Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Konstitutsiya - mustaqilligimiz va farovonligimiz garovidir!


🇺🇿 Bugun 8-dekabr, istiqlolimizning dastlabki yillarida, davlatimizni rivojlantirish va unga erkin va adolatli jamiyat sifatida qarashimizda muhim asos bo'lib xizmat qilgan, qisqa davr mobaynida turli yo'nalishlarda ulkan yutuq va natijalarni zabt etishimizda mustahkam poydevor bo'lgan Bosh qomusimiz qabul qilingan kun.

🇺🇿 2023-yilning 30-aprel kuni esa umumxalq referendumi o'tkazilib, unda 65 foizga yangilanib, zamon talablariga muvofiq takomillashtirilgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinib, "Yangi O‘zbekiston"ni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy kafolati yanada mustahkamlandi!

🇺🇿 Xususan, yangi qomusimizda yerlarning xususiylashtirilishi mumkinligi haqidagi normalarning joriy etilishi, kadastr tizimi tomonidan yer bilan bog'liq mulkiy huquqlarni yanada samarali tashkil etilishida yirik ahamiyat kasb etdi.

📖 Konstitutsiya qaysi kasb, millat yoki din vakili bo'lishimizdan qat'iy nazar, har birimizning huquq va manfaatlarimizning bosh himoyachisidir. Shu munosabat bilan barcha vatandoshlarimizni ushbu tarixiy va buyuk sana - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, adolat va qonun ustuvorligi hamisha bardavom bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 2-6-dekabrda  jami  1 471 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ер хусусий мулк бўлиши мумкин

❗️Мулкдор ерни сотиш, ҳадя қилиш, айирбошлаш, гаровга қўйиш, мерос қилиб қолдириш ҳуқуқларини қўлга киритди
.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun - 9 dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»

🖥 Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorazmda kadastrning yangi binosi foydalanishga topshirildi


🇺🇿 Bayram shukuhi hali tark etmay turib, Xorazm viloyatining Xonqa tumanida kadastrning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mutasaddilari hamda kadastr tashkiloti mas'ullari ishtirok etib, mazkur yangi bino xodimlarning sifatli kadastr xizmatlarini taqdim etishlarida ko'makdosh bo'lishi haqida ta'kidladilar.

🏢 Yangi bino zamonaviy loyihalar asosida qurilgan boʻlib, u qulay mebel jixozlari, zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!


🇺🇿 Bugun 10-dekabr, xalqimizning asriy orzu-umidlarini, milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassamlashtirgan, mamlakatimiz ramzlari ichida badiiyligi jihatidan ajralib turadigan davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun.

🎼 Madhiyamiz o'zbek xalqining mustaqilligi, ozodligi va farovonligi, tarixiy yuksalishi va qadriyatlari, hamjihatligi, kelajakka bo'lgan ishonchi va yurtga sadoqati, shuningdek, vatanimizning tinchliksevar siyosati va millatlararo totuvlik kabi umumbashariy tuyg‘ularni tarannum etadi.

🎵 U nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab milliy g‘ururimiz va yurtimizni barqaror rivojlanishiga bo‘lgan ishonchimiz, xalqimizning mardlik, ezgulik va yuksak qadriyatlarini madh etib, ona zaminimiz ravnaqi yo‘lida yanada mustahkam poydevor yaratishda davom etmoqda.

🎶 O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz madhiyasi yuksak marralarni zabt etayotgan hamyurtlarimiz sharafiga, xalqaro tashkilotlar va jahon arenalarida milliy g'urur hissini baxsh etgan holda, baralla yangrashda davom etishini tilaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha kompozit davlat xizmati joriy qilindi


Endilikda yuridik shaxslar o'rtasida noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish, bu bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni rasmiylashtirish va huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar kompozit tarzda ko'rsatiladi.

Kompozit xizmat qanday ishlaydi?
📌 Yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar Davlat xizmatlari markazlari orqali tuziladi.

📌 Bir vaqtning o‘zida barcha jarayonlar amalga oshiriladi:
Tuzilgan shartnomalar avtomatik ravishda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuboriladi.

📌 Shaxsni tasdiqlash oson va qulay
Arizachilarni identifikatsiya qilish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Ushbu jarayon Face-ID tizimi orqali amalga oshiriladi.

◾️ Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar


⭐️🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Bayitov Akmaljon Ikromovich - Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi Paxtachi tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Nurmatov Ilyosbek Sobitali o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Radjabov Ibodullo Oblokulovich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Denov tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDAN XABARLAR


📍 Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov2024 #qashqadaryo_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Qonun nechta moddadan iborat?
Anonymous Quiz
46%
36 modda
16%
37 modda
27%
35 modda
11%
38 modda
Давлатимиз раҳбарига озиқ-овқат саноатида амалга оширилаётган ишлар ҳамда 2025 йилги режалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства представлена информация о проводимой работе в пищевой промышленности и планах на 2025 год.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerga oid huquqbuzarliklarni bartaraf qilish mexanizmlari takomillashtirildi


Joriy yilning 15-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonun qabul qilindi.

📃 Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanishni ta’minlash, ularni o‘zboshimchalik bilan egallash va imoratlar qurish holatlarini kamaytirish, yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlariga nisbatan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarliligini ta’minlashga qaratilgan.

📊 Mazkur infografika orqali qonunning ahamiyatli jihatlari hamda davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin.

🫥 Asos: 15.11.2024-yildagi O'RQ-997-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Zarafshon shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🇺🇿 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 13-dekabr, soat 15:00 da

📍 Manzil: Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Yulduz" MFY, Mahalla guzari

📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38, +998 99 245 95 15 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlar nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan  bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️ Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-noyabr oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/28 03:54:18
Back to Top
HTML Embed Code: