Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaatchi keltirgan noaniq maʼlumotlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

◼️Qonunchilikka koʻra, Geodeziya va kartografiya faoliyati ish turlari bilan shugʻullanishga daʼvogar yuridik shaxs quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Bunda:
- geodezik oʻlchov vasitalari mavjudligi va ularni metrologik davlat qiyoslovidan oʻtganlik sertifikatlari;
- bir nafar geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotli va shu yoʻnalish boʻyicha bir yil ish stajiga ega boʻlgan mutaxassisi mavjud boʻlishi.
Yuqoridagi maʼlumotlarga asosan, Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatkanlik xaqida habarnoma qabul qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu Tasdiqnoma orqali yuridik shaxs geodeziya va kartografiya yoʻnalishlarida tanlangan ish turlariga asosan faoliyat yuritadi. (VMning 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori, 22-ilova).

◼️Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shaxodatnomasiga ega boʻlish uchun, talabgor belgilangan tartibda mutaxassiligi hamda malaka talablariga mos kelgan taqdirda oʻrnatilgan tartibda malaka imtihoni topshiradi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlar malaka shahodatnomasini qoʻlga kiritib, uy-joy fondiga oid koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr yigʻmajildini shakllantirish vakolatini qoʻlga kiritadilar. Bunda kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki oʻz faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs boʻlishi belgilangan. (VM535-son qarorining 5v-ilovasi, PQ 4913-son, 2-band, VM 411-sonli qaror, 2-bandi, VM-389-son 3-ilova,2-bandi.)

🌟 Hurmatli yurtdoshlar, soha yuzasidan murojaatlar va masalalar boyicha Davlat kadastrlari palatasi jamoatchilikka doimo ochiq ekanligini bildiramiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari


🫥 Avval xabar berganimizdek Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tqazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalar belgilab berilgandi.

◼️Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor shtab tuzildi va 14 ta tuman filiallarda Ishchi guruhlar tashkil qilindi.

▶️ Yuqorida Yangiqo‘rg‘on tumanida tashkil qilingan Ishchi guruh faoliyatidan vidiolavha.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar


⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿Xudaynazarov Lazizbek Suyumbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Musayev Elbek Jo'rayevich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Mengliyev Eldar Abdusattarovich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Esonaliyev Jamoliddin Ortiqali o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Oxunov Fаrxоdjоп Avazovich - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Pop tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr ustozlariga hurmat va e'tibor
💐

🟢Bugun, “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tomonidan “Ustozga ehtirom” nomli uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbirga 🌟Kadastr agentligi rahbariyati, tizim tashkilot rahbarlari, Nuroniylar jamg‘armasi vakili, Yozuvchilar uyushmasi raisi hamda Agentlik qoshida tuzilgan "Faxriylar kengashi" jamoasi taklif etilib, ularga alohida ehtirom va e'zoz ko'rsatildi.

🟢Tadbir avvalida so'zga chiqqan mehmonlar o'zlarining samimiy tabriklarini izhor etib, yig'ilganlarni bayram bilan qutladilar. Shundan so'ng soha faxriylari hayoti va faoliyati haqida tayyorlangan videolavha namoyish etildi hamda ular bilan qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi.

🟢Ko'tarinki ruhda o'tgan bayramda san'atkor va so'z ustalari ham o'z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ustozlarni e'tirof etish hamda ularga hurmat bildirish maqsadida bayram sovg'alari taqdim etildi.

🟢Ushbu tadbir sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarning fidoyilardan tajriba va o'rnak olishlariga, ustoz-shogird an'analarining mustahkamlanishiga va yanada yuqori natijalarga erishishlariga turtki bo'ladi degan umiddamiz.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/30 21:28:57
Back to Top
HTML Embed Code: