Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxt boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ham endi ISO sertifikatiga ega


🌟 Davlat kadastrlari palatasi 2024-yilgi Chora-tadbirlar ish rejasiga muvofiq DKP Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallarida Xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan edi. Shunga ko‘ra, poytaxt boshqarma xodimlari va tashqi konsultantlar bilan birgalikda “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi” va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” xalqaro standartlari talablariga muvofiq faoliyatni olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi va faoliyatga joriy etildi.

◼️“Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan boshqarma va uning tuman filiallarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga muvofiq 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ikki yo‘nalishda ISO sertifikatga loyiq deb topildi.

📃 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Integrallashgan boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’sul mutaxassis B.Axmedov, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda tizim xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu sertifikat “CERT ACADEMY GROUP” Xalqaro trening kompaniyasi bosh auditori Riad Ibragimov tomonidan topshirildi.

Ma’lumot uchun: integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, xalqaro sertifikatning qo‘lga kiritilishi poytaxt kadastri tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #ISO #sertifikat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilda davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- dekabr oylari

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 953 568 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor qilish kerak ?


🏠 Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.

❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

▶️ Aholi fikri va mutaxassisdan tavsiyalar batafsil mazkur reportajda

➡️ Videoni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!!!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi ijtimoiy tarmoqlarida 2025-yilda davomida ma'lumotlarni qaysi shaklda ko'proq yoritilishini hohlaysiz?
Anonymous Poll
26%
Foto
22%
Infografika
58%
Videorolik
21%
Matn
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.

💐 Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi hisoboti

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan  bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!


💠 Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan mulohazali videoroliklar yaratganlar.

❗️ Eslatib o’tamiz: Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz - 1097 ishonch telefoni orqali habar berishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!


✔️ Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib borish orqali:

🌟 Kadastr tizimi bo'yicha eng so'nggi yangiliklar, xizmatlar va imkoniyatlardan xabardor bo'ling;

📥 Davlat xizmatlaridagi o'zgarishlar va imtiyozlar haqida muntazam boxabar bo'ling;

Sohaga oid savollaringizga tez va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

🎚Bizning sahifalarimizni skaner qilib, eng so'nggi xabarlar va foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!

#DavKadastrPalata #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir


🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.

Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.

Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.

📊 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Markaziy apparat vakillari hududlarda


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli Qonuni ijrosi hamda faoliyatni yanada samarali tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️ Jumladan, mazkur hafta davomida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov tomonidan Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o'tkazildi.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov Namangan viloyatida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishib, yo'nalish bo'yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

🇺🇿 Shuningdek, rais o'rinbosari R.Nishanov tomonidan Andijon viloyatida Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

🇺🇿 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov ishtirokida Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida Yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganishga bag'ishlangan o‘quv seminarlari o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/10 12:55:41
Back to Top
HTML Embed Code: