aksiyada faol ishtirok etishlari hamda ekologiya va atrof-muhit zararlanishini oldini olishga o'z hissalarini qo'shishlarini so'rab qolamiz.

#DavKadastrPalata #avtomobilsiz_kun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 07:29:55
Back to Top
HTML Embed Code: