Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikada davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer maydonlari statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir turli xil statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

📊 UZKAD dasturida elektron xaritasi yaratilgan yer uchastkalarining 2024 yil, 1-aprel holatiga jami:

▪️Soni: 7 811 592
▪️Maydoni: 42 750 707 gektar

◼️Batafsil mazkur infografika orqali Respublikamizdagi Yer maydonlarining elektron xaritasi yaratilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


📆10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
📆 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
📆 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
📆 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📃 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
😎😎😎😎😎

🗓 09.04.2024
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 30 - kuni

☀️ Saharlik vaqti – 04:31
🌛 Iftorlik vaqti – 18:59

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 9 aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun


🇺🇿Buyuk davlat arbobi, o'rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta'lim mislsiz darajada yuksaldi.

🔤mir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir.

🌐 Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari o’tkazilmoqda.

Ildizlari musaffo buloqlardan suv ichgan nihollar yayrab-yashnab ko’kka bo’y cho’zaveradi. Buyuk ajdodlardan meros qadriyatlar qondan qonga o’tib, avlodlar qalbida yashayveradi. Bugun ham Sohibqironning mardlik, jasorat, adolat, tadbirkorlik, vatanparvarlikka yo’g’rilgan ezgu fazilatlari Prezidentimiz yuritayotgan siyosatda yaqqol namoyon bo’lmoqda.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

📊 Mazkur videoinfografika orqali 2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra, Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Bir necha yildirki, Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallarida "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus minglab insonlarning kadastr bilan bog'liq muammolarini hal etishda yordam berib kelmoqda.

◼️Filial xodimlari ishtirokidagi "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari o'tgan bir haftada quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Sizlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Iyd al-Fitr-Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

🌙 Bu qutlug‘ bayramda hammamizni avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtdoshlarimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

🌙 O‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashashga barcha imkoniyatlar yaratilgan Davlatimizda – yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan asosiy hissamizdir.

Zamin uzra ushbu muqaddas ayyomni tantana qiladigan barcha mo‘min musulmonlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklaymiz. Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yaqin tarixga nazar


🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

⚪️ Asr osha o'zgarmagan "Navbahor" an'anaviy o'zbek choyxonasi poytaxtda joylashgan.

📹 Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda shu mavzudagi tadbirlar o'tkazildi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


◼️2 oyda Oʻzbekistonda qariyb 16,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

📊Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qariyb 16,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

📈 Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,5 % ga oshgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi


🌱 “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

📃 Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

💠 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) oʻrtasida oʻtkaziladi.

Bunda:

◼️ yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

◼️ zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida belgilanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: Yanvar-mart, 2024-yil

▫️ O'tgan oy davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 199 940 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer olgan yoshlarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi


📃 Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

◼️ Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.

◼️ talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan – 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️ joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida


🌏 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ekologik vaziyatni
barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hozirgi bahor mavsumida joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam olib borilmoqda.

🌳 Davlat kadastrlari palatasi Markazi apparati hamda hududiy boshqarmalarida ham mazkur tashabbusni uyushqoqlik bilan tashkil etilib ma’muriy bino hovlisi va atroflariga turli manzarali buta va ko'chatlar hamda o'simliklar ekilib tashkilot bino atroflari ko'kalamzorlashtirilmoqda.

#DavKadastrPalata #yashil_makon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 19:10:07
Back to Top
HTML Embed Code: