Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonunning mazmun-mohiyati "Yuridik klinika"da

⚡️ Ayni damda Adliya vazirligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida "Yuridik klinika" onlayn videomuloqoti o'tkazilmoqda.

👔Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish.

🤯Savollaringiz bo'lsa mazkur havola orqali ulanib, savol yo'llashingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=uDhYTLJYf6w

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar


⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir necha tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Maxkamov Akmal Abdumalikovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Abdullayev Shohruh Olim o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Mirzaobod tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biridir.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdek sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

💐 Xalqimizning tarixiy-madaniy va boy ma'naviy merosini himoya qilish, tinch va osoyishta turmush kechirishini ta'minlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

🫥 "Namunali arxiv" xonalari faoliyati, ularda jadallik bilan olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari bilan quyidagi hududiy boshqarmalarimiz misolida tanishishingiz mumkin:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Farg'ona tumanida sayyor qabul


🇺🇿Rejaga muvofiq, Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

📃 Qabulga 25 dan ziyod kadastr masalasi bilan bog'liq muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar yig'ilib, mutasaddilardan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar olishdi.

Ko'rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlarni tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Yangi qonun haqida "O'zbekiston" telekanalida


🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida Adliya vazirligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan "Yuridik klinika" onlayn videomuloqoti "O'zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 13:37:01
Back to Top
HTML Embed Code: