Telegram Web Link
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
◼️Yig‘ilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi. ◼️ 1-oktabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta”…
◼️Imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bog‘chadagi ta’lim dasturini qayta ko‘rib chiqish, maktablarni inklyuziv ta’limga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

◼️ Davlatimiz rahbari nogironligi borlar hayoti va erishgan yutuqlari to‘g‘risida ta’sirchan mediakontent, filmlar tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

◼️ Yig‘ilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik masalalari ko‘rib chiqildi.

◼️ Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shug‘ullanishi belgilandi.

◼️ Sog‘lig‘i, hayoti xavf ostida bo‘lgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi.

◼️ Yig‘ilishda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari ishini o‘zgartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

◼️ Yetim va ota-ona qaramog‘isiz bo‘lgan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish uchun ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish, dehqonchilik uchun yer berish muhimligi ta’kidlandi.

◼️ Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bilan bog‘liq kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’sir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

◼️ Ayollar va bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi. Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi.

Yig‘ilishda soha uchun mas’ullar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda korrupsiyaga qarshi tadbirlar


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan boshqarma va tuman, shahar filial xodimlari orasida korrupsiya illati, uning salbiy oqibatlarini tushuntirish maqsadida muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

🗓 Mazkur haftada ushbu mavzudagi yig'ilishlar quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

21-fevral - Xalqaro ona tili kuni


🪐 Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.

🇺🇿 Darhaqiqat, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan ona tilimiz xalqimiz tafakkurining bebaho mulki, milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatimiz timsolidir. Kishi uchun kindik qoni to‘kilgan Vatani qanchalik aziz bo‘lsa, ona tili ham shunchalik mo‘tabar sanaladi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori barqarorligicha qolmoqda

🔍 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

💠Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 22 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20%ga ko‘pdir.

💠 Toshkentda uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi va 1 kv.m. uchun 9 dollarni tashkil etdi.

💠 Shayxontohur va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ijara haqi sezilarli darajada pasaygan, bu hududlarda ijara narxi 5%dan ko‘proqqa arzonlashgan.

💠 Yil boshidan beri ikkilamchi uy-joy bozori 1,6%ga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi bozor 18%ga oshdi.

O‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan poytaxtda ikkilamchi bozorning o‘rtacha narxi deyarli 20%ga oshdi.

🏙 Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va bir kv.m. uchun 1 122 dollarni tashkil etdi.

👉 Batafsil: review.uz/oz/7ug

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan,
🌟Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Ospanov Nurtay Sabirbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Qonliko'l tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Atadjanov Xurshid Ashirbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Ellikqal'a tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Karshibayev Zoxidjon Kushnazarovich - Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zarbdor tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🏪Hisobot davri: Yanvar, 2024-yil.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Denov tumanida sayyor qabul


⚡️Ayni damda, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov boshchiligida tuman fuqarolarining kadastr masalasidagi muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

🌟 Raisning birinchi o'rinbosari va hududning tizim mutasaddilari tomonidan fuqarolar bilan yuzma-yuz bo'lgan holda muammolariga tegishli yechim va huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

🔤 Shu paytgacha 20 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Sayyor qabul davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijlik hamkasblar bilan uchrashuv


🇺🇿 “O‘zbekistonda Milliy fazoviy ma’lumot borasidagi salohiyatni kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” loyihasi doirasidagi Koreya yer va geofazoviy ma’lumotlar korporatsiyasi (LX) vakillaridan iborat delegatsiya joriy yil 18-29 fevral kunlari yurtimizda mehmon bo‘lib turishibdi.

📃 Dastur doirasida bugun mehmonlar Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida bo‘lib, mutasaddilar bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida soha xodimlarining malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va jarayonni zamonaviy talablar asosida tashkil etish mavzularida suhbat qildilar va fikr almashdilar.

#DavKadastrPalata #xorijiy_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijara huquqi asosida auksion savdolari

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida auksion savdolariga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lumot bilan hududlar kesimida tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdim etgan ma'lumotlar 2024-yil, 21 fevral holati bo'yichadir.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/10 02:09:15
Back to Top
HTML Embed Code: